Sayidov Akmaljon Mutalibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ekish oldidan turli usul va chuqurlikda ishlov berishni begona o‘tlarga ta’siri (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01–Umumiy dehqonchilik.Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1170
Ilmiy rahbar Atabaeva Ma’muraxon Sadirdin qizi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilxomjon Adaxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida, takroriy ekinlar parvarishlanayotgan maydonlarda begona o‘tlarga qarshi, tuproqqa turli usul va chuqurlikda ishlov berish bilan birga gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llashni, ekinlardan yuqori va sifatli hosil etishtirishni ta’minlaydigan resurstejamkor agrotexnologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi kurashda yangi turdagi gerbisidlar bilan uyg‘unlashgan holda tuproqqa ekish oldidan ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasi ilmiy asoslangan;
kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, maydondagi mavjud begona o‘tlarni bir qismini ko‘mish yo‘li bilan, qolgan qismini ekish bilan birga Stomp 33% gerbisidini 1,0 l/ga me’yorda hamda ekinlarning shonalash-gullash davrida Kletodim 25% em.k gerbisidini 0,6 l/ga me’yorda qo‘llanilganda gumus miqdorini 0,011% gacha nisbatan yuqori saqlab qolishi aniqlangan;
kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, maydondagi mavjud begona o‘tlarni bir qismini ko‘mish yo‘li bilan, qolgan qismini takroriy ekinlarni ekish bilan birga esa Stomp 33% hamda shohlanish-gullash davrida Kletodim 25% em.k gerbisidini 0,6 l/ga me’yorda qo‘llanilganda tuproqning xajm massasini haydov qatlamda an’anaviy usulda ishlov berish texnologiyasiga (nazorat) nisbatan 0,04–0,045 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovakligi 1,8–2,1% gacha, donadorlik esa 0,9–2,1% gacha, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi nazoratga nisbatan 112,3–103,2 m3/ga gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
erga kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, maydondagi mavjud begona o‘tlarni bir qismini ko‘mish yo‘li bilan, qolgan begona o‘tlarga qarshi urug‘lar ekish bilan birga esa Stomp 33% hamda ekinlarning shonalash-gullash davrida Kletodim 25% em.k gerbisidini 0,6-0,8 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda an’anaviy usulda ishlov berish texnologiyasi qo‘llanilganga (nazorat) nisbatan ekin turlariga mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlarini 736,8–823,8 ming so‘mgacha qisqarishi, rentabellik darajasini 89,1–105,6% gacha ortishi, an’anaviy usulda tuproqqa ishlov berish texnologiyasi qo‘llanilib, begona o‘tlarga qarshi ekish bilan hamda amal davri davomida gerbisid qo‘llanilganga nisbatan esa rentabellik darajasini 40,1–45,9; 39,1–41,4% gacha yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida begona o‘tlarga qarshi kurashishda kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlarni erga ekish oldidan kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la pushta olinib, begona o‘tlarni ko‘mish hamda yangi turdagi gerbisidlar qo‘llash texnologiyasining tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda ekinlardan yuqori va ertagi hosil etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklari uchun “Takroriy ekinlar parvarishlanadigan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurash choralari bo‘yicha” nomli tavsiyanomlar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 fevraldagi №06/22-08/153-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar bugungi kunda fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarda takroriy ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi kurashishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashishda, kuzgi bug‘doy hosili yig‘ishtirib olingandan keyin takroriy ekinlarni (yasmiq va loviya) ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, urug‘larini ekish bilan birga hamda shohlanish-gullash davrida gerbisidlar qo‘llash agrotexnologiyasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 165,9 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 fevraldagi №06/22-08/153-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘l kuchi mehnati 40-50% ga qisqarishi, texnika vositalarini maydonga kirishini 25-30% gacha kamayishi hisobiga YoMMlarini sarfi 17-18% gacha va ishchi kuchi harajatlari 30-35% gacha iqtisod qilingan;
takroriy ekinlarni ekish oldidan tuproqqa resurstejovchi kombinatsion agregatlar yordamida 35-40 sm chuqurlikda ishlov berib, 30-35 sm balandlikka pushta olish yo‘li bilan mavjud begona o‘tlarni ko‘mish hamda takroriy ekinlarni urug‘larini ekish bilan birga “Stomp” 33% em.k gerbisidni 1,0 l/ga, shohlanish-gullash davrida “Kleotodim” 25% em.k gerbisidni 0,6 l/ga me’yorlarida qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon tumanida 54,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 fevraldagi №06/22-08/153-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir va ko‘p yillik begona o‘tlar sonini 69,3-81,2% gacha kamayishi hisobiga, har bir gektar maydondan 6,3-10,3 sentnergacha qo‘shimcha (don) hosili olishga erishilgan.