Xaziev Salavat Asxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘lbop o‘rgich-to‘plagich kesadigan pichog‘ining shakli va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T2933.
Ilmiy rahbar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norchaev Davron Rustamovich; texnika fanlari nomzodi, professor Alimova Feruza Abdukadirovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ozuqabop cho‘l o‘simliklarini pichanga o‘rish uchun mo‘ljallangan KPP-3 o‘rgich-to‘plagich rotorli barabani kesadigan pichog‘ining shaklini tanlash va parametrlarini asoslash orqali uning ish sifati va yig‘ish to‘liqligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
cho‘lbop o‘rgich-to‘plagich rotorli barabanining konstruksiyasi agrotexnik talablar darajasida ozuqabop cho‘l o‘simliklar poyalarini o‘rib yig‘ishtirishini ta’minlashi lozimligi shartidan ishlab chiqilgan;
cho‘lbop o‘rgich-to‘plagich kesadigan pichoqlarining konstruktiv parametrlari va shakllari ozuqabop cho‘l o‘simliklar poyalarining parchalanish darajasi minimal bo‘lishi lozimligi shartidan aniqlangan;
o‘rgich-to‘plagich kesadigan pichog‘ining tebranma harakati va absolyut tezliglari cho‘l-ozuqabop o‘simliklarining poyasiga kirish paytida sirpanib kesishni ta’minlashini hisobga olgan holda aniqlangan;
rotorli barabani kesadigan pichoqlarining kesish va o‘tkirlanish burchaklari hamda cho‘lbop o‘rgich-to‘plagich harakat tezligining maqbul qiymatlari o‘simlik poyasining parchalanish darajasi va o‘rib olingan ozuqa massasining to‘liqligini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Cho‘lbop o‘rgich-to‘plagichi kesadigan pichog‘ining shakli va parametrlarini asoslash” bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kesadigan pichoqlar bilan jihozlangan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda Intellektual mulk markazining foydali modelga “Shinalar bosimini nazorat qilish g‘ildiragi” FAP 02087 va ixtiroga “O‘roq-maydalagich rotori” IAP 7674 patentlari olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-76-son ma’lumotnomasi). Natijada kesadigan eksperimental pichoqlar bilan jihozlangan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan kesadigan pichoqlar bilan jihozlangan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagich Jizzax viloyati Forish tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi05/01-05/02-05/04-03-76-son ma’lumotnomasi). Natijada tajribaviy kesadigan pichoqlar bilan jihozlangan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagich yordamida ozuqabop cho‘l o‘simliklari poyalarini kesishda uvalanish darajasini 1,88 % ga kamayishiga va terim to‘liqligini 98,5 % ga oshishiga erishilgan;
taklif etilgan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagiQishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-76-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan kesadigan pichoqlarlar bilan jihozlangan cho‘lbop o‘rgich-to‘plagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.