Xadjiev Adxam Abdumutalibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Organik o‘g‘itlarni lokal soladigan mashina gumbazbuzgich-maydalagichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2932.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Abdukarim Atxamovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norchaev Davron Rustamovich; texnika fanlari nomzodi, dotsent Mamadjanov Sultanali Islomalievich.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poliz ekinlarini ekish uchun organik o‘g‘itlarni lokal usulda soladigan mashinaning gumbazbuzgich-maydalagichini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimini asoslash yo‘li bilan organik o‘g‘itlarning barqaror va bir maromda me’yorlanishini ta’minlab, o‘g‘it solish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik o‘g‘itlarni lokal soladigan mashina gumbazbuzgich-maydalagichi tomonidan uning bunkeriga yuklangan go‘ng bo‘laklarining maydalanishi kerak bo‘lgan fraksion tarkibi ularning barqaror va bir maromda me’yorlanishi ta’minlanishi zarurligi hisobga olinib asoslangan;
mashina gumbazbuzgich-maydalagichining ta’siri ostida belgilangan o‘lchamdagi bo‘laklarning hosil bo‘lish ehtimolligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar uning me’yorlovchi barabanlari barqaror va bir maromda ishlashini ta’minlash shartidan keltirib chiqarilgan; 
mashina gumbazbuzgich-maydalagichi barmoqlarining uzunligi go‘ngning yirik bo‘laklarini maydalashda ularda hosil bo‘ladigan kuchlanishlar ta’siri ostida qurilmaning sinishlarsiz va qoldiq deformatsiyalarsiz ishlashi ta’minlanishi hisobga olinib asoslangan;
organik o‘g‘itlarni poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga lokal usulda soladigan mashina gumbazbuzgich-maydalagichining barmoqlari uzunligi, bitta valida joylashgan barmoqlar soni va gumbazbuzgich-maydalagich aylanishlar sonining talab darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan maqbul qiymatlari uning agrotexnik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliz ekinlarini ekish uchun organik o‘g‘itlarni lokal usulda soladigan mashina gumbazbuzgich-maydalagichining parametrlari va ish rejimini asoslash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan gumbazbuzgich-maydalagich bilan jihozlangan poliz ekinlari ekish uchun organik o‘g‘itlarni lokal usulda soladigan  mashinaning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-75-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat va moddiy xarajatlar sarfini, mos ravishda, 5,97 va 6,85 % ga kamaytirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik olingan;
gumbazbuzgich-maydalagich bilan jihozlangan organik o‘g‘itlarni lokal usulda soladigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-75-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlar va ish rejimiga ega bo‘lgan eksperimental gumbazbuzgich-maydalagich bilan jihozlangan organik o‘g‘itlarni lokal usulda soladigan mashinani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish