Xamraqulov Toxirjon Tojiqo‘zi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘allachilik klasterlari uchun mashinalar va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasi tarkiblarini asoslash”, 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5205
Ilmiy rahbar: Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich – texnika fanlari doktori, professor; Djiyanov Ma’oruf Rashidovich – texnika fanlari boyicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi model g‘allachilik klasteri ishlab chiqarishi uchun talab etiladigan mashinalarning ratsional sonlarini asoslash va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasini tashkil etish orqali g‘allachilik mashinalari, shu jumladan kombaynlarning sozligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud g‘allachilik klasterlarning hududiy, bosh va umumiy modellari klasterlari er maydonlari bo‘yicha respublika hududlari kesimida guruhlash asosida ishlab chiqilgan;
ko‘chma ustaxonaning optimal sonini optimallash metodikasi servis tizimida talablar oqimining yuzaga kelish va qondirilish parametrlarining muayyan qiymatlarida servis xarajatlarining minimumi mezoni asosida ishlab chiqilgan;
g‘alla kombaynlari guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma ustaxonaning yuklanish darajasi uning xizmat ko‘rsatish qobiliyati va bandlik darajalarini hisobga olgan holda aniqlangan;
ko‘chma ustaxona xodimlari sonini aniqlash usuli guruh bo‘lib ishlayotgan kombaynlar soni va nosozliklarga ustaxona tomonidan xizmat ko‘rsatish intensivligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘allachilik klasterlari uchun mashinalar va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasi tarkiblarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
servis markaz tarkibidagi ko‘chma ustaxonaning ratsional sonini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlar uchun zarur bo‘lgan MTP tarkibi va miqdorlarini aniqlashga doir ilmiy natijalar “Yuqorichirchiq Agroservis MTP” MChJ texnik servis amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 27-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-107-son ma’lumotnomasi). Natijada servis markazining ta’mirlash sexida 11 dona nosoz kombaynni ta’mirdan chiqarib, g‘alla o‘rimiga jalb qilish hisobiga model klaster bir mavsumda oladigan daromad 475,5 mln. so‘mni tashkil etgan;
Biriktirilgan er maydonida g‘alla etishtirish uchun talab etiladigan texnika vositalarining tarkiblari va sonlarini aniqlashning hisobiy metodi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga dalada servis ko‘rsatuvchi ko‘chma ustaxonaning ratsional sonini aniqlash va g‘alla kombaynlarini ta’mirlash sexining texnologik loyihasi, qurilma va uskunalar tarkibini tanlashga doir tavsiyalar “TCT cluster” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 27-martdagi 05/01-05/02-05/04-03-107-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasidan samarali foydalanilganda g‘allachilik agregatlarining ish unumi 18,1-19,5 foizga ortadi, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari 65 foizga kamaygan.