Qirg‘izov Sobit Erkinboy o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon  

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Magnit suyuqliklarning magnit xossalarini optik metodlar orqali o‘rganish”, 01.04.09 – Magnit hodisalar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1156
Ilmiy rahbar: Quvondiqov Obloqul, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Urishbay, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raximov Sharof Amonovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarkibida CoxNi1-xFe2O4 (x=0; 0,25; 0,5; 0,75; 1) nanozarralari bo‘lgan magnit suyuqliklarning mikrotuzilishi, magnitlanishi va magnetooptik xossalarini xona temperaturasida o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kimyoviy cho‘ktirish usuli orqali CoxNi1-xFe2O4 (x=1, 0.75, 0.5, 0.25, 0) nanozarralar asosida magnit suyuqliklar sintez qilingan. Olingan namunalarning rentgenofazaviy tahlili nanoo‘lchamdagi ferrimagnet zarralar muvaffaqqiyatli sintez qilinganini tasdiqlagan;
ferrimagnit CoxNi1-xFe2O4 (x=1, 0.75, 0.5, 0.25, 0) nanozarralarning Rentgenofazaviy tahlilidan foydalanib ularning  o‘lchami aniqlangan. nanozarralarning o‘lchami elektron mikroskopda olingan  tajriba natijalari bilan yaxshi mos kelishi ko‘rsatilgan;
ferrimagnit CoxNi1-xFe2O4 (x=1, 0.75, 0.5, 0.25, 0) nanozarralari asosida tayyorlangan magnit suyuqliklarning qoldiq va to‘yingan magnitlanishlari aniqlangan;
ilk bor CoxNi1-xFe2O4 (x= 1, 0.75, 0.5, 0.25, 0) nanozarrachalari  stabillashgan magnit suyuqliklarda magnitooptik Faradey effektining tashqi magnit maydonga bog‘liqligiga aniqlanib, kobalt konsentratsiyasining kamayishi bilan magnit suyuqliklarning Faraday burilish  burchagi qiymati kamayishi aniqlangan;
o‘rganilgan magnit suyuqliklarning Faraday burilish burchagini o‘lchash asosida tarkibda Co konsentratsiyasi ortishi bilan magnitlanish doimiysi 28,06 gradusdan 46,91 gradusga, Verde koeffisienti esa 22,49 gradus/T·sm dan 91,65 gradus/T·sm gacha oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Dissertatsiya ishining natijalari, xususan, magnit suyuqliklarni olish va ularning magnitlanish jaroyoni natijalari RIF № 22-72-10137 – “Magnitoaktiv elastomerlar va piezoelektrik komponentlarga asoslangan yangi kompozit multiferroik materiallar” mavzudagi ilmiy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining 2025-yil 20-fevraldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi multiferroid materiallarnig magnitlanishini tushuntirish imkonini bergan;
magnit suyuqliklarni olish va Verde koeffisientini aniqlash natijalari, Rossiya Federatsiyasidagi Janubiy-G‘arbiy davlat universitetining “Nanoo‘lchamli akustika” ilmiy laboratoriyasida magnit tadqiqotlar o‘tkazishda qo‘llanilgan (2025-yil 3-apreldagi ma’lumotnoma asosida). Ilmiy natijalarni qo‘llash nanoo‘lchamli magnit sistemalarni olish va ularnig akustik xossalarini tadqiqotiga xizmat qilgan;
magnit suyuqliklarni sintez qilish jarayoni, ularning morfologik tuzilishi va magnitlanishi natijalari  № IL-4821091628 “Metall oksidlarining shaffof o‘tkazuvchan plyonkalarda grafen tarkibidagi nanostrukturalarning hosil bo‘lish mexanizmlari va zaryad o‘tkazish jarayonlarini fotovoltikada qo‘llanilishi” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (2025-yil 10-apreldagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash kolloid tizimlarning ichki tuzilishi va ularning magnitooptik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasiyani aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish