Axmedov Saidmuxammad Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Astrofizik kompakt obektlarda yadro sintez jarayonlari”, 01.03.01–Astronomiya va 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM967
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi birmartalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarlar: Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Rayimbaev Djavlanbek Radjapbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, (Namangan muhandislik-texnologiya instituti professori); Mirtadjieva Karomat Toxirovna, fizika-matematika fanlari doktori (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi laboratoriya sharoitida 74,82Se yadrolarda fotoyadro va neytron ishtirokidagi reaksiyalar (r-va s-jarayonlar)da hosil bo‘luvchi izomer holatlarni o‘rganish va neytron yulduzlarida astromerlarning paydo bo‘lishini tushintirish hamda qora o‘ralar akkretsiya diskida temirdan og‘ir yadrolar paydo bo‘lishining belgilarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor, 12-25 MeV sohasida 1 MeV qadam bilan 80Se yadrosida (γ,n) turdagi fotoyadro reaksiyasida hosil bo‘lgan izomer holatlar uyg‘onish kesimlari o‘lchandi;
ilk bor neytronlar energiyasi En=14.1 MeV bo‘lganda 80Se(n,2n)79m,gSe reaksiya kesimlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan va yadro sathi zichligining spinga bog‘liqligi aniqlandi;
ilk bor qora o‘ralar atrofida Ni-56 radioaktiv izotopining emrilishida hosil bo‘ladigan neytrino oqimiga qora o‘ra gravitatsiyasining ta’siri o‘rganildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mazkur dissertatsiya ishidagi tormozlanish gamma-nurlanishning turli energiyalarida hosil bo‘lish kesimi va intesivligi bo‘yicha olingan natijalar loyihada gamma-nurlanishlar ko‘zgu akslanishining intensivligini o‘lchash metodikalarini yaratishda qo‘llanilgan. Shuningdek elektronlar tormozlanish nurlanishlarining dastasini shakillantirish tizimini ishlab chiqishda ham e’tiborga olingan.
Dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalari, O‘zbekiston Milliy Universitetida OT-F2-16 raqamli “Gamma-nurlanishning ko‘zgu akslanishining fizik tabiatini aniqlash” mavzusidagi 2017-2020 yillarda bajarilgan fundamental loyiha doirasida (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi T.M. Mo‘minov rahbari) foydalanilgan.