Sherkulov Shohruh Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2864
Ilmiy rahbar: Mamaraximov Bekzod Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muminov Nozim Gaffarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining nazariy asoslarini takomillashtirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmuni klaster munosabatlari orqali birlashgan iqtisodiy sub'ektlarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish maqsadida ikki yoki undan ko‘p sohalarning tutash tarmoqlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayoni sifatidagi tavsifini kiritish orqali takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyot va texnologiyalar taraqqiyoti ta'sirida tadrijiy tarzda ro‘y bergan klasterlarning tasniflanishi jarayonlari tarmoq jihatidan (tarmoq ichidagi, tarmoqlararo) hamda hududiy jihatdan (hududiy va hududlararo) turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini tizimli asoslash orqali takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish klasterlari faoliyatida suvdan oqilona va samarali foydalanishni suvni saqlash va taqsimlash tizimida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish (DXSh = 0,38), dalalarga suv etkazadigan ob'ektlarni klasterlar boshqaruviga berish (KB = 0,25), suvni qayta ishlash (QI = 0,22) va “yashil” texnologiyalardan foydalanish (YaT = 0,15)ning o‘zaro nisbati orqali ta'minlash asoslangan;Klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishda suvdan oqilona foydalanish va suv ishlatish samaradorligini yaxshilash maqsadida suvni saqlash va taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv etkazadigan ob'ektlarni klasterlar boshqaruviga berish taklifi asoslangan;
klaster korxonalari soniga ta'sir qiluvchi iqtisodiy omillar o‘rtasidagi korrellyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy klaster korxonalari sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmuni klaster munosabatlari orqali birlashgan iqtisodiy sub'ektlarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish maqsadida ikki yoki undan ko‘p sohalarning tutash tarmoqlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayoni sifatidagi tavsifini kiritish orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy yondashuvdan iqtisodiyotning barcha ta'lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi talabalarda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish ko‘rsatkichi sifatida klaserlarning imkoniyatlarini ifodalab, iqtisodiy sharoitlarini aks ettiruvchi xususiyat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan klaster tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyot va texnologiyalar taraqqiyoti ta'sirida tadrijiy tarzda ro‘y bergan klasterlarning tasniflanishi jarayonlari tarmoq jihatidan (tarmoq ichidagi, tarmoqlararo) hamda hududiy jihatdan (hududiy va hududlararo) turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini tizimli asoslash orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida klasterlarning samaradorligini oshirish, resurslardan foydalanishning yuqori darajaga olib chiqish, shuningdek, innovasion jarayonlarni jadalashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish klasterlari faoliyatida suvdan oqilona va samarali foydalanishni suvni saqlash va taqsimlash tizimida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish (DXSh = 0,38), dalalarga suv etkazadigan ob'ektlarni klasterlar boshqaruviga berish (KB = 0,25), suvni qayta ishlash (QI = 0,22) va “yashil” texnologiyalardan foydalanish (YaT = 0,15)ning o‘zaro nisbati orqali ta'minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining 62-maqsadi “Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish”da belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta'minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 21-aprel sanasidagi 05/15-01-27-sonli ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investisiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba-sinov tariqasida joriy etish imkoni yaratilgan;
klaster korxonalari soniga ta'sir qiluvchi iqtisodiy omillar o‘rtasidagi korrellyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy klaster korxonalari sonining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 54-maqsadning 12-xat boshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 21-aprel sanasidagi 05/15-01-27-sonli ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy klaster korxonalarining istiqboldagi soniga erishishni ta'minlashda boshqa asosiy parametrlar o‘rtasidagi muvofiqlikni baholash imkoni yaratilgan.