Matkarimov Feruz Bekturdievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1.PhD/Iqt….
Ilmiy rahbar: Rajabov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Sharifa Rashidovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan “Textile Finance Khorezm”, “Urganch Bahmal”, “Gurlan Global Teks”, “Xorazm Tex”, “Hazorasp-Textil” korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati sifat darajasini, raqobatbardoshlik indekslari 1-“qoniqarsiz”, 2-“qoniqarli”, 3-“o‘rta”, 4-“yaxshi”, 5-“juda yaxshi” Likert shkalasi (Likert scale) mezonlari asosida baholash taklif etilgan;
mintaqa to‘qimachilik sanoatini rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida o‘xshashlik darajasi bo‘yicha ("Urganch Bahmal", "Xorazm Tex", "Hazorasp-Textil", "Gurlan Global Teks", "Textle Finance Khorezm"), ("Horazm Gilamlari", "Xonqa-Chevar", "Humo-Teks LTD", "Carpetlux"), ("Feruzbek Behruzbek Servis", "Hazorasp Socks", "Jekard Lyks") klasterlariga ajratish taklif etilgan;
mintaqa to‘qimachilik sanoat mahsuloti hajmi, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, to‘qimachilik sanoat tarmog‘idagi o‘rtacha oylik ish haqi omillarining YaHM hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+1,13%; +2,21%; +1,34%) va uzoq muddatli (+3,32%; +6,47%; +3,16%) ustuvorlik darajasi aniqlangan;
mintaqa to‘qimachilik sanoati tarmog‘i rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan “Textile Finance Khorezm”, “Urganch Bahmal”, “Gurlan Global Teks”, “Xorazm Tex”, “Hazorasp-Textil” korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati sifat darajasini, raqobatbardoshlik indekslari 1-“qoniqarsiz”, 2-“qoniqarli”, 3-“o‘rta”, 4-“yaxshi”, 5-“juda yaxshi” Likert shkalasi (Likert scale) mezonlari asosida baholash bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 23-avgustdagi “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 333-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 27-dekabrdagi 7-4309-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati sifat darajasini Likert shkalasi mezonlari bo‘yicha raqobatbardoshlik indekslari asosida baholash hamda ular orasidagi tafovutlarni aniqlash imkonini bergan;
mintaqa to‘qimachilik sanoatini rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida o‘xshashlik darajasi bo‘yicha ("Urganch Bahmal", "Xorazm Tex", "Hazorasp-Textil", "Gurlan Global Teks", "Textle Finance Khorezm"), ("Horazm Gilamlari", "Xonqa-Chevar", "Humo-Teks LTD", "Carpetlux"), ("Feruzbek Behruzbek Servis", "Hazorasp Socks", "Jekard Lyks") klasterlariga ajratish bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 23-avgustdagi “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 333-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 27-dekabrdagi 7-4309-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalarning klasterlarga (sinflarga) ajratish va ularni barqaror rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa to‘qimachilik sanoat mahsuloti hajmi, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, to‘qimachilik sanoat tarmog‘idagi o‘rtacha oylik ish haqi omillarining YaHM hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+1,13%; +2,21%; +1,34%) va uzoq muddatli (+3,32%; +6,47%; +3,16%) ustuvorlik darajasini hisoblash bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 23-avgustdagi “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 333-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 27-dekabrdagi 7-4309-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa to‘qimachilik sanoati tarmog‘i rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarning mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mintaqa to‘qimachilik sanoat tarmog‘ini rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqa to‘qimachilik sanoati tarmog‘i rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 23-avgustdagi “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 333-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 27-dekabrdagi 7-4309-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025-2030-yillar oralig‘ida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1.57 martaga, ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmini 1.35 martaga hamda ishlab chiqarish sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonini 1.17 martaga oshishi imkoniyati mavjudligini asoslash orqali tarmoq istiqbollarini belgilash imkonini bergan.