Asrarova Muxabbat Usmandjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “M.N.Boltaev ilmiy – falsafiy merosining umuminsoniy ahamiyati (falsafiy tahlil)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal477
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchixra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Muhammad Boltaev ilmiy-falsafiy merosining insoniyat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
M.Boltaevning dunyoqarashi shakllanishida diniy tarbiya (Sharq mutafakkirlari qarashlari ta’siri, tasavvufiy ta’limotlar, axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi) oila va ta’lim roli ustuvorligi (ziyolilik, ilmiy mentorlar, ustozi V.Asmusning turli falsafiy oqimlar orasidagi bog‘liqlikka oid qarashlari) ta’sir etganligi va shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimida insonning axloqiy komilligi va ijtimoiy roli ustuvorligi aniqlashtirilgan;
M.Boltaev ma’naviy merosida tasavvufning Xojagon-Naqshbandiya ta’limoti ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband ilmiy merosi misolida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga qaratilganligi mantiqiy isbotlangan;
olimning tasavvufiy qarashlarida “olami-asg‘ar” (kichik olam) – “olami-Akbar” (katta olam) kategoriyalari asosiy omil ekanligi, qalb, ruh, ma’naviy fikr va bilish quvvati cheksizligi g‘oyalari insonni komillik darajasiga etkazishga xizmat qilishi, “tasavvuf – diniy-falsafiy insonshunoslik ilmi” sifatida asoslanganligi dalillangan;
M.Boltaevning sotsiologiyaga oid tadqiqotlarining xom-xayolga qarshi – haqiqiy, yaramasga qarshi – foydali, shak-shubhalikka qarshi – ishonchli, xira, noaniqga qarshi – aniq, vayron qiluvchiga qarshi – yaratuvchi kabi umuminsoniy pozitivistik xususiyatlari, falsafiy antropologiyada aql-tafakkurga tayanib tavsiflash, irqiy-antropologik tamoyillari hamda tarixiy-madaniy an’analar, ijtimoiy jarayonlar va siyosiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanish mezonlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Boltaev ilmiy-falsafiy merosining insoniyat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
M.Boltaevning dunyoqarashi shakllanishida diniy tarbiya (Sharq mutafakkirlari qarashlari ta’siri, tasavvufiy ta’limotlar, axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi) oila va ta’lim roli ustuvorligi (ziyolilik, ilmiy mentorlar, ustozi V.Asmusning turli falsafiy oqimlar orasidagi bog‘liqlikk oid qarashlari) ta’sir etganligi va shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimida insonning axloqiy komilligi va ijtimoiy roli ustuvorligi aniqlanganligiga oid ilmiy natijalar hamda amaliy taklif-tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Inson qadri uchun” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda va bevosita suhbat jarayonini suratga olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-yanvardagi 01-09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson kamolotida qalb, nafs, tana, ruh, ilm va amal haqidagi g‘oyalar shaxsning ijtimoiy-ma’naviy kamolotiga xizmat qilganidagina o‘z funksiyasini bajarishi mumkinligi haqidagi g‘oyalarni efirga uzatilishi eshittirishlarning samaradorligini ortishiga hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishida, mafkuraviy immunitetning ortishida, falsafiy mushohadasining kengayishiga xizmat qilgan;
M.Boltaev ma’naviy merosida tasavvufning Xojagon-Naqshbandiya ta’limoti ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband ilmiy merosi misolida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga qaratilganligiga oid ilmiy xulosalar va nazariy umumlashmalardan Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy – axborot markazining “Dunyo yoshlar nigohida” (2020 y) grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiya-takliflarda foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2024-yil 29-yanvardagi 01/52-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga, M.N.Boltaevning falsafiy qarashlarida islohotchilik g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati va ijtimoiy hayotda yosh avlod kamolotiga bo‘lgan munosabat masalalari falsafiy nuqtayi nazardan rivojlantirishga xizmat qilgan;
olimning tasavvufiy qarashlarida “olami-asg‘ar” (kichik olam) – “olami-Akbar” (katta olam) kategoriyalari asosiy omil ekanligi, qalb, ruh, ma’naviy fikr va bilish quvvati cheksizligi g‘oyalari insonni komillik darajasiga etkazishga xizmat qilishi, “tasavvuf – diniy-falsafiy insonshunoslik ilmi” sifatida asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 12-martdagi 2-13-21-966-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari yoshlar dunyoqarashining yanada rivojlanishiga, yosh avlod kamolotiga bo‘lgan munosabat masalalari falsafiy nuqtayi nazardan rivojlantirishga xizmat qilgan;
M.Boltaevning sotsiologiyaga oid tadqiqotlarining xom-xayolga qarshi – haqiqiy, yaramasga qarshi – foydali, shak-shubhalikka qarshi – ishonchli, xira, noaniqga qarshi – aniq, vayron qiluvchiga qarshi – yaratuvchi kabi umuminsoniy pozitivistik xususiyatlari, falsafiy antropologiyada aql-tafakkurga tayanib tavsiflash, irqiy-antropologik tamoyillari hamda tarixiy-madaniy an’analar, ijtimoiy jarayonlar va siyosiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanish mezonlariga oid ilmiy yangiliklar hamda taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2023- yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining shu yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab-avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 7-martdagi 91/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlar ma’naviy dunyoqarashining yuksalishida, mafkuraviy immunitetining kuchayishiga, M.Boltaev ilmiy merosida inson kategoriyasining falsafiy mohiyatini asoslab berishga xizmat qilgan.