Karimov Ulugbek Rasulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq burchakli glaukoma turlarining klinik-funksional asoslari va ularni davolashda differensial yondashuv», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib271.

Ilmiy rahbar: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kovalevskaya Mariya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).

Yetakchi tashkilot: Anqara o‘quv va ilmiy-tekshirish kasalxonasi (Turkiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqada glaukomada ko‘zning klinik-funksional o‘ziga xosligini aniqlash yo‘li bilan davolash usullarining gipotenziv samaradorligini baholash va birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarida differensial davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

mintaqada glaukomaning ochiq burchakli oddiy, psevdoeksfoleativ, pigmentli klinik ko‘rinishlari va rivojlanishning yondosh kasalliklarga bog‘liq xavf omillari aniqlangan;

birlamchi ochiq burchakli glaukomaning oddiy, psevdoeksfliativ, pigmentli shakllarining har birida ko‘z bosimini tushirishda eng samarali va xavfsiz davolash kombinatsiyalari tavsiya etilgan;

ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarini tashxislash va davolashning differensial tizimi ishlab chiqilgan;

ochiq burchakli glaukomaning oddiy, pigmentli va psevdoeksfoliativ  shakllarida kombinatsiyalashgan davolash usullarini tanlash mezonlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ochiq burchakli glaukoma turlarining klinik-funksional asoslari va ularni davolashda differensial yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ochiq burchakli glaukomada gipotenziv dorilar birikkan kombinatsiyalar tanlash va davolash taktikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 fevraldagi 8n-g/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarida samarali konservativ dori vositalarini tanlashning tizimli tartibini shakllantirish imkonini bergan;

ochiq burchakli glaukoma turlarining klinik-funksional asoslari va ularni davolashda differensial yondashuvning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Jizzax viloyati oftalmologik shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 8n-z/159-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi ochiq burchakli glaukomali bemorlarda hayot sifatini 30%ga yaxshilanishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish