Zakirova Dar`ya Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek populyasiyasida arterial gipertenziyaga chalingan bemorlarda yurak-qon tomir qattiqligining genetik markerlari», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1236.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.03/30.07.2024.V.179.01.
Rasmiy opponentlar: Kamburova Venera Seytumerovna, biologiya fanlari doktori; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aholisida qon tomirlarining qattiqligi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik markerlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor o‘zbek populyasiyasida 9 ta polimorfizmning (ADD1 G1378T, AGT 521 C>T, AGT 704 T>C, AGTR1 A1166C, AGTR2 G1675A, CYP11B2 -344C>T, GNB C825T, NOS3 -786 T>C, NOS3 G894T) qon tomirlar qattiqligi shakllanishidagi roli aniqlangan;
ilk bor RAAT tizimi va signal transduksiyasi genlaridagi allellar va genotiplarning chastotalari, arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda aniqlangan;
O‘zbekiston aholisi uchun gipertoniya va qon tomirlari qattiqligini rivojlanish xavf markerlarini aniqlashga mo‘ljallangan genetik panel` ishlab chiqilgan;
genotiplar kombinatsiyasini hisobga olgan holda genetik xavfni hisoblash algoritmi yaratilgan va uning asosida O‘zbekiston aholisiga moslashtirilgan gipertoniya xavfini bashorat qilishda “KardiogenAG” onlayn kal`kulyatori ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston aholisi vakillarida AGTR2 genining G1675A polimorf markeri va arterial gipertoniya o‘rtasida irsiylikning overdominant modeli bo‘yicha assotsiatsiyasi mavjudligi isbotlangan va geterozigotali genotipning protektiv funksiyasi aniqlangan;
AGTR1 geni A1166S polimorfizmining O‘zbekiston aholisida qon tomirlarining qarishi va arteriyalarning qattiqligi bilan assotsiatsiyasi aniqlangan hamda S alleli va SS genotipining protektiv ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek populyasiyasida arterial gipertenziyaga chalingan bemorlarda YuQTK genetik markerlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
YuQTK rivojlanish xavfini aniqlashda informatik genetik biomarkerlari Respublika Ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 28 noyabrdagi 8n-3/634-sonli va Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining 2025 yil 14 fevraldagi 01-6/182-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, YuQTK xavfi kamaygan va kasallikning klinik belgilarini o‘z vaqtida aniqlash samaradorligi oshishi imkonini bergan;
O‘zbekiston aholisida qon tomirlarining qattiqligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida “O‘zbekiston aholisining yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda personallashtirilgan terapiyada molekulyar-genetik markerlarni qo‘llash” nomli tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 28 noyabrdagi 8n-3/634-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘zbek populyasiyasining 4 ta AGT 521 C>T, AGT 704 T>C, AGTR2 G1675A va NOS3 -786 T>C polimorfizmi klinik ko‘rinishi bilan ishonchli korrelyasiyasini tasdiqlash imkonini bergan.