Javxarov Jonibek Juraqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Metilxloriddan quyi molekulyar etilen qatori uglevodorodlarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4839.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullauevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: monoxlormetandan etilen va propilenlar olish jarayonining texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida jarayonni amalga oshirishga imkon beradigan silikoalyumomagniyfosfatlardan iborat YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30 tarkibli katalizatorlar yaratilgan va ular ishtirokida monoxlormetandan etilen va propilen qatori uglevodorodlari sintez qilingan;
silikoalyumomagniyfosfatlardan iborat YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30  tarkibli katalizatorlarning tuzilishi, tekstur xarakteristikalari va tarkibi fizik-kimyoviy usullarda o‘rganilgan hamda katalizatorlar tuzilishi bilan faolligi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
davriy rejimda YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30 tarkibli katalizatorlarda monoxlormetandan quyi molekulyar to’yinmagan uglevodorodlar olish reaksiyasining kinetik qonuniyatlari aniqlangan hamda faollanish energiyasi baholangan;
silikoalyuminomagniyfosfat asosidagi mikrosferik katalizatorlarni regeneratsiyalash jarayoni birinchi marta o’rganilgan va regeneratsiyalashning maqbul sharoiti tanlangan;
mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30 tarkibli katalizatorlarni qo‘llash orqali monoxlormetandan etilen qatori uglevodorodlarini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metilxloriddan quyi molekulyar etilen qatori uglevodorodlarini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
monoxlormetanni parchalab etilen sintezi uchun tanlangan silikoalyumomagniyfosfatlardan iborat YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30 tarkibli katalizatorlarni olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2024 yil 20 avgustdagi 765/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu katalizatorlarni qo‘llash xorijdan olib kelinadigan katalizatorlarga nisbatan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan; 
silikoalyumomagniyfosfatlardan iborat YuKS-20, YuKS-20/YuKS-30 va YuKS-30 tarkibli katalizator ishtirokida monoxlormetandan quyi molekulyar etilen qatori uglevodorodlarini olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ da amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2024 yil 20 avgustdagi 765/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, monoxlormetan konversiyasini 71% ga, etilen va propilen hosil bo‘lishi bo'yicha umumiy selliktivlik 82% ga etishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish