Djabberganov Djaxangir Sabirbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «“Gil - barxan qumi” sistemasida keramik koshinlarning qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlari», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K545.
Ilmiy rahbar: Eminov Ashrap Ma’murovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alixanova Zuxra Saitdhadjaevna, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: “Gil-barxan qumi” sistemasida keramik koshinning qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kulatau koni gilining kimyoviy-mineralogik tarkibi bo‘yicha gidroslyudali montmorillonit xomashyosiga o‘xshashligi aniqlangan va past haroratda pishadigan keramik massa olishda flyus sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan;
Kulatau gili tarkibidagi gidroslyuda va montmorillonit minerallari keramik massada kristall va suyuq faza hosil bo‘lish jarayonlarining jadallashishiga ta’siri, hamda kuydirish haroratini pasayishiga olib kelishi asoslangan; 
Tuproqqal’a massivi barxan qumi mineralogik tarkibi bo‘yicha dala shpatli kvars qumiga o‘xshash bo‘lib, 30 mas.% miqdorda anortit va kam miqdordagi kalsit, hamda temirsimon va gilsimon minerallar aralashmasidan tashkil topganligi aniqlangan; 
“gil-barxan qumi” sistemasining turli konsentratsion tarkiblardagi namunalarining yuqori haroratdagi qattiq fazali sintezi jarayonida vollastonit, mullit, anortit, kvars minerallar ko‘rinishidagi yangi kristall faza va suyuq faza yuzaga kelishi ilmiy asoslangan; 
 “gil-barxan qumi” sistemasi keramik namunalarida kuydirish haroratiga mos ravishda “tarkib-struktura-xossa” funksional bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan.
yangi maqbul tarkibdagi massadan olingan namunalar etalon massaga nisbatan past haroratda, ya’ni 1000-1050oCda kuydirilganda zich strukturali kristall faza hosil qilishi natijasida yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Gil-barxan qumi” sistemasi asosidagi keramik koshin namunalarining qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy komponentlar asosida keramik koshin uchun ishlab chiqilgan tarkibdagi massaning qattiq fazali sintezi va pishishining fizik-kimyoviy jarayonlari “Qurilish va texnik maqsadlarda silikat va funksional materiallar ishlab chiqarish uchun energiya va resurslarni tejovchi kompozisiyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish” (2020-2023 yy.) byudjet mavzusi bo‘yicha tadqiqotlarni bajarishda qo‘llanma material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 28 maydagi 4/1255-1147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past xaroratda keramik koshinlar olishda qattiq fazali sintez va pishish jarayonlari ilmiy asoslangan, fundamental ma’lumotlar olish imkonini bergan;
“Kulatau gili-Tuproqqal’a barxan qumi” kompozisiyasi asosida ishlab chiqilgan keramik koshin tarkibi “ART GLOSS GALLERY” QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“ART GLOSS GALLERY” QKning 2022 yil 23 maydagi  23/2022-4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratda pishadigan keramik koshishning talab darajasidagi tarkibini olish imkonini beradi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish