Aytbaev Mansurbek Yusupovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahmud Zamaxshariyning falsafiy-axloqiy qarashlarini yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, 09.00.03– Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal96
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchixra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Masharipova Gularam Kamilovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xandamova Ma’rifat Akramovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mahmud az-Zamaxshariy falsafiy-axloqiy qarashlarining umuminsoniy va insonparvarlik mohiyatini hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmud az-Zamaxshariyning falsafiy, ma’naviy-axloqiy merosida mo‘taziliya yo‘nalishining (ratsionalistik yondashuv, mantiqiy tahlil, aqlga asoslangan fikrlash) ta’siri asoslangan hamda “Al-Kashshof” asaridagi ratsionalistik g‘oyaviy pozisiyasida “ijmo” mantiqiy asoslanganlikka va “ijaz” Qur’onning mo‘’jizaviyligi, betakror uslubi, mazmunan chuqurligi, tilining mukammalligi mezonlarining gnoseologik jihatlari ochib berilgan;
mutafakkirning “Atvoq uz-zahab” asaridagi insonning axloqiy-ma’naviy yuksalishida ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlar – ilm va taqvoning muhimligi, saxovat, yaxshilik, qanoat, adolat, burch, olijanoblik, vijdon, empatiya, ijtimoiy birdamlik kabi axloqiy kategoriyalar hamda kalomiy g‘oyalar markazida turuvchi “tavhid” va “va’da” tamoyillarining substansional negizlar aniqlashtirilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning mezon va shafoat haqidagi gnoseologik qarashlari islom falsafasining “va’d va void” tamoyiliga asoslanganligi, o‘gitlarida falsafiy-axloqiy masalalar gumanistik (erkin tafakkur, ilm, taqvo va adolat) va konstruktiv (o‘z hayotining me’mori, saxovat, bilim va halollik orqali rivojlanish) xarakter kasb etishi hamda hamda diniy va dunyoviy bilimlarni egallash, inson ma’naviyatiga oid diniy va dunyoviy bilimlarni egallash, mantiqiy dalillarga asoslangan tafakkur, axloqiy tanlov) ezgu fazilatlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri asoslab berilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning “Navobig‘-u-l-kalim” (Nozik iboralar) asaridagi falsafiy-antropologik muammolarga oid aql-idrok, to‘g‘rilik, haqqoniylik, do‘stlik, oila va solih amallar qilishga oid qarashlari asosida kishilarning aqlan va ma’nan etuk shaxs bo‘lib etishidagi (to‘g‘ri hayot kechirish, etuklikka erishish, oiladagi totuvlik, mehr-oqibat va sabr, ezgulik va insonparvarlikni qadrlash) ahamiyati, ularning ezgulik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash (axloqiy qadriyatlarni singdirish, sadoqatli bo‘lish) mezonlari takomillashtirilgan;
mutafakkir falsafiy qarashlarida ilmi-ma’oniy (anglash, tahlil qilish) va ilmi-bayoniy (ifodalash, etkazish) g‘oyalarida adabiyot va gnoseolik tamoyillar bilan uyg‘unligi, “asʼila va-ajviba” usullarining (savol-javob orqali argumentlash, fiqh va huquqiy masalalarni tushunish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va ilmiy dalillarga asoslangan bilimlarni o‘rganish) islom dini, shariat asoslari, dunyoviy ilmlar bilan hamohang ekanligi hamda ratsionalizm (aqliy bilish), altruizm (insonparvarlik), hamjihatlik, bag‘rikenglik, axloqiylik, millatlararo totuvlik tamoyillari asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmud az-Zamaxshariy falsafiy-axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mahmud az-Zamaxshariyning falsafiy, ma’naviy-axloqiy merosida mo‘taziliya yo‘nalishining (ratsionalistik yondashuv, mantiqiy tahlil, aqlga asoslangan fikrlash) ta’siri asoslangan hamda “Al-Kashshof” asaridagi ratsionalistik g‘oyaviy pozisiyasida “ijmo” mantiqiy asoslanganlikka va “ijaz” Qur’onning mo‘jizaviyligi, betakror uslubi, mazmunan chuqurligi, tilining mukammalligi mezonlarining gnoseologik jihatlariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining faoliyatida, jumladan, “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-07/830-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz Islom sivilizatsiyasi markazida jamiyat barqarorligini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar va ularning oldini olish muammolarini tadqiq etishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
mutafakkirning “Atvoq uz-zahab” asaridagi insonning axloqiy-ma’naviy yuksalishida ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlar – ilm va taqvoning muhimligi, saxovat, yaxshilik, qanoat, adolat, burch, olijanoblik, vijdon, empatiya, ijtimoiy birdamlik kabi axloqiy kategoriyalar hamda kalomiy g‘oyalar markazida turuvchi “tavhid” va “va’da” tamoyillarining substansional negizlariga doir ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yil 8-noyabrdagi 04-36-1179-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga hamda mamlakatimiz yoshlarini ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish va tarbiyalashda islomiy qadriyatlarning tutgan o‘rnini yanada chuqurroq anglashga, ilm davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning muhim omili ekanligini tushuntirishga doir yangi islomiy manbalar va adabiyotlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning mezon va shafoat haqidagi gnoseologik qarashlari islom falsafasining “va’d va void” tamoyiliga asoslanganligi, o‘gitlarida falsafiy-axloqiy masalalar gumanistik (erkin tafakkur, ilm, taqvo va adolat) va konstruktiv (o‘z hayotining me’mori, saxovat, bilim va halollik orqali rivojlanish) xarakter kasb etishi hamda hamda diniy va dunyoviy bilimlarni egallash, inson ma’naviyatiga oid diniy va dunyoviy bilimlarni egallash, mantiqiy dalillarga asoslangan tafakkur, axloqiy tanlov) ezgu fazilatlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siriga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yoʻnalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandining “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zlikdan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-noyabrdagi 420-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mahmud Zamaxshariyning falsafiy-axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini tahlil etishga xizmat qilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning “Navobig‘-u-l-kalim” (Nozik iboralar) asaridagi falsafiy-antropologik muammolarga oid aql-idrok, to‘g‘rilik, haqqoniylik, do‘stlik, oila va solih amallar qilishga oid qarashlari asosida kishilarning aqlan va ma’nan etuk shaxs bo‘lib etishidagi (to‘g‘ri hayot kechirish, etuklikka erishish, oiladagi totuvlik, mehr-oqibat va sabr, ezgulik va insonparvarlikni qadrlash) ahamiyati, ularning ezgulik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash (axloqiy qadriyatlarni singdirish, sadoqatli bo‘lish) mezonlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqam “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24-yanvardagi 04/11-1666-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zamaxshariyning diniy-falsafiy ta’limotidagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini tushuntirish, ularda insonparvarlik, odamiylik, yuksak axloqiylik hamda vatanga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy yoʻnalishdagi ilmiy-amaliy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
mutafakkir falsafiy qarashlarida ilmi-ma’oniy (anglash, tahlil qilish) va ilmi-bayoniy (ifodalash, etkazish) g‘oyalarida adabiyot va gnoseolik tamoyillar bilan uyg‘unligi, “asʼila va-ajviba” usullarining (savol-javob orqali argumentlash, fiqh va huquqiy masalalarni tushunish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va ilmiy dalillarga asoslangan bilimlarni o‘rganish) islom dini, shariat asoslari, dunyoviy ilmlar bilan hamohang ekanligi hamda ratsionalizm (aqliy bilish), altruizm (insonparvarlik), hamjihatlik, bag‘rikenglik, axloqiylik, millatlararo totuvlik tamoyillariga oid xulosalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-maydagi 314-sonli buyrug‘iga bilan tasdiqlangan 314730–raqamli guvohnomaga muvofiq nashr etilgan “Falsafa” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 10-dekabrdagi 02/01-01-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv adabiyotlarini va soha bo‘yicha malaka talablarini mazmunan boyitishga, shu bilan birga talaba-yoshlarni sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini chuqur o‘rganishga nisbatan qiziqishlarini oshirishga hamda yoshlarni ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish