Axatova Dildora Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn Sino metafizikasida jism va ruhning o‘zaro aloqadorligi fenomeni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal889
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08. 
Ilmiy rahbar: Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ibn Sino metafizikasida jism va ruh o‘zaro aloqadorligining mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Ali Ibn Sinoning jism va ruh fenomenologiyasiga oid qarashlarining shakllanishida qadimgi yunon faylasuflarining (Aflotun, Aristotel, Plotin) tabiatning mohiyati, inson, inson ruhi, joni, aqli, g‘oyalar dunyosi bilan moddiy dunyo o‘rtasidagi bog‘liqlik, tafakkur va ilohiy ekstatik holatga oid g‘oyalari hamda islom falsafasidagi (al-Kindiy, Farobiy, Imom G‘azzoliy) jism va ruhning ajralmasligi, abadiyligi, muvozanatni ta’minlashi, nafs, jon va ruh aloqadorligi, ilohiy idrok kabi g‘oyalarining ta’siri integrallashuv va universallashuvga asos bo‘lgani mantiqiy isbotlangan;
Ibn Sinoning jism va ruh ontologiyasi masalasida mavjudlik, shakl, idrok, anglash markazi kabi g‘oyalari, fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni o‘rganish orqali haqiqatga erishish, mantiqiy asoslash kabi epistemologik realizmga oid pozisiyasi va tanasux konsepsiyasi tarafdorlariga munosabati “shakl va materia”, ruhning abadiyligi” metafizik sir” ruh-jism ajralishi kabi falsafiy paradigmalar ontologik dualizm, epistemologik realizm, falsafiy teizm, kritik ratsionalizm tamoyillar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlashtirilgan;
Ibn Sino metafizikasida jism va ruhning dialektik aloqadorligi ratsional (zaruriy mohiyat, yagonalik, abadiylik) yondashuvda aqliy qobiliyatlarini shakllantirishi, insonni to‘g‘ri qarorlarga etkazishi, inson hayotida aql, ma’naviy va axloqiy xossalar uyg‘onishi hamda irratsional yondashuv (ruhning bo‘linmas substansiyaligi va ierarxiyasi) abadiylikka intilish va jismning vaqtga bog‘liqligi pozisiyasidan izohlanganligi hamda ularning uyg‘unligi va yaxlitligi ochib berilgan;
mutafakkirning emanatsiya nazariyasi orqali ruh va aql mutanosibligi, aqlning asosiy roli va ruh mukammallashuvida faol aqlning ta’siri masalasiga sinkretik yondashuvi integral dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilganligi hamda Yangi O‘zbekiston strategiyasining yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, insonning har tomonlama to‘laqonlilikka erishishini ta’minlash, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni milliy qadriyatlar orqali amalga oshirish maqsadlarini ifodalashi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn Sino metafizikasida jism va ruhning o‘zaro aloqadorligini tahlil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Abu Ali Ibn Sinoning jism va ruh fenomenologiyasiga oid qarashlarining shakllanishida qadimgi yunon faylasuflarining (Aflotun, Aristotel, Plotin) tabiatning mohiyati, inson, inson ruhi, joni, aqli, g‘oyalar dunyosi bilan moddiy dunyo o‘rtasidagi bog‘liqlik, tafakkur va ilohiy ekstatik holatga oid g‘oyalari hamda islom falsafasidagi (al-Kindiy, Farobiy, Imom G‘azzoliy) jism va ruhning ajralmasligi, abadiyligi, muvozanatni ta’minlashi, nafs, jon va ruh aloqadorligi, ilohiy idrok kabi g‘oyalarining ta’siri integrallashuv va universallashuvga asos bo‘lganiga oid ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024 yillardagi targ‘ibot ishlarida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-oktyabrdagi 987-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Sinoning jism va ruh ontologiyasi dialektiklar haqiqat tarafdorlari, tanasux oqimi vakillarining kontekstida o‘rganilib, uning Arastu ontologik va falsafiy qarashlarini davom ettirgani, yunon falsafasi va islom dunyoqarashi o‘rtasidagi bog‘liqlik va uzlyuksizlikni yanada aniqlash imkonini bergan hamda Ibn Sino metaflzikasida jism va ruh o‘zaro aloqadorligining falsafiy mohiyatini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
Ibn Sinoning jism va ruh ontologiyasi masalasida mavjudlik, shakl, idrok, anglash markazi kabi g‘oyalari, fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni o‘rganish orqali haqiqatga erishish, mantiqiy asoslash kabi epistemologik realizmga oid pozisiyasi va tanasux konsepsiyasi tarafdorlariga munosabati “shakl va materia”, ruhning abadiyligi” metafizik sir” ruh-jism ajralishi kabi falsafiy paradigmalar ontologik dualizm, epistemologik realizm, falsafiy teizm, kritik ratsionalizm tamoyillar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqliligiga doir ilmiy xulosalar va g‘oyalar, natijalaridan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-son “O‘zbek xalqi milliy va diniy qadriyatlari kompleksining elektron transdissiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanililgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 23-yanvardagi 04/11-1484-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Sinoning jism va ruh fenomenologiyasiga oid qarashlarining shakllanishiga qadimgi yunon falsafasi, tibbiyoti hamda Islom falsafasidagi g‘oyalarning ta’siri haqidagi ilmiy qiyosiy tahlillar ushbu loyihada diniy-falsafiy merosni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etishda muhim metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
Ibn Sino metafizikasida jism va ruhning dialektik aloqadorligi ratsional (zaruriy mohiyat, yagonalik, abadiylik) yondashuvda aqliy qobiliyatlarini shakllantirishi, insonni to‘g‘ri qarorlarga etkazishi, inson hayotida aql, ma’naviy va axloqiy xossalar uyg‘onishi hamda irratsional yondashuv (ruhning bo‘linmas substansiyaligi va ierarxiyasi) abadiylikka intilish va jismning vaqtga bog‘liqligi pozisiyasidan izohlanganligi hamda ularning uyg‘unligi va yaxlitligiga oid nazariy umumlashmalar va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi VI. “Ma‟naviy-ma‟rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan “Xalqimizning tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini o‘ganish, ularni kamol topib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida keng miqyosda targ‘ib etish, yoshlarda tarixiy meros va xalq an’analariga nisbatan chuqur hurmat, ehtirom uyg‘otish” kabi vazifalarini bajarishda hamda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, jumladan “O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02/02-55-son hamda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 19-nayabrdagi 2-13-21-6042-son ma’lumotnomalari). Natijada, tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosni asrab-avaylash, yosh avlod orasida tarixiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi, partiyaning ijtimoiy loyihalari va targ‘ibot tadbirlarini mazmunan boyitishga hamda yoshlarda milliy-ma’naviy merosni o‘rganishga qaratilgan fanlarning zamonaviy modullarini va kontentlarini ishlab chiqishda, yangi avlodini yaratishda Ibn Sino asarlaridagi komil inson tarbiyasiga oid g‘oyalar asosida yuksalish va farovonlikni ta’minlashga oid tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mutafakkirning emanatsiya nazariyasi orqali ruh va aql mutanosibligi, aqlning asosiy roli va ruh mukammallashuvida faol aqlning ta’siri masalasiga sinkretik yondashuvi integral dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilganligi hamda Yangi O‘zbekiston strategiyasining yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, insonning har tomonlama to‘laqonlilikka erishishini ta’minlash, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni milliy qadriyatlar orqali amalga oshirish maqsadlarini ifodalashiga oid ilmiy yangiliklar va g‘oyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Fayzli kun” teleko‘rsatuvi dasturi ssenariysini tayyorlashda faoydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 17-05/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda allomalarning merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularning ma’naviy-axloqiy ideallariga nisbatan hurmatni shakllantirishga, a’naviy-axloqiy qadriyatlar va integral dunyoqarashga muhabbat va hurmat tuyg‘usi oshayotgan yoshlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish