Sulaymonova Muniraxon Shuxratbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3276
Ilmiy rahbar: To‘hliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida xufyona iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga ariza taqdim etilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilishi taklifi asoslangan;
soliq xavfiga ega soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilib, kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turilishi taklifi asoslangan;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni tabaqalashtirish va 4 ta toifaga ajratish hamda kelgusida mazkur toifalarga muvofiq soliqqa tortishda inobatga olish orqali amaliyotda hisobini yuritishda qulayliklarni ta’minlash asoslangan;
soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va maxsus axborot portali bilan ma’lumot almashinuvini ta’minlash orqali xufyona iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida xufyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga ariza taqdim etilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-162-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 16-avgustdagi 18/1-84411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada majburiy tartibda QQS to‘lovchisi bo‘lgan soliq to‘lovchilarni QQS guvohnomasini olinishida tezkorlikka erishish, shuningdek, QQS hisobotida to‘lovlarni hisobga olish tizimini avtomatlashtirish imkoni yaratilgan;
soliq xavfiga ega soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilib, kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-162-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 16 avgustdagi 18/1-84411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlar tomonidan xufyona holat bilan shug‘ullangan deb shubha qilingan ammo ularda bunday faoliyatga oid ishlar amalga oshirilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuborilgan xabarnoma ularni aniqlangan kamchilikni bartaraf qilish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni tabaqalashtirish va 4 ta toifaga ajratish hamda kelgusida mazkur toifalarga muvofiq soliqqa tortishda inobatga olish orqali amaliyotda hisobini yuritishda qulayliklarni ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 fevraldagi “Tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 16-avgustdagi 18/1-84411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soliq to‘lovchilarning umumbelgilangan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishini rag‘batlantirish, soliq tizimini sodda va tushunarli bo‘lishi, ularning soliq yukidan xavfsirashlarini oldini olishga xizmat qilish imkoni yaratilgan;
soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va maxsus axborot portali bilan ma’lumot almashinuvini ta’minlash orqali xufyona iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 fevraldagi “Tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 16-avgustdagi 18/1-84411-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchilarni tabaqalashtirilishi orqali sodda va tizimli ish yuritishi, qulay shart-sharoitlar yaratish orqali tadbirkorlik subektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirishga erishilgan.