Kudiyarov Kishibay Ramatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliq solish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt425
Ilmiy masla h atchi: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi ni taʼ’minlashda soliq solish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korporativ soliq qarzli moliyalashtirish va ulushli moliyalashtirish o‘rtasidagi diskriminatsiyani kamaytirish hamda xususiy kapital darajasini oshirish maqsadida qarzlar bo‘yicha foizlar chegirmalariga cheklovlarni joriy qilinishi qarz foizi bo‘yicha soliq chegirmalarining salbiy oqibatini kamaytirishi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashi asoslangan;
yangi ish o‘rinlari yaratilishi rag‘batlantiruvchi mol-mulk (amaldagi 4% dan 1% ga qadar) va er soliqlari (amalda gi 2% da n 0,5% ga qadar) bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytirish tartibidagi imtiyozlarni tatbiq qilish orqali hududlardagi bandlik darajasini o‘stirish taklifi asoslangan;
soliq solishdagi noaniqliklar bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida teng ulushlarda to‘lash tartibini kiritish orqali soliq solishdagi noaniqliklar oqibatida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy natijalariga qo‘shimcha fiskal xarajatlar ni ta’sirini minimallashtirish asoslangan;
pullik xizmatlarga umumiy o‘rnatilgan stavkada QQSni qo‘llash ta’sirida moliyaviy xizmatlar tannarxini pasaytirish va «qaytarilmaydigan QQS» muammosini hal qilish natijasida kirim qilingan QQS uchun hisobga olish imkoniyatini yaratish, QQS mohiyatining buzilishini bartaraf etish hamda soliq tushumlarini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash asoslangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mol-mulk soliqlarining stavkalarini pasaytirish orqali bandlik, kapital, umumiy ishlab chiqarish omili unumdorligi va realizatsiyaga salbiy ta’sirining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqil gan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mοliyaviy barqarοrli gi ni ta’mi nlashda sοli q sοlish uslubiyotini takοⅿillashtirish bo‘ yicha οli n ga n ilmiy natijalar asοsida:
korporativ soliq qarzli moliyalashtirish va ulushli moliyalashtirish o‘rtasidagi diskriminatsiyani kamaytirish hamda xususiy kapital darajasini oshirish maqsadida qarzlar bo‘yicha foizlar chegirmalariga cheklovlarni joriy qilinishi qarz foizi bo‘yicha soliq chegirmalarining salbiy oqibatini kamaytirishi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklifi Soliq kodeksining 317-moddasi 35-bandi, 310-modda 1) kichik bandi va shu moddaning 6- qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76744-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korporativ qarzga moyillik, haddan ziyod qarz mablag‘lari jalb qilinishi kamayishi moliyaviy barqarorligini oshirish imkoni yaratilgan;
yangi ish o‘rinlari yaratilishi rag‘batlantiruvchi mol-mulk (amaldagi 4% dan 1% ga qadar) va er soliqlari (amaldagi 2% dan 0,5% ga qadar) bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytirish tartibidagi imtiyozlarni tatbiq qilish orqali hududlardagi bandlik darajasini o‘stirish taklifi Soliq kodeksining 483-moddasi 46- qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76744-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi bandligi darajasi va daromadlarini oshirishning rag‘batlantiruvchi samarali soliq mexanizmi yaratilgan;
soliq solishdagi noaniqliklar bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida teng ulushlarda to‘lash tartibini kiritish orqali soliq solishdagi noaniqliklar oqibatida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy natijalariga qo‘shimcha fiskal xarajatlarni ta’sirini minimallashtirish asoslangan taklifi Soliq kodeksining 100-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76744-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy natijalariga qo‘shimcha fiskal xarajatlarni ta’sirini minimallashtirish imkoni berilgan;
pullik xizmatlarga umumiy o‘rnatilgan stavkada QQSni qo‘llash ta’sirida moliyaviy xizmatlar tannarxini pasaytirish va «qaytarilmaydigan QQS» muammosini hal qilish natijasida kirim qilingan QQS uchu n hisobga olish imkoniyatini yaratish, QQS mohiyatining buzilishini bartaraf etish hamda soliq tushumlarini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi Soliq kodeksi ning 244-moddasida o‘ aksini topgan (O‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76744-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kirim qilingan QQS uchun hisobga olish imkoniyati yaratilishi, QQS ning mohiyatini buzilishini bartaraf etish hamda soliq tushumlarining oshishiga olib kelgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mol-mulk soliqlarining stavkalarini pasaytirish orqali bandlik, kapital, umumiy ishlab chiqarish omili unumdorligi va realizatsiyaga salbiy ta’sirining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan respublikada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76744-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida mol-mulk soliqlarining stavkalarini pasaytirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatishda istiqboldagi davr uchun asosiy parametrlarning to‘g‘riligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.