Ravshanov To‘yli Gulmurodovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati; 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt736.
Ilmiy rahbar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olimjon Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm va madaniy meros sohalaridagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish, turizm obektlarining infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash hamda ushbu sohada kadrlar tayyorlash bo‘yicha “Budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ni tashkil etish taklifi asoslangan;
xizmatlar sohasi hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tog‘li, tog‘oldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilaviy mehmon uylarini tashkil etgan va ularni ta’mirlagan tadbirkorlarga 50 mln. so‘mgacha miqdorida kreditlar ajratish taklifi asoslangan;
o‘rinlari soni 10 tagacha bo‘lgan hamda muayyan talablarga muvofiq tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari va o‘tovlarni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida turistik (mehmonxona) yig‘im undirish taklifi asoslangan;
kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash taklif etilgan.
O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy turistlar oqimining ortishi joylashtirish vositalari to‘laydigan turistik yig‘im ko‘payishiga bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm va madaniy meros sohalaridagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish, turizm ob’ektlarining infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash hamda ushbu sohada kadrlar tayyorlash bo‘yicha “Budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ni tashkil etish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14 oktabrdagi 03-12-24-6797-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda targ‘ibot qilish va va “ITB Berlin”, “World Travel Market London”, “MITT” va “Japan Tourism EXPO” singari nufuzli turistik yarmarkalarda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirok etishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
xizmatlar sohasi hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tog‘li, tog‘oldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilaviy mehmon uylarini tashkil etgan va ularni ta’mirlagan tadbirkorlarga 50 mln. so‘mgacha miqdorda kreditlar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil
14 oktabrdagi 03-12-24-6797-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tog‘li, tog‘oldi hamda rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda faoliyat olib borayotgan 119 nafar tadbirkorlik subektlariga
6,05 mrld. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan;
o‘rinlari soni 10 tagacha bo‘lgan hamda muayyan talablarga muvofiq tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari va o‘tovlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida turistik (mehmonxona) yig‘im undirish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14 oktabrdagi 03-12-24-6797-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida olis, tog‘li, hamda tog‘oldi hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘lanayotgan turistik yig‘im miqdorining kamayishiga hamda ularning daromadlarining ortishiga erishilgan;
kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-son Farmoni aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14 oktabrdagi 03-12-24-6797-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida charter reyslar orqali olib kelingan xorijiy turistlar oqimining ortishiga hamda ularning mamlakatimizda tunab qolish muddatlarining uch kundan besh kungacha ko‘payishiga erishilgan;
O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy turistlar oqimining ortishi joylashtirish vositalari to‘laydigan turistik yig‘im ko‘payishiga bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va ushbu taklif respublikada 2025-2028 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining amalga oshirishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14 oktabrdagi 03-12-24-6797-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan samarali foydalanish, turizm sohasidagi loyihalarini samarali moliyalashtirish hamda daromadlarni prognoz qilish imkonini yaratgan.