Yakubova Shamshinur Shuxratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda raqamli moliyaviy aktivlarni joriy etishning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt710.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Duskobilov Umidjon Sharofiddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Poytaxt Bank” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida raqamli moliyaviy aktivlarni joriy etishning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish borasida ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli aktivlar” tushunchasi markazsizlashtirish, soxtalashtirilmaslik, shaffoflik va xavfsizlik xususiyatlariga ega, qiymatni taqdim qilish va uzatish, tarmoq protokollarida ishtirok etish va “aqlli” shartnomalarni bajarish uchun o‘tkazilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan, faqat raqamli shaklda taqdim etiladigan, kriptografiya va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan qiymatning noyob raqamli ko‘rinishlarini aks ettiruvchi aktivlarning iqtisodiy, huquqiy, texnologik va qiymat mazmuni jihatidan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra markaziy bank raqamli valyutasini uning asosiy afzalliklarini hisobga olish asosida joriy etishning makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy, texnologik va institusional motivlarga ko‘ra mualliflik guruhlanishi asosida takomillashtirilgan;
Markaziy bank raqamli valyutasining muomalaga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotdagi pul massasi va uning tarkibiy o‘zgarishiga hamda pul bozorining umumiy holatiga ta’sirini aniqlash, bank-moliya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tizimli tavakkalchiliklarni Markaziy bank tomonidan operativ tartibga solish imkoniyatini ta’minlash taklifi asoslangan;
raqamli valyutaning pul-kredit siyosatini o‘tkazish mexanizmiga ta’sirini baholashda pul agregatlari bo‘yicha pul muomalasining tezligi (Vt = 0,34), naqd pul darajasi (Cr = 0,21), elektron pul darajasi (Ec = 0,27), raqamli moliya darajasi (Fe = 0,18) o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash orqali ijobiy natijalarga erishish asoslangan;
Markaziy bank raqamli valyutasining pul bozori va moliya tizimiga kiritilishining ta’sir darajasini belgilovchi omillarni miqdoriy va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida naqd va naqd bo‘lmagan pullar miqdori o‘zgarishining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida raqamli moliyaviy aktivlarni joriy etishning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli aktivlar” tushunchasini markazsizlashtirish, soxtalashtirilmaslik, shaffoflik va xavfsizlik xususiyatlariga ega, qiymatni taqdim qilish va uzatish, tarmoq protokollarida ishtirok etish va “aqlli” shartnomalarni bajarish uchun o‘tkazilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan, faqat raqamli shaklda taqdim etiladigan, kriptografiya va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan qiymatning noyob raqamli ko‘rinishlarini aks ettiruvchi aktivlarning iqtisodiy, huquqiy, texnologik va qiymat mazmuni jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kriptografiya va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan qiymatning noyob raqamli ko‘rinishlarini aks ettiruvchi aktivlarning iqtisodiy, huquqiy, texnologik va qiymat mazmuni jihatidan takomillashtirilgan “raqamli aktivlar” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra markaziy bank raqamli valyutasini uning asosiy afzalliklarini hisobga olish asosida joriy etish motivlarining makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy, texnologik va institusional motivlarga ko‘ra mualliflik guruhlanishi asosida takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda markaziy bank raqamli valyutasini joriy etishning makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy, texnologik va institusional motivlarga ko‘ra mualliflik guruhlanishi asosida takomillashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Markaziy bank raqamli valyutasining muomalaga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotdagi pul massasi va uning tarkibiy o‘zgarishiga hamda pul bozorining umumiy holatiga ta’sirini aniqlash, bank-moliya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tizimli tavakkalchiliklarni Markaziy bank tomonidan operativ tartibga solish imkoniyatini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinib, kelgusidagi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 20 fevraldagi 08-06/88-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Markaziy bank raqamli valyutasining mamlakat moliya tizimi ishlashi barqarorligiga ta’sirini o‘rganish, ehtimoliy risklarni aniqlash hamda ularni operativ tartibga solish imkoniyati yaratilgan;
raqamli valyutaning pul-kredit siyosatini o‘tkazish mexanizmiga ta’sirini baholashda pul agregatlari bo‘yicha pul muomalasining tezligi (Vt = 0,34), naqd pul darajasi (Cr = 0,21), elektron pul darajasi (Ec = 0,27), raqamli moliya darajasi (Fe = 0,18) o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash orqali ijobiy natijalarga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 20 fevraldagi 08-06/88-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Markaziy bank raqamli valyutasi joriy qilinishining pul-kredit siyosati qarorlari hamda pul-kredit siyosati transmissiya mexanizmiga ta’sirlarini operativ baholash, raqamli pul agregatlari bo‘yicha pul muomalasining tezligi, naqd pul darajasi, elektron pul darajasi, raqamli moliya darajasi o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash imkoni yaratilgan;
Markaziy bank raqamli valyutasining pul bozori va moliya tizimiga kiritilishining ta’sir darajasini belgilovchi omillarni miqdoriy va sifat jihatidan baholashda ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida naqd va naqd bo‘lmagan pullar miqdori o‘zgarishining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 20 fevraldagi 08-06/88-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida omillarni miqdoriy va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida naqd va naqd bo‘lmagan pullar miqdori o‘zgarishining istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.