Zayniddinov Ruhiddin Xusniddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirish tizimini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3484.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nosir Mahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda investision loyihalarni Islom moliyasi tamoyillari asosidagi moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish hamda erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini oshirishda islomiy moliyalashtirish turlarini kengaytirish, jumladan, “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish yo‘nalishlari taklif qilingan;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan loyihalarni samarali moliyalashtirishni tashkil etishda islomiy moliyalashtirish vositalaridan foydalanishning qonuniy asoslarini shakllantirish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini islomiy ijara va murobaha asosida moliyalashtirishni tashkil etishning tartib-taomillari ishlab chiqilgan;
islomiy va an’anaviy moliya tizimlaridan O‘zbekiston sharoitida dual moliyalashtirish tizimi sifatida foydalanishni kengaytirish orqali mamlakatda qulay investision va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishga erishish imkoniyatlari asoslangan;
O‘zbekistonda investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirishning kengayishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyasion-regression bog‘liqligini o‘rganish asosida islomiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2027-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish hamda erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini oshirishda islomiy moliyalashtirish turlarini kengaytirish, jumladan, “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish yo‘nalishlari takliflaridan 2024-yil 22-oktyabrdagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-980-son Qonunning 7-moddasi (“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-980-son Qonunning 38-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni shakllantirishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 11-noyabrdagi 04/7-10-86-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq qilish milliy iqtisodiyotning sarmoya uchun jozibador muhitini yanada mustahkamlab, qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasining barqaror o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan holda samarali natijalarga olib keladi. Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq qilish milliy iqtisodiyotning sarmoya uchun jozibador muhitini yanada mustahkamlab, qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasining barqaror o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan holda samarali natijalarga olib keladi;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan loyihalarni samarali moliyalashtirishni tashkil etishda islomiy moliyalashtirish vositalaridan foydalanishning qonuniy asoslarini shakllantirish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini islomiy ijara va murobaha asosida moliyalashtirishni tashkil etishning tartib-taomillari ishlab chiqish takliflaridan 2022-yil 20-apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son Qonunning 5 va 41-moddalari, (“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 60-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar)ni shakllantirishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 11-noyabrdagi 04/7-10-86-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash, xususan, “Mikromoliya tashkilotlari tomonidan Islomiy moliya tamoyillari asosida xizmatlar ko‘rsatish tartibini rasman belgilovchi nizomni tasdiqlash” orqali ushbu sohada moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishning huquqiy bazasini shakllantirishga ko‘maklashgan;
islomiy va an’anaviy moliya tizimlaridan O‘zbekiston sharoitida dual moliyalashtirish tizimi sifatida foydalanishni kengaytirish orqali mamlakatda qulay investision va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishga erishish imkoniyatlari asoslangan. 2022–2026-yillar uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining islomiy darchasi va “Trast Muamalat” MChJ lizing sho‘ba korxonasining rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2024-yil 10-iyuldagi 01-1/2467-son ma’lumotnomasi). Natijada, islomiy va an’anaviy moliya tizimlaridan O‘zbekiston sharoitida dual moliyalashtirish tizimi sifatida loyihalarni moliyalashtirish orqali qulay investisiya muhitini yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirishning kengayishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyasion-regression bog‘liqligini o‘rganish asosida islomiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2027-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 2022–2026-yillar uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining islomiy darchasi va “Trast Muamalat” MChJ lizing sho‘ba korxonasining rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2024-yil 10-iyuldagi 01-1/2467-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirishning kengayishiga ta’sir qiluvchi omillarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 2027-yilga borib investisiya loyihalarini islomiy moliyalashtirish qiymatini 4 barobargacha oshirish imkonini berishi taklifi ilmiy asoslangan.