Xolov Nabijon Qahramonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt1858.
Ilmiy maslahatchi: Sharifxodjaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xadjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank tizimining barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni banklar faoliyatini samarali baholash, xavf-xatarlarni boshqarish, likvidlikni ta’minlash va moliyaviy resurslarni optimal tarzda boshqarishga yo‘naltirilgan tizimi investisiya muhitini yaxshilash, ishonchli to‘lov tizimini shakllantirish va iqtisodiy inqirozlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining turlariga ko‘ra “a’lo” (0,8≤BXa≤1), “yaxshi” (0,4≤BXy≤0,7) va “qoniqarli” (0,1≤BXq≤0,3) toifalarga ajratish orqali banklarning barqarorlik rentabelligini ortishiga olib keluvchi miqdoriy chegaralar asoslangan;
qimmatli qog‘ozlar turlarini likvidlik indeksiga ko‘ra yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,8 – 1,0), o‘rta likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,5 – 0,8), past likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,2 – 0,5), juda past likvidli yoki likvidsiz qimmatli qog‘ozlar (0 – 0,2) toifalarga ajratish hamda har bir toifaning tegishli daromadlilik chegaralaridan kelib chiqib “yuqori” toifa salmog‘ini oshirgan holda tijorat banklari aktivlarini barqaror daromad manbalari hisobiga diversifikatsiyalash orqali bankning barqarorligini ta’minlash asoslangan;
sof barqaror moliyalashtirish me’yorini (A (yuqori; ≥ 120%), B (yaxshi; 110% – 119%), C (qoniqarli;100% – 109%), D (xavfli; 90% – 99%), E (juda xavfli; < 90%)) bank reyting tizimiga integratsiya qilish orqali moliyaviy tizim barqarorligini oshirish, tijorat banklarining xavflarini aniq baholash, ularning likvidlik boshqaruvini kuchaytirish
va moliyaviy inqirozlarning oldini olish taklifi asoslangan;
Aksiyadorlik tijorat “O‘zsanoatqurilishbank” aktivlari qiymatining o‘sishi, bankning kapitallashuvi darajasi, bank resurslari uchun “pullar qiymati”, hududlardagi raqobatchi banklar sonining ta’sirini uchta holatda ifodalovchi ekonometrik model asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank tizimining barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini banklar faoliyatini samarali baholash, xavf-xatarlarni boshqarish, likvidlikni ta’minlash va moliyaviy resurslarni optimal tarzda boshqarishga yo‘naltirilgan tizimi investisiya muhitini yaxshilash, ishonchli to‘lov tizimini shakllantirish va iqtisodiy inqirozlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Investisiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 29 yanvardagi 21 sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning innovatsion yangi bank mahsulotlari va uni barqaror moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining turlariga ko‘ra “a’lo” (0,8≤BXa≤1), “yaxshi” (0,4≤BXy≤0,7) va “qoniqarli” (0,1≤BXq≤0,3) toifalarga ajratish orqali banklarning barqarorlik rentabelligini ortishiga olib keluvchi miqdoriy chegaralardan foydalanish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2024 yil biznes rejasida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2025 yil 21 yanvardagi 26 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muammoli kredit (NPL) ulushi mos ravishda 2023 yilga nisbatan 5,2 foizdan 2024-yilda
4,8 foizga tushgan;
qimmatli qog‘ozlar turlarini likvidlik indeksiga ko‘ra yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,8 – 1,0), o‘rta likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,5 – 0,8), past likvidli qimmatli qog‘ozlar (0,2 – 0,5), juda past likvidli yoki likvidsiz qimmatli qog‘ozlar (0 – 0,2) toifalarga ajratish hamda har bir toifaning tegishli daromadlilik chegaralaridan kelib chiqib “yuqori” toifa salmog‘ini oshirgan holda tijorat banklari aktivlarini barqaror daromad manbalari hisobiga diversifikatsiyalash orqali bankning barqarorligini ta’minlash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2024 yil biznes rejasida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2025 yil 21 yanvardagi 26 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yil birinchi yarim yillikda jami investisiya portfeli tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning ulushi 51,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil birinchi yarim yillikda ushbu ko‘rsatkichni 78,3 foizga, ya’ni 295 mlrd. so‘mga etkazish imkonini bergan;
sof barqaror moliyalashtirish me’yorini (A (yuqori; ≥ 120%), B (yaxshi; 110% – 119%), C (qoniqarli;100% – 109%), D (xavfli; 90% – 99%), E (juda xavfli; < 90%)) bank reyting tizimiga integratsiya qilish orqali moliyaviy tizim barqarorligini oshirish, tijorat banklarining xavflarini aniq baholash, ularning likvidlik boshqaruvini kuchaytirish va moliyaviy inqirozlarning oldini olish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” AT amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATning 2025 yil 21 yanvardagi 26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining 2024 yilda milliy valyutadagi depozitlari – B1/NP, xorijiy valyutadagi depozitlari – B2/NP ko‘rsatkichlari bo‘yicha reyting prognozi Moodys xalqaro reyting agentligi tomonidan “Barqaror” prognozi berilgan;
Aksiyadorlik tijorat “O‘zsanoatqurilishbank” aktivlari qiymatining o‘sishi, bankning kapitallashuvi darajasi, bank resurslari uchun “pullar qiymati”, hududlardagi raqobatchi banklar sonining ta’sirini uchta holatda ifodalovchi ekonometrik model asosida 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zsanoatqurilishbank” AT rivojlanish strategiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025 yil 21 yanvardagi 26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki risklarni baholash amaliyotini bank tizimi barqarorligini takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatli davrdagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.