Muratxodjaeva Saodat Abdujabbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Keksa yoshlilarda osteoartrit rivojlanishining immunogenetik xususiyatlari” (tajribada) ixtisosliklar shifri: 14.00.20 – Tibbiy genetika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4371.
Ilmiy rahbarlar: Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Ditrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet ilmiy mussasasi “Akademik N.P. Bochkov nomli tibbiy-genetik tadkikot markazi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: fundamental ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental sharoitda qariyotgan organizmlarda osteoartrit rivojlanishining immunologik va epigenetik jihatlariga kichik ximik molekulalarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor VC6TF epigenetik aralashmasi in vivo sharoitda osteoartritda samarali ekanligi, tog‘ay to‘qimasini remodellyasiya qilish va xondrotsitlar identikligini saqlash morfofunksional xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor xondrotsitlarning epigenetik qayta dasturlanishi natijasida matriks sintezining faollashuvi, metabolik va morfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor qarish fonidagi tog‘ay degradatsiyasida estrogen reseptorlarining patogenetik roli aniqlangan;
ilk bor tripsin va papain bilan indusirlangan osteoartrit modellari yaratilgan va tasdiqlangan, ular yallig‘lanish, IL-1β, IL-6, CRP, ALP miqdorining oshishi va Ca/P indeksi o‘zgarishi bilan kechishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Keksa yoshlilarda osteoartrit rivojlanishining immunogenetik va epigenetik mexanizmlarini aniqlovchi ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor VC6TF epigenetik aralashmasi in vivo sharoitda osteoartritda samarali ekanligi, tog‘ay to‘qimasini remodellyasiya qilish va xondrotsitlar identikligini saqlash morfofunksional xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha «Translyasion hayvonlarda (kalamushlarda) tizza bo‘g‘imi osteoartritini modellashtirish» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashining 2024-yil 29-apreldagi 4-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif O‘zR FA akademik A.S.Sadikov nomidagi Bioorganik kimyo institutida (№105, 20.11.2024) va Buxoro davlat tibbiyot institutida (№1-A/450, 31.10.2024) amaliyotgan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 15-fevraldagi 12/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: osteoartritli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: modellash muddatini 90 kundan 30 kunga qisqartirish orqali 20 mln so‘mdan ortiq iqtisodiy foyda, ya’ni 60% samaradorlik ta’minlanadi. Xulosa: kimyoviy moddalar orqali indusirlangan osteoartrit modellari ishlab chiqilgan va sinab ko‘rilgan, bu kasallikning qayta ishlanuvchi fenotipini ta’minlashi va tajriba muddatini qisqartirish imkonini berishi klinika oldi tadqiqotlarning samaradorligini oshirgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor xondrotsitlarning epigenetik qayta dasturlanishi natijasida matriks sintezining faollashuvi, metabolik va morfologik o‘zgarishlar aniqlanganligi bo‘yicha «Translyasion hayvonlarda (kalamushlarda) tizza bo‘g‘imi osteoartritini modellashtirish» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashining 2024-yil 29-apreldagi 4-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif O‘zR FA akademik A.S.Sadikov nomidagi Bioorganik kimyo institutida (№105, 20.11.2024) va Buxoro davlat tibbiyot institutida (№1-A/450, 31.10.2024) amaliyotgan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 15-fevraldagi 12/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: osteoartritli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: modellash muddatini 90 kundan 30 kunga qisqartirish orqali 20 mln so‘mdan ortiq iqtisodiy foyda, ya’ni 60% samaradorlik ta’minlanadi. Xulosa:  osteoartritni monitoring qilishda tizimli interleykinlar va qon plazmasidagi ishqoriy fosfataza darajasini kuzatish kasallikni erta va noinvaziv aniqlash uchun samarali biomarkerlar sifatidaligi aniqlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qarish fonidagi tog‘ay degradatsiyasida estrogen reseptorlarining patogenetik roli aniqlanganligi bo‘yicha «Translyasion hayvonlarda (kalamushlarda) tizza bo‘g‘imi osteoartritini modellashtirish» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashining 2024-yil 29-apreldagi 4-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif O‘zR FA akademik A.S.Sadikov nomidagi Bioorganik kimyo institutida (№105, 20.11.2024) va Buxoro davlat tibbiyot institutida (№1-A/450, 31.10.2024) amaliyotgan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 15-fevraldagi 12/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: osteoartritli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: modellash muddatini 90 kundan 30 kunga qisqartirish orqali 20 mln so‘mdan ortiq iqtisodiy foyda, ya’ni 60% samaradorlik ta’minlanadi. Xulosa: xondrotsitlardagi reparativ jarayonlarni epigenetik tartibga solish orqali davolash usullarini ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, bu yoshga bog‘liq osteoartritni shaxsiylashtirilgan tarzda davolashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tripsin va papain bilan indusirlangan osteoartrit modellari yaratilgan va tasdiqlangan, ular yallig‘lanish, IL-1β, IL-6, CRP, ALP miqdorining oshishi va Ca/P indeksi o‘zgarishi bilan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha «Translyasion hayvonlarda (kalamushlarda) tizza bo‘g‘imi osteoartritini modellashtirish» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashining 2024-yil 29-apreldagi 4-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif O‘zR FA akademik A.S.Sadikov nomidagi Bioorganik kimyo institutida (№105, 20.11.2024) va Buxoro davlat tibbiyot institutida (№1-A/450, 31.10.2024) amaliyotgan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 15-fevraldagi 12/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: osteoartritli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: modellash muddatini 90 kundan 30 kunga qisqartirish orqali 20 mln so‘mdan ortiq iqtisodiy foyda, ya’ni 60% samaradorlik ta’minlanadi. Xulosa: bo‘g‘im to‘qimalarini qayta tiklashga qaratilgan osteoartrit terapiyasining yangi strategiyalarini yaratishda translyasion modellar va epigenetik ta’sir usullarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish