Ortikov Oybek Rustamovning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetini rivojlantirishning ilmiy pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Ped3835.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor, Yuzlikaev Farid Rafaelovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarning mafkuraviy immunitetini rijovlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, milliy qadriyatlar hamda an’analarning uyg‘unligi asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari milliy qadriyatlar va an’analarning uyg‘unligiga mosligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tarixiy g‘oyalar, qadriyatlarga mos tarbiyaviy bosqichlar, ijtimoiy, madaniy omillar, tendensiyalarni faktik dalillash hamda mazmunli-jarayonli, tashkiliy-pedagogik komponentlarning dialektik aloqadorligi asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish modeli talabalarning ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga aksiologik, kognitiv, faoliyatli va integrativ yondashuvlarni tarixiy voqealarning davriy moslashtirish asosida axborotga nisbatan ongli munosabat, tanqidiy fikrlash, shaxsiy pozisiya, emotsional barqarorlik, mafkuraviy moslashuvchanlik kabi shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning mafkuraviy immunitetini rivojlantirishning didaktik tuzilmasi ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi milliy urf-odat va an’analar, ta’limning tarixiy-konseptual interpretatsiyasi, umuminsoniy munosabatlar to‘liqligini tarixiy kontekstda tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvning mazmunini ta’limiy maqsadlarga identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mafkuraviy fazilatlarini baholash mezonlari ularning shaxsiy va ijtimoiy faolligini aniqlovchi komponentlar (metodik ta’minot, pedagogik va didaktik shart-sharoitlari) asosida ijtimoiy faollik, an’analar va novatsion g‘oyalar uyg‘unligi, tarixiy refleksiya tamoyillari va ularning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali  tizimlashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari milliy qadriyatlar va an’analarning uyg‘unligiga mosligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tarixiy g‘oyalar, qadriyatlarga mos tarbiyaviy bosqichlar, ijtimoiy, madaniy omillar, tendensiyalarni faktik dalillash hamda mazmunli-jarayonli, tashkiliy-pedagogik komponentlarning dialektik aloqadorligi asosida aniqlashtirishga oid takliflardan Buxoro davlat universitetida 2018-2022 yillarda amalga oshirilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi loyihani “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari” qismini bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 1-martdagi 01-04/1017-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mazmunan boyitilgan; 
talabalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish modeli talabalarning ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga aksiologik, kognitiv, faoliyatli va integrativ yondashuvlarni tarixiy voqealarning davriy moslashtirish asosida axborotga nisbatan ongli munosabat, tanqidiy fikrlash, shaxsiy pozisiya, emotsional barqarorlik, mafkuraviy moslashuvchanlik kabi shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0332 raqamli guvohnoma). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalar mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga oid dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning mafkuraviy immunitetini rivojlantirishning didaktik tuzilmasi ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi milliy urf-odat va an’analar, ta’limning tarixiy-konseptual interpretatsiyasi, umuminsoniy munosabatlar to‘liqligini tarixiy kontekstda tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvning mazmunini ta’limiy maqsadlarga identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universitetining 2023-yil 21-oktyabrdagi 556-son buyrug‘i, 556-29 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalar mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning mafkuraviy fazilatlarini baholash mezonlari ularning shaxsiy va ijtimoiy faolligini aniqlovchi komponentlar (metodik ta’minot, pedagogik va didaktik shart-sharoitlari) asosida ijtimoiy faollik, an’analar va novatsion g‘oyalar uyg‘unligi, tarixiy refleksiya tamoyillari va ularning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali tizimlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0332 raqamli guvohnoma). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalar mafkuraviy immunitetni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish