Umirzakov Ulug‘bek Sindarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek maqollarida kontrastning xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Fil3000
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Muso Muhammadievich, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamatqulov Abdulxapiz Latipovich, filologiya fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek xalq maqollarining olam lisoniy manzarasida tutgan o‘rnini, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarni, kontrast hodisasining lingvokognitiv fenomen sifatida paremiologiyada tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek xalq maqollarida kontrast asosini tashkil qiluvchi kontrarlar, kontradiktor, leksik va grammatik antonimlar o‘zlarining leksik-semantik maydoniga ko‘ra lingvokognitiv omillar bilan aloqadorligi, kontrastni ifodalovchi maqollarni lug‘aviy tarkibini aniqlash va tahlilga tortish orqali isbotlangan;
fransuz va o‘zbek maqollarining lisoniy olam manzarasida obrazlilik, variativlik, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi sababli muhim o‘rin tutishi, xalq ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq lingvomadaniy hodisalarni tasvirlash uchun xizmat qiluvchi kognitiv tuzilma ekanligi kontrastli maqollar misolida ochib berilgan;
fransuz va o‘zbek xalq maqollarining o‘ziga xos semantik maydonga birlashadigan bilimdonlik, donolik, mehnatsevarlik, zukkolik kabi umumlashtiruvchi va mehnatsevarlik, hurmat-izzat, vaqtichog‘lik, oila, do‘stlik semantik maydonidagi farqlovchi jihatlari aniqlangan;
fransuz va o‘zbek xalq maqollarining leksikografik manbalarini o‘rganish va tahlilga tortish natijasida lingvomadaniy aloqalarni aks ettiruvchi kontrastiv maqollar bazasi ajratib olingan va ularning leksik-semantik maydoni shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi. Fransuz va o‘zbek maqollaridagi kontrastni shakllantiruvchi lisoniy vositalar tahlili asosida:
fransuz va o‘zbek xalq maqollarida kontrast asosini tashkil qiluvchi kontrarlar, kontradiktor, leksik va grammatik antonimlar o‘zlarining leksik-semantik maydoniga ko‘ra lingvokognitiv omillar bilan aloqadorligi kontrast ifodalovchi maqollar lug‘aviy tarkibini aniqlash va tahlilga tortish orqali isbotlangan. Ushbu natijadan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korrusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab shiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Muhammad  al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining  2024-yil 5-yanvardagi 05/01.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining milliy korpusini loyihalashda kontrastiv maqollarning o‘rni alohida ta’kidlangan va loyiha doirasida tayyorlangan maqolalar va monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
fransuz va o‘zbek maqollarining lisoniy olam manzarasida obrazlilik, variativlik, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi sababli muhim o‘rin tutishi, xalq ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq lingvomadaniy hodisalarni tasvirlash uchun xizmat qiluvchi kognitiv tuzilma ekanligini kontrastli maqollar misolida ochib berish bilan bog‘liq xulosalaridan Samarqand davlat shet tillar institutida Evrora Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-ERRKA2-SBHE-SR-ERASMU+SBHE IMER: O‘zbekistonda Oliy ta’im tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat shet tillar institutining 2024-yil 19-yanvardagi 129/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz va o‘zbek kontrastiv maqollaridan lingvomadaniy hodisalarni tasvirlash uchun xizmat qiluvchi kognitiv tuzilma sifatida foydalanilgan va loyiha doirasida yaratilgan o‘quv jarayoni ushun tayyorlangan manbalarning takomillashuviga erishilgan;
fransuz va o‘zbek xalq maqollarining o‘ziga xos semantik maydonga birlashadigan bilimdonlik, donolik, mehnatsevarlik, zukkolik kabi umumlashtiruvchi va mehnatsevarlik, hurmat-izzat, vaqtichog‘lik, oila, do‘stlik semantik maydonidagi farqlovchi jihatlari aniqlangan va undan O‘zbekiston milliy teleradiokomraniyasi Samarqand viloyat teleradiokomraniyasida 2023-yil 12-dekabr kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokomraniyasining 2023-yil 22-dekabridagi 01-07/404-son ma’lumotnoma). Natijada, fransuz va o‘zbek xalq maqollarining o‘ziga xos semantik maydonga birlashadigan umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlari dastur uchun foydali deb topilgan va ulardan foydalanish orqali  ko‘rsatuvning konsertual samaradorligi ta’minlangan;
fransuz va o‘zbek xalq maqollarining leksikografik manbalarini o‘rganish va tahlilga tortish natijasida lingvomadaniy aloqalarni aks ettiruvchi kontrastiv maqollar bazasi ajratib olingan va ularning leksik-semantik maydoni shakllantirilgan va ulardan Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan manba sifatida Samarqanddagi Allianse Française kutubxonasini fransuz tilining akademik turdagi izohli lug‘atlari hamda ixtisoslashtirilgan lug‘atlar fondini yaratishda foydalinilmoqda (Fransiyaning O‘zbekiston Resrublikasidagi elshisining fan va madaniyat attashesi Serj Bellinining 2024-yil 24-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqanddagi Allianse Française kutubxonasini fransuz tilining akademik turdagi izohli lug‘atlari hamda ixtisoslashtirilgan lug‘atlar bilan ta’minlash ishlari samaradorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish