Tileumuratova Gulnaz Tajibay qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq bolalar adabiyotini o‘qitishda boshlang‘ish sinf o‘quvshilarining tafakkurini takomillashtirish metodikasi (Qoraqalpoq maktablari misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (qoraqalpoq adabiyoti)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7539.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Qazaxbaev Sarsen Seyilbekovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, proffessor; Yusupova Gulshiraxan Zinatdinovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq bolalar adabiyotini o‘qitishda xalq pedagogikasi va qoraqalpoq folklori asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qoraqalpoq bolalar adabiyoti asosida tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari, o‘quvchilarning intellektual, ijodiy, mantiqiy, reflektiv tafakkur ko‘nikmalari ontoginezining bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyalari, savol-javob, konseptual xaritalar tuzish, munozara (debate), tahliliy topshiriqlar, matn, voqea yoki grafik ma'lumotni tahlil qilish hamda variativ o‘quv resurslarini yaratish bo‘yicha fikrlar integrasiyasini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qoraqalpoq folklori va xalq pedagogikasi asosida tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish modeli subektlar o‘quv faoliyatini tizimlashtirish va ijtimoiy zaruriyatini modellashtirish, o‘qitisda kuzatish va taqqoslash shakliga ustuvorlik berish, rasm asosida hikoya tuzish, rol o‘ynash, mini vaziyatlar (mini drama, mini muammo) hamda shaxsga yoʻnalgan ta'limni innovatsion optimallashtirish modeli va o‘qitishning intensivligini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda tafakkur ko‘nikmalarini takomillashtirish metodi samaradorligini intensifikatsiyalash, o‘quvchilarda tafakkur ko‘nikmalarinin takomillashtirishga doir mustaqil fikrlash, asoslilik (dalillarga tayanish), tahlil qilish qobiliyati, angi g‘oyalar taklif qilish (ijodkorlik), muloqot va fikrni ifoda etishga qaratilgan mezonlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq bolalar adabiyotini o‘qitishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini takomillantirsh metodikasi asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qoraqalpoq bolalar adabiyoti asosida tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari, o‘quvchilarning intellektual, ijodiy, mantiqiy, reflektiv tafakkur ko‘nikmalari ontoginezining bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashuviga doir takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan v inoovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-maydagi 78-sonli buyrug‘i, 78-05-raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishning konseptual asoslarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyalari, savol-javob, konseptual xaritalar tuzish, munozara (debate), tahliliy topshiriqlar, matn, voqea yoki grafik ma'lumotni tahlil qilish hamda variativ o‘quv resurslarini yaratish bo‘yicha fikrlar integrasiyasini uyg‘unlashtirishga oid takliflar II-XT-0-17222 raqamli «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 17 iyuldagi 310-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 12-avgustdagi 01/11-1-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qoraqalpoq folklori va xalq pedagogikasi asosida tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish modeli subektlar o‘quv faoliyatini tizimlashtirish va ijtimoiy zaruriyatini modellashtirish, o‘qitisda kuzatish va taqqoslash shakliga ustuvorlik berish, rasm asosida hikoya tuzish, rol o‘ynash, mini vaziyatlar (mini drama, mini muammo) hamda shaxsga yoʻnalgan ta'limni innovatsion optimallashtirish modeli va o‘qitishning intensivligini rivojlantirishga oid takliflar va tavsiyalar XT-F2-001 raqamli «Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariyasi-uslubi asoslarini kompleks tadqiq etish va kompetensiyasini ishlab chiqish» mavzusida fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 17-iyuldagi 311-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 12-avgustdagi 01/11-1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq bolalar adaboyoti orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish modelini ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda tafakkur ko‘nikmalarini takomillashtirish metodi samaradorligini intensifikatsiyalash, o‘quvchilarda tafakkur ko‘nikmalarinin takomillashtirishga doir mustaqil fikrlash, asoslilik (dalillarga tayanish), tahlil qilish qobiliyati, angi g‘oyalar taklif qilish (ijodkorlik), muloqot va fikrni ifoda etishga qaratilgan mezonlar asosida taklif va tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan v inoovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-maydagi 78-sonli buyrug‘i, 78-05-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogik jarayonning intensifikatsiyalash asosida o‘quvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga erishilgan.