Kunnazarova Gulnar Ilesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Talabalarning  ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini badiiy asarlar tahlili vositasida rivojlantirish texnologiyasi (ijtimoiy fanlar yo‘nalishi ingliz tili ta’limi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped2806.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nauruzbaeva Ayjan Sarsenbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kambarova Saodat Irkinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi OTMlarning ijtimoiy fanlar yo‘nalishi ingliz tili ta’limida o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyoti namunalari vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy fanlar yo‘nalishi ingliz tili ta’limida o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyoti namunalarining qiyosiy tahlili vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini “badiiy biografiya”, modifikatsiyalangan “ochiq mikrofon” kabi zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish mexanizmlari milliy ta’lim tizimiga qo‘yilgan talablar negizida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish)ga bo‘lgan ijtimoiy-ta’limiy zarurat nuqtayi nazaridan innovatsion g‘oyalar bellashuvi, ijodiy loyiha, debat, kreativ ishlanmalar ko‘rgazmasi, esselar tanlovi, interfaol texnologiyalar, badiiy asarlar annotatsiyasi, “Tushunchalar ta’rifi” kabi qiyosiy tahlil metodlari yordamida o‘rganilayotgan badiiy asarlarning vizual reklamasini tayyorlash, blis-so‘rov orqali talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;    
badiiy matndagi notanish so‘z va iboralarni aniqlash, tizimlashtirish, inglizcha tarjimasi negizida talabalarning konsept-sistemni yaratish va sharhlashga oid kommunikativ, lingvistik, ijtimoiy-lingvistik hamda pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ijtimoiy-kommunikativ  kompetensiyasini oshirishning tashkiliy-pedagogik modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini oshirish bo‘yicha milliy (B2) yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi nutqiy malakalari ko‘rsatkichlari asosida mutolaa qilingan badiiy asarlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ingliz tilida verbal- noverbal shaklda erkin, bir qadar erkin va erkin bo‘lmagan holda bayon qilish orqali belgilangan ball indikatorlari hamda qo‘yilgan ballar bo‘yicha baholash (yuqori, o‘rta, past) ga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
ingliz tilidagi badiiy asarlar ta’limi jarayonida “Badiiy biografiya”, modifikatsiyalangan “Ochiq mikrofon” kabi zamonaviy texnologiyalar vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikga erishish imkoniyatlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Badiiy asarlar vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ faolligini oshirishning pedagogik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘iga asosan berilgan 314-194 raqamli guvohnoma). Natijada ijtimoiy fanlar yo‘nalishining ingliz tili  ta’limida badiiy asarlar vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
Talabalarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari (tinglab tushinish, o‘qish,yozish va gapirish)ga bolgan ijtimoiy-ta’limiy ehtiyojni   innovatsion g‘oyalar bellashuvi, ijodiy loyiha, debat, kreativ ishlanmalar ko‘rgazmasi, esselar tanlovi, zamonaviy texnologiyalar, badiiy asarlar annotatsiyasi, “Tushunchalar ta’rifi” metodi yordamida o‘rganilayotgan asarlarning vizual reklamasini tayyorlash, blis-so‘rov, orqali ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga oid tavsiyalardan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida  ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy  nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 26-iyun 2024-yilda berilgan 11-05-3469/04 sonli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy fanlar yo‘nalishining ingliz tili ta’limida badiiy asarlar vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning  metodik ta’minoti  takomillashtirilgan; 
        talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish  modeli ularning badiiy asarlar matnidagi notanish so‘z va iboralarni aniqlash, tizimlashtirish, inglizcha tarjimasi negizida konsept-sistemni yaratish va sharhlashga oid kommunikativ, lingvistik, ijtimoiy-lingvistik hamda pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali zamonaviy mehnat bozoridagi kadrlar raqobatbardoshligini ta’minlash tamoyillarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalaridan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining B2 daraja talabalari uchun oflayn rejimda mobil ilova va maxsus veb-sayt ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy  nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 26-iyun 2024-yilda berilgan 11-05-3469/04 sonli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy fanlar yo‘nalishining ingliz tili ta’limida badiiy asarlar vositasida talabalarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish