Ernazarov Daniyor Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida uchraydigan qoramollar barmoqlararo dermatitlarini (Mortellaro kasalligi) farmakoterapiyasi”, 16.00.04 –Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar–sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V124 
Ilmiy rahbar: Niyozov Hakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldashev Soatboy Jiyanbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahsuldor sigirlarda barmoqlararo dermatitlarning uchrash darajasini aniqlash, tashxis usulini ishlab chiqish va davolashda mahalliy dori vositalarini farmakoterapevtik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qoramolchilik xo‘jaliklaridagi mahsuldor sigirlarda barmoqlararo dermatitlarni (Mortellaro kasalligi) yil fasllari bo‘yicha uchrash darajasi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda barmoqlararo dermatitlarining asosiy sababi mexanik shikastlanishlar va mikroorganizmlar ekanligi ilmiy asoslangan;
mahalliy qon cho‘pi (chistotel) (Chelidoii herba) va aloe dori vositalarini farmakoterapevtik yaʼni antiseptik va regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish xususiyatlarini o‘rganish orqali barmoqlararo dermatitlarini davolashda dori vositalarini maʼlum miqdor va tartib asosida qo‘llashga asoslangan etiopatogenetik davolash usuli ishlab chiqilgan;
barmoqlararo dermatit bilan kasallangan sigirlarni davolashda chistotelning 1:3 nisbatdagi suvli eritmasi, 10 ml aloe ekstrakti, 5 ml lidokain gidroxlorid shimdirilgan maxsus tampon bilan 2 gr levomisetin, 0,6 g rifampisin, 2 g streptotsid preparatlarni qo‘llashga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida uchraydigan qoramollar barmoqlararo dermatitlarini farmakoterapiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Zotli sigirlar barmoqlararo dermatitlarini (Mortellaro kasalligi) farmakoterapiyasi» bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 8 noyabrdagi 33/01-05-959-son maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlarda barmoqlararo dermatitlarni davolashda yuqori samaradorlikga erishilgan;
mahsuldor sigirlarning barmoqlararo dermatitlarida bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida, chistotelning 1:3 nisbatdagi suvli eritmasi, 10 ml aloe ekstrakti, 5 ml lidokain gidroxlorid shimdirilgan maxsus tampon bilan 2 g levomisetin, 0,6 g rifampisin, 2 g streptotsid preparatlarini qo‘llashga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 8 noyabrdagi 33/01-05-959-son maʼlumotnomasi). Ushbu davolash usulining qo‘llanilishi natijasida kasal hayvonlarning boshqa muqobil davolash variantlariga qaraganda 5-6 kun oldin sog‘ayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish