Shamsieva Shaxnoza Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka o‘simta ko‘chatlarini takroriy ekinda ildizdan tashqari oziqlantirishning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1485
Ilmiy rahbar Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Hamzaev Abdushukur Xudoyqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Lapasov Sayfiddin Sanaqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Takroriy ekinda kartoshkani o‘simta ko‘chatlaridan o‘stirishga mos navlarni ajratish hamda o‘sishni boshqaruvchi preparatlar va bioo‘g‘itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirishning o‘simta ko‘chatlar tutuvchanligi, o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekinda kartoshka navlari urug‘lik tuganaklaridan olingan o‘simta ko‘chatlaridan etishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
kartoshka navlari tuganaklaridan o‘simta chiqimi (4,2-4,6 dona), ko‘chatlarning tutuvchanligi (76,2-77,9 %), o‘suv davri oxirida ko‘chatlarni saqlanib qolishi (108,2-110,6 ming dona/ga), o‘suv davrining davomiyligiga (85-101 kun) ko‘ra, Arizona, Evolyushn, Saviola navlarining takroriy ekinda o‘simta ko‘chatlaridan o‘stirishga mos ekanligi ilmiy asoslangan;
kartoshka navlari o‘simta ko‘chatlaridan takroriy ekinda o‘stirilganda hosildorlik tezpishar navlarda 20,2-22,7 t/ga, o‘rtatezpishar navlarda 21,0-23,5 t/ga, o‘rtapishar navlarda 21,5-24,3 t/ga, tovar hosil chiqimi mos ravishda 94,1-95,2; 94,3-95,8 va 93,8-96,2 % bo‘lishi isbotlangan;
kartoshka navlari takroriy ekinda o‘simta ko‘chatidan o‘stirilganda ekish oldi o‘sishni boshqaruvchi Gibbersib preparatida ishlab, o‘suv davrida Bio-Si biopreparati bilan ildizdan tashqari oziqlantirish ko‘chatlarning tutuvchanligi (89,9-92,0 %), o‘simlik bo‘yi (100,7-110,2 sm), yon shox soni (5,2-6,2 dona), barg soni (84,6-94,7 dona), barg sathi (37,7-40,8 ming m2), palak vazni (370,9-482,7 g) hamda ildiz vaznining (42,6-44,7 g) yuqori va ko‘p shakllanishi ilmiy asoslangan;
kartoshka o‘simta ko‘chatlari takroriy ekinda ekish oldidan o‘sishni boshqaruvchi (Gibbersib) preparatlar bilan ishlanib, o‘suv davrida bioo‘g‘itlar (Bio-Si) bilan ildizdan tashqari oziqlantirish bir uyadagi tuganak vaznini Arizona navida 74,5 g, Evolyushn navida 81,0 g, Saviola navida 85,6 g/tup.ga, tuganak hosilini 3,2; 3,5 va 3,8 t/ga ko‘p bo‘lib, navlar bo‘yicha gektaridan 23,8-25,6; 25,2-27,7 va 27,1-30,8 mln.so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi 69,9-75,8; 72,4-80,3; 80,9-92,6 % yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka navlari takroriy ekin sifatida o‘simta ko‘chatlaridan o‘stirilib, parvarishida o‘sishni boshqaruvchi preparatlar va bioo‘g‘itlarning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida; 
dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Takroriy ekin sifatida kartoshka navlarini o‘simta ko‘chatlaridan o‘stirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/06-04-674-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomadan dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklari takroriy ekinda kartoshka navlarini o‘simta ko‘chatlaridan etishtirishda uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda; 
takroriy ekin sifatida kartoshka navlarini o‘simta ko‘chatlaridan o‘stiririb, parvarishida o‘sishni boshqaruvchi “Gibbersib” preparati va  Bio-Si bioo‘g‘itini (75 g/ga) qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 3,9 gektar, Toyloq tumanida 2,1 gektar va Oqdaryo tumanida 0,3 gektar, jami viloyat bo‘yicha 6,3 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/06-04-674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu agrotexnologiyani qo‘llash orqali 22,8-26,9 t/ga yuqori tovarbop kartoshka hosili olingan.
takroriy ekin sifatida kartoshkaning tezpishar Arizona, o‘rtatezpishar Evolyushn, o‘rtapishar Saviola navlarining o‘simta ko‘chatlarini o‘sishni boshqaruvchi Gibbersib preparatida ishlab ekish, o‘suv davrida Bio-Si bioo‘g‘iti bilan 75 g/ga me’yorida ko‘chatlar tutgandan so‘ng, shonalash va gullash davrida ildizdan tashqari oziqlantirib etishtirish agrotexnologiyasi Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Toyloq va Oqdaryo tumanlarida jami 6,3 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/06-04-674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu agrotexnologiyani qo‘llash orqali kartoshkani urug‘lik tuganaklaridan 4-5 ta sog‘lom o‘simta ko‘chat olinib, urug‘lik tuganak sarfi 2,2-2,4 barobar tejalishi hamda andozaga nisbatan gektaridan qo‘shimcha 0,7-2,4 t/ga hosil olinib, 23,2-28,4 mln.so‘m/ga sof foyda hamda 70,1-90,2% rentabellik darajasiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish