Xatamov Raximjon Ibroximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralarida dukkakli don ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyalari elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari misolida)”, 06.01.01–Umumiy dehqonchilik.Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1310
Ilmiy rahbar Komilov Komiljon Sobirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Namozov Fazliddin Baxramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nasibjon Nazirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida turli qator oralarida g‘o‘za bilan dukkakli don ekinlarini etishtirish agrotexnologiyalari elementlarini ishlab chiqish hamda paxtachilikka ixtisoslashtirilgan klasterlar va fermer xo‘jaliklariga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatinig och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani dukkakli ekinlar: soya, mosh, fasol (Phaseolus vulgaris) hamkor ekish agrotexnologiyasi yordamida ularni ratsional joylashtirish bilan ushbu ekinlarni o‘sish va rivojlanishi aniqlangan;
tuproqning hajm og‘irligi g‘o‘zani birinchi sug‘orishdan oldin qator oralatib dukkakli ekinlar (soya, mosh, fasol) ekilgan variantlarda nazoratga nisbatan kamroq bo‘lganligi aniqlangan. Soya ekilgan variantda bu ko‘rsatkich 0,028 g/sm³, moshda 0,007 g/sm³, fasolda esa 0,009 g/sm³ ga kamroq bo‘lgan. G‘ovaklik darajasi esa soyada 1,1 %, moshda 0,8 %, fasolda esa 0,07 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
g‘o‘zani dukkakli ekinlar: soya, mosh va fasol (Phaseolus vulgaris) bilan qotor oralatib birinchi sug‘orishdan oldin ekilgan variantlarda tuproqning agronomik jihatdan qimmatli bo‘lgan zarrachalari 11-12-13-variantlarda nazorat variant g‘o‘za hamkor ekinsiz ekilgan 1-variantga nisbatan mos ravishda 2,9-2,7-2,6 % ga yuqori bo‘lishi isbotlangan; 
G‘o‘zani dukkakli ekinlar – soya, mosh va fasol bilan birgalikda, birinchi sug‘orishdan oldin egat oralatib ekish usuli hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, faqat g‘o‘za ekilgan 1-variantda hosildorlik 43,4 s/ga bo‘lgan bo‘lsa, soya bilan hamkor ekin soya o‘simligi ekilgan 11-variantda g‘o‘zadan 45,6 s/ga, soyadan 14,5 s/ga; mosh bilan – g‘o‘zadan 43,6 s/ga, moshdan 12,7 s/ga; fasol bilan esa g‘o‘zadan 42,4 s/ga, fasoldan 11,8 s/ga hosil olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za bilan dukkakli ekinlar soya, mosh va fasol hamkor ekin sifatida ekish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Bir dalada ikki hosil yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 12.11.2024y kundagi №05/04-04-603-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma klasterlar va fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za dukkakli ekinlar soya, mosh hamda va fasolni hamkor ekin sifatida ekishda muhim amaliy ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Ilmiy ishlanma, ya’ni soya bilan g‘o‘zani hamkor ekishni 2023-yili Andijon viloyatining Andijon tumanidagi “Durafshon bog‘i” fermer xo‘jaligida 11,4 ga, “Azizbek” fermer xo‘jaligida 18,2 ga, “Ulug‘bek ilg‘or dalasi” fermer xo‘jaligida 25,8 ga, “Omonullo Abdumutallib” fermer xo‘jaligida 30,1 ga, jami 85 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 12.11.2024 y kundagi №05/04-04-603-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za bilan hamkor ekin sifatida soya ekilgan maydonlarda dukkakli ekinlar ekilishi xisobiga tuproq unumdorligi saqlanib, fizik xossalari yaxshilanishi hisobiga 2,0-2,5 s/ga paxta hosili hamda 11,5 s/ga soyadan qo‘shimcha hosil yetishtirilgan.
G‘o‘za qator oralariga hamkor ekin sifatida mosh va fasolni 90X10-1+180X(6020)-1 sxemalarida Shaxrixon tumanidagi “Olimjon Badalov” fermer xo‘jaligida 22,0 ga, “Xamidjon” fermer xo‘jaligida 18,0 ga, “Mo‘minjon paxta g‘allasi” fermer xo‘jaligida 27,0 ga jami 67,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 12.11.2024 y kundagi №05/04-04-603-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu yerlardan paxtadan 43,0-44,5 s/ga paxta hosili, dukkakli ekin moshdan 9,0 s/ga don hosili, fasoldan esa 6,2 s/ga loviya hosili olinib, qo‘shimcha don hosili hiobiga 26 % rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish