Alimbetov Dosbergen Usenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddati va me’yorlarining takroriy ekin sifatida tariq (Panicum miliaceum L.)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1399
Ilmiy rahbar Qosnazarov Qudaybergen Aytmambetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normumin G‘ulomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqapog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekinda etishtirishga mos tariq navlaridan yuqori don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddatlari, me’yorlarini ilmiy asoslash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qoraqapog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi – allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekinda tariq navlari parvarishlanib, tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan, dala unuvchanligi yuqori, o‘suv davri qisqa, hosildor navlari ajratilib, tariq navlarining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan maqbul ekish muddatlari va me’yorlari ishlab chiqilgan;
o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi – allyuvial tuproqlar sharoitida o‘suv davri davomiyligi qisqa (76-79 kun), dala unuvchanligi (86,7-89,8 %), don hosili yuqori (25,7-29,1 s/ga) bo‘lgan tariqni Saratovskoe 853 va Songin 1 navlarini takroriy ekinda etishtirishga mos ekanligi ilmiy asoslangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar sharoitida tariqni Saratovskoe 853 va “Songin 1” navlarini takroriy ekinda ekishni 10-15 iyun muddatida ekish 20-25 iyun muddatiga nisbatan amal davri oxirida saqlanib qolgan o‘simliklar sonini tegishlicha 1,2-1,8; 1,1-2,2 %, 01-05 iyul muddatiga nisbatan 1,7-3,2; 1,0-2,9 %, 3,0 mln. donaga me’yorida ekish 3,5 mln. dona/ga nisbatan 1,0-1,5; 1,6-2,7 % ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
tariqning Saratovskoe 853 va xorijiy Songin 1 navlari takroriy ekinda 10-15 iyun muddatida parvarishlanganda o‘simlik bo‘yi (113,7-122,3; 121,7-131,6 sm), shoxlanishi (3,6-4,2; 3,8-4,7 tup/dona), barglar soni (5,6-6,4; 6,2-7,0 dona), barg yuzasi (170,5-200,6; 183,1-213,4 sm2), quruq modda to‘plashi (45,63-51,08; 47,62-53,38 s/ga) ko‘p va yuqori bo‘lib, ekishni 10-15 iyun muddatidan 20-25 iyun va 01-05 iyul muddatiga kechiktirib borilishi o‘suv davrini Saratovskoe 853 navida 4-8; 11-15 kunga, Songin 1 navida 2-6; 7-13 kunga, ekish me’yorlarini 2,5 mln.dona/gadan 3,0 va 3,5 mln.dona/ga oshirib borilishi Saratovskoe 853 navida 2-4; 5-9 kunga, Songin 1 navida 4-6; 4-8 kunga qisqa bo‘lishi ilmiy asoslangan;
tariq navlarini takroriy ekinda 10-15 iyun muddatida, gektariga 3,0 mln.dona me’yorida parvarishlash o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, don hosildorligini Saratovskoe 853 navida 27,6 s/ga, Songin 1 navida 29,3 s/ga, sof foyda 5103000; 5762000 so‘m/ga, rentabellik darajasi 85,9; 96,7 % yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekinda ekish muddati va ekish me’yorlarining tariq navlari o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Tariq navlarini takroriy ekinda ekish muddati va ekish me’yorlari bo‘yicha “Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida takroriy ekinda tariq etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11-martdagi 02/017-707-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dehqon va fermer xo‘jaliklarida takroriy ekinda tariq etishtirishda qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida tariqning Saratovskoe 853 va Songin 1 navlarini ekish muddati 10-15 iyunda, ekish me’yori gektariga 3,0 mln.dona (urug‘lik sarfi Saratovskoe 853 navida 22 kg/ga, Songin 1 navida 23 kg/ga) tavsiyaga asosan etishtirish agrotexnologiyasi mintaqaning Chimboy (9,6 ga), Qorao‘zak (8,5 ga), Nukus (5,6 ga) tumanlarida, jami 23,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11-martdagi 02/017-707-son ma’lumotnomasi). Natijada, tariq navlari shu muddatda ekilib, ekish me’yori 2,5 mln.dona/ga hamda 20-25 iyun muddatida 2,5-3,0 mln.dona/ga me’yorida ekilganga nisbatan Saratovskoe 853 navidan 1,2-3,2 s/ga, xorijiy Songin 1 navidan 1,6-2,8 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida takroriy ekinda tariq navlarini ekish 10-15 iyun muddatida, gektariga 3,0 mln.dona me’yorida ekib parvarishlash agrotexnologiyasi mintaqaning Chimboy, Qorao‘zak, Nukus tumanlarida, jami 23,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11-martdagi 02/017-707-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, ushbu ekish muddati va ekish me’yorida parvarishlanganda tariqni Saratovskoe 853 navidan gektaridan 3,14-4,07 mln.so‘m sof foyda, 61,2-69,6 foiz rentabellik darajasiga, Songin 1 navidan 3,84-4,81 mln.so‘m sof foyda, 68,4-82,0 foiz rentabellik darajasiga erishilgan.