Karimova Mukaddas Abdisamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Folklor-etnografik tomoshalar rejissurasining o‘ziga xos xususiyatlari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San237.
Ilmiy rahbar: Umarov Mamur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdurasulov Shohruh Abdunaimovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy folklor-etnografik tomoshalar rejissurasining o‘ziga xos xususiyatlarini teatrshunoslik kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
folklor san’atidagi improvizatsiya, grotesk, dialektik va frazeologik spesifik aspektlar sahnaviy va ijroviy imkoniyatlarni kengaytirishga ko‘ra folklor-etnografik tomoshalarida tomoshabinni ishtirokchiga aylantiruvchi interaktiv xususiyat ekanligi dalillangan;
an’anaviy teatr tomoshalarida korfarmonlar ijodidagi badihago‘ylik, taqlid, muqallid, masxaraboz va qiziqchilik kabilar milliy folklor-etnografik tomoshalar rejissurasi genezisi va rivojida badiiy sinkretlilik va shartliligiga ko‘ra fundamental manba ekanligi aniqlangan;
milliy folklor-etnografik tomoshalar rejissurasidagi etnoregional komponentlar lokal xususiyatlarga ko‘ra vazminlik va mahobatlilik (Toshkent-Farg‘ona ijro yo‘li), jo‘shqinlik va shijoatlilik (Surxondaryo-Qashqadaryo ijro yo‘li), mumtoz va maftunkorlik (Xorazm ijro yo‘li), shiddat va keskinlik (Buxoro-Samarqand ijro yo‘li) kabi lokal xususiyatlarning differensial va integral sintezi asosida janriy polixronik aspektlari isbotlangan;
folklor-etnografik tomoshalar rejissurasida etnik an’analar, urf-odat va marosimlarni teatrlashtirish jarayoni etnoregional ijro uslublarining sahnalashtirish traektoriyasiga ko‘ra funksional, struktual, intertekstual interpretatsiyaga egaligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Folklor-etnografik tomoshalar rejissurasining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
folklor san’atidagi improvizatsiya, grotesk, dialektik va frazeologik spesifik aspektlar sahnaviy va ijroviy imkoniyatlarni kengaytirishga ko‘ra folklor-etnografik tomoshalarida tomoshabinni ishtirokchiga aylantiruvchi interaktiv xususiyat ekanligiga oid xulosa va takliflardan Respublika musiqa va san’at kolleji “Folklor san’ati” kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Gulshod” folklor-etnografik ansambli, O‘ral Tansiqboev nomidagi 8-son madaniyat markazi qoshidagi “O‘zbekoyim” xalq havaskorlik folklor-etnografik ansambli, Buxoro shahri madaniyat bo‘limiga qarashli “Bobur” madaniyat va aholi dam olish markazi qoshida xizmat ko‘rsatuvchi “Mohi-Sitora” folklor-etnografik xalq ansambllari repertuarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 02-11-17-3253-son ma’lumotnomasi). Natijada, folklor-etnografik jamoalari repertuari badiiy-g‘oyaviy jihatdan takomillashtirilgan;
an’anaviy teatr tomoshalarida korfarmonlar ijodidagi badihago‘ylik, taqlid, muqallid, masxaraboz va qiziqchilik kabilar milliy folklor-etnografik tomoshalar rejissurasi genezisi va rivojida badiiy sinkretlilik va shartliligiga ko‘ra fundamental manba ekanligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-fevraldagi 01-14/36son ma’lumotnomasi). Natijada, sohaga oid muammolarni bartaraf etishning professional usullari ishlab chiqilgan;
milliy folklor-etnografik tomoshalar rejissurasidagi etnoregional komponentlar lokal xususiyatlarga ko‘ra vazminlik va mahobatlilik (Toshkent-Farg‘ona ijro yo‘li), jo‘shqinlik va shijoatlilik (Surxondaryo-Qashqadaryo ijro yo‘li), mumtoz va maftunkorlik (Xorazm ijro yo‘li), shiddat va keskinlik (Buxoro-Samarqand ijro yo‘li) kabi lokal xususiyatlarning differensial va integral sintezi asosida janriy polixronik aspektlari isbotlanishiga oid xulosa va takliflardan folklor-etnografik jamoalari repertuarining janriy diapazonini kengaytirish va boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 26-martdagi 01-30/181-son ma’lumotnomasi). Natijada, muayyan hududda shakllangan folklor-etnografik ansambllarda milliy an’analarning xususiyatlari, qo‘shiqni ijro etishning lokal-hududiy farqlari haqida bilim va ko‘nikmalar rivojlantirilgan;
folklor-etnografik tomoshalar rejissurasida etnik an’analar, urf-odat va marosimlarni teatrlashtirish jarayoni etnoregional ijro uslublarining sahnalashtirish traektoriyasiga ko‘ra funksional, struktual, intertekstual interpretatsiyaga egaligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-fevraldagi 01-14/36son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvida taqdim etilgan spektakllar bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar asosida folklor tomoshalarini sahnalashtirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.