Inatullaev Baxromjon Boqijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida etnik mansublik va integratsiya jarayonlari”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/San220.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Xayitboy Dadaxanovich, sana’tshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Abdurasulov Shoxrux Abdinaimovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida etnik mansublik va va integratsiya jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari moddiy madaniyatiga xos “jakaluu kemsel”, “jelek”, “beldemchi”, “elechek”, “tebetey”dan iborat marosim kiyimlari o‘zbek, uyg‘ur hamda qoraqalpoq xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalarda madaniy transformatsiyaga uchrab madaniy universallashuv sharoitida etnik mansubligini saqlab qolganligi dalillangan;
qirg‘iz etnik guruhining tushov kesdi (tushoo kesүү), ot mindirish (at minүү), to‘y, aza hamda diniy marosimlarida vujudga kelgan etnointegratsiya jarayonlarida ijtimoiy me’yorlar, etnostereotiplar, urf-odat, an’ana va qadriyatlar periferik imkoniyatiga ko‘ra etnoregional jihatlarning ustuvorligi asoslangan;
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida akkulturatsiya va madaniy integratsiya natijasida yuzaga kelgan diniy sinkretizm, qirg‘iz tilining vodiy dialekti, muqim uy-joy qurish an’analarining madaniyatlararo munosabatlarda kommunikativ vazifani bajarib, konsessual yondashuv asosida madaniy ekspressiya va interkulturalizmni shakllantirgani asoslangan;
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari ijtimoiy amaliyotidagi o‘tov (boz үy), “Komuz”, “Kil-kiyak”, “Jigach ooz komuz”, “Choor” milliy cholg‘u asboblari, “Toktoguldun kerbezi” qahramonlik qo‘shig‘i, “Kelin kelgende”, “Jar-jar” va “Өlөn” marosim qo‘shiqlari, “Kara-jorgo”, “Torgoyum” va “Sadagaң bolup keteyin” folklor qo‘shiqlari, “Tooroo”, “Alachach”, “Kara-jorgo”, “Kiz kuumay” folklor raqslari asosida milliy identiklik dinamikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi qirg‘izlarining etnik mansubligi va madaniyatida integratsiya jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari moddiy madaniyatiga xos “jakaluu kemsel”, “jelek”, “beldemchi”, “elechek”, “tebetey”dan iborat marosim kiyimlari o‘zbek, uyg‘ur hamda qoraqalpoq xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalarda madaniy transformatsiyaga uchrab madaniy universallashuv sharoitida etnik mansubligini saqlab qolganligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 13-avgustdagi 04-07/3029-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam sonli etnik guruhlar, jumladan qirg‘izlarning moddiy madaniy merosini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
qirg‘iz etnik guruhining tusho tushov kesdi (tushoo kesүү), ot mindirish (at minүү), to‘y, aza hamda diniy marosimlarida vujudga kelgan etnointegratsiya jarayonlarida ijtimoiy me’yorlar, etnostereotiplar, urf-odat, an’ana va qadriyatlar periferik imkoniyatiga ko‘ra etnoregional jihatlarning ustuvorligi asoslanganligiga oid xulosa va takliflardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 16-bandi “Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar vakillarining hamjihatligi, toqatliligini ta’minlash borasidagi ijobiy tajribani keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2024-yil 10-avgustdagi 16/48-son dalolatnomasi). Natijada, kam sonli etnik guruhlar, jumladan, qirg‘izlarning nomoddiy madaniy merosini saqlab qolish imkoniyati kengaytirilgan;
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida akkulturatsiya va madaniy integratsiya natijasida yuzaga kelgan diniy sinkretizm, qirg‘iz tilining vodiy dialekti, muqim uy-joy qurish an’analarining madaniyatlararo munosabatlarda kommunikativ vazifani bajarib, konsessual yondashuv asosida madaniy ekspressiya va interkulturalizmni shakllantirgani asoslanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi etnik siyosati va millatlararo konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 26-avgustdagi 14-07-1388-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatdagi qirg‘iz millatiga mansub aholining komplementar-integrativ lokal madaniyatini yanada rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari ijtimoiy amaliyotidagi o‘tov (boz үy), “Komuz”, “Kil-kiyak”, “Jigach ooz komuz”, “Choor” milliy cholg‘u asboblari, “Toktoguldun kerbezi” qahramonlik qo‘shig‘i, “Kelin kelgende”, “Jar-jar” va “Өlөn” marosim qo‘shiqlari, “Kara-jorgo”, “Torgoyum” va “Sadagaң bolup keteyin” folklor qo‘shiqlari, “Tooroo”, “Alachach”, “Kara-jorgo”, “Kiz kuumay” folklor raqslari asosida milliy identiklik dinamikasi aniqlanganiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi etnik siyosati va millatlararo konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 26-avgustdagi 14-07-1388-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatdagi qirg‘iz millatiga mansub aholining identikligini saqlash imkoniyati kengaytirilgan.