Vaxobova Go‘zalxon Xurshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XXI asr boshi Toshkent masjidlari badiiy echimi”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy-bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/San219.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abdurahimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Hayitboboeva Xurshida Pirmaxamatovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent zamonaviy masjidlarining qurilishi va bezalishining o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent masjidlarining aksariyati me’moriy-qurilish echimi va badiiy xususiyatlari jihatidan ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linishi: 1 – davlat buyurtmasi asosida qurilgan, o‘rta asr qurilish va O‘zbekiston bezak an’analarini davom ettiruvchi masjidlar (Minor, Islom-ota, Shayx Muhammad Sodiq va Suzuk ota)lardagi ganchkorlik, koshinkorlik va yog‘och o‘ymakorligi yagona maktab uslubida ishlanganligi; 2 – mahalliy va xorijiy homiylar tomonidan barpo etilgan (Siroj Solih, Dorus Salom, Islomobod, Eshon Boboxon, Ko‘h Ota va boshqa) masjidlarning me’moriy echimlarida O‘rta va Yaqin Sharq masjidlariga xos bo‘lgan elementlar – minora shakli, mehrob joylashuvi, shuningdek, musulmon olamining turli maktablar an’analarini uyg‘unlashtirgani isbotlangan;
o‘yma, bo‘rtma, kundal, qolipkori usullaridagi ganch o‘ymakorligi namunalari masjidning gumbazi, shift va devorlarida, qandillar atrofidagi aylana naqshlarda, mehroblarda keng ishlatilgani, yog‘och o‘ymakori ustalarining badiiy ishlari boshqa maktablardan o‘ymaning ko‘p qavatliligi, bag‘dodi, pargori kabi murakkab handasaviy naqshlardan keng foydalanilgani bilan ajralib turishi aniqlangan;
XIII-XX asr boshlarigacha O‘zbekiston hududida ko‘k rangli koshinlar me’moriy bezaklarda keng tarqalgani tufayli an’anaviy uslubdagi yangi masjidlar bezaklarida ham xuddi shu rang gammasi foydalanilganligi, noan’anaviy uslubdagi masjidlarda esa asosan oqish va sarg‘ish ranglar qo‘llanilgani asoslangan;
keyingi yillarda umumjahon masjid me’morchiligi ta’sirida, noan’anaviy Hi-Tech uslubidagi Hasanxon qori, Tepa, Bekbaraka, Shayx Ziyovuddinxon singari masjidlar minimalizm (“bo‘shliq” estetikasi, lakonik bezaklar va bosiq ranglar) uslubida bezatilayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XXI asr boshi Toshkent masjidlarining badiiy echimini tadqiq etish asosida:
Toshkent masjidlarining aksariyati me’moriy-qurilish echimi va badiiy xususiyatlari jihatidan ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linishi: 1 – davlat buyurtmasi asosida qurilgan, o‘rta asr qurilish va O‘zbekiston bezak an’analarini davom ettiruvchi masjidlar (Minor, Islom-ota, Shayx Muhammad Sodiq va Suzuk ota)lardagi ganchkorlik, koshinkorlik va yog‘och o‘ymakorligi yagona maktab uslubida ishlanganligi, 2 – mahalliy va xorijiy homiylar tomonidan barpo etilgan (Siroj Solih, Dorus Salom, Islomobod, Eshon Boboxon, Ko‘h Ota va boshqa) masjidlarning me’moriy echimlarida O‘rta va Yaqin Sharq masjidlariga xos bo‘lgan elementlar – minora shakli, mehrob joylashuvi, shuningdek, musulmon olamining turli maktablar an’analarini uyg‘unlashtirgani isbotlangani va keyingi yillarda umumjahon masjid me’morchiligi ta’sirida noan’anaviy Hi-Tech uslubidagi Hasanxon qori, Tepa, Bekbaraka, Shayx Ziyovuddinxon singari masjidlar minimalizm (“bo‘shliq” estetikasi, lakonik bezaklar va bosiq ranglar) uslubida bezatilayotganligi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yildagi 05-14/129 ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning respublikadagi sohada olib borayotgan izchil islohotlar bilan yaqindan tanishishiga, badiiy-ma’naviy ongining o‘sishiga xizmat qilgan;
XIII-XX asr boshlarigacha O‘zbekiston hududida ko‘k rangli koshinlar me’moriy bezaklarda keng tarqalgani tufayli an’anaviy uslubdagi yangi masjidlar bezaklarida ham xuddi shu rang gammasi foydalanilganligi, noan’anaviy uslubdagi masjidlarda esa asosan oqish va sarg‘ish ranglar dan foydalanilishi qo‘llanilgani asoslangani va o‘yma, bo‘rtma, kundal, qolipkori usullaridagi ganch o‘ymakorligi namunalari masjidning gumbazi, shift va devorlarida, qandillar atrofidagi aylana naqshlarda, mehroblarda keng ishlatilgani, yog‘och o‘ymakori ustalarining badiiy ishlari boshqa maktablardan o‘ymaning ko‘p qavatliligi, bag‘dodi, pargori kabi murakkab handasaviy naqshlardan keng foydalanilgani bilan ajralib turishi aniqlangani bilan bog‘liq taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “O‘zbekiston islom san’ati — jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha, shuningdek, ushbu markaz muzeyining ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi 2025 yil 20-martdagi 01-30/171-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalar loyihaning ilmiy ahamiyatini oshirgan, muzey ekspozisiyalarini badiiy jihatdan boyitishda muhim o‘rin tutgan.