Suropov Baxodir Maydonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning integratsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc.Ped865.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslaxatchi:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor,  Mo‘minov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning integratsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida asosida talabalar kasbiy tayyorgarligining mazmuni mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat, xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishidagi bilimlarni, mohiyati iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirish, yangi innovatsiyalarni joriy etish, tamoyillari esa, multidissiplinarlik, kooperativ o‘qitish, amaliy yo‘naltirilganlik, moslashuvchanlik, shaxsiylashtirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tarkibiy qismlari iqtisodiyotga va raqamli texnologiyalarga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni egallash, mehnat bozori talablariga moslashtirish MS Excel, MS Visio, SPSS, R, Python dasturlari yordamida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, iqtisodiy qarorlarni qabul qilish usul va vositalaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan dasturiy ta’minot asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli statistik va ekonometrik dasturlardan foydalanib korxonalarning iqtisodiy masalalarini tahlil qilish, prognozlash, rejalashtirish, ish jarayonlarini optimallashtirish, unumdorligini oshirish, shuningdek, biznes jarayonlarini modellashtirish o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentalarning reproduktiv, variativ, qisman izlanishli, mobillik ko‘rsatkichlarini faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materiallarini raqamli platforma va mediaresurslar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar o‘rtasida adaptiv ma’lumot almashinish, qidiruv tizimini optimallashtirish yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar raqamli ta’lim muhitini yaratishning masofali (WordPress, MySQL, HTML, CSS, JavaScript, Boostrap, Google Analytics va boshq.) tizimlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan dasturiy ta’minot asosida talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi adekvat(akseologik, praksiologik va texnologik) baholash mezonlariga moslashtirish, o‘zaro shaffoflikni ta’minlash, kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlar dinamikligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning integratsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasibo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
integratsiyalashgan dasturiy ta’minot asosida talabalar kasbiy tayyorgarligining mazmuni mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat, xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishidagi bilimlarni, mohiyati iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirish, yangi innovatsiyalarni joriy etish; tamoyillari esa multidissiplinarlik, kooperativ o‘qitish, amaliy yo‘naltirilganlik, moslashuvchanlik, shaxsiylashtirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-825/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarni kasbiy tayyorlashda raqamli  ta’lim muhitidan foydalanish samaradorligi oshgan;
integrativ yondashuv asosida talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tarkibiy qismlari iqtisodiyotga va raqamli texnologiyalarga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni egallash, mehnat bozori talablariga moslashtirish MS Excel, MS Visio, SPSS, R, Python dasturlari yordamida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, iqtisodiy qarorlarni qabul qilish usul va vositalaridan foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-825/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda axborot texnologiyalari va iqtisodiy bilimlarni integratsiya qilish orqali kasbiy bilimlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
integratsiyalashgan dasturiy ta’minot asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli statistik va ekonometrik dasturlardan foydalanib korxonalarning iqtisodiy masalalarini tahlil qilish, prognozlash, rejalashtirish, ish jarayonlarini optimallashtirish, unumdorligini oshirish, shuningdek, biznes jarayonlarini modellashtirish o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentalarning reproduktiv, variativ, qisman izlanishli, mobillik ko‘rsatkichlarini faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-825/04-son dalolatnomasi). Natijada integratsiyalab o‘qitishda talabalarda bilimlarning bosqichma-bosqich chuqurlashuvi, bozor talablariga mos ko‘nikmalarni egalashi, ko‘p yo‘nalishli qaror qabul qila olishi amalga oshirilgan;
o‘quv materiallarini raqamli platforma va mediaresurslar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar o‘rtasida adaptiv ma’lumot almashinish, qidiruv tizimini optimallashtirish yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar raqamli ta’lim muhitini yaratishning masofali (WordPress, MySQL, HTML, CSS, JavaScript, Boostrap, Google Analytics va boshq.) tizimlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-825/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning IT asosida zamonaviy iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan va joriy qilingan;
integratsiyalashgan dasturiy ta’minot asosida talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi adekvat(akseologik, praksiologik va texnologik) baholash mezonlariga moslashtirish, o‘zaro shaffoflikni ta’minlash, kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlar dinamikligini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-825/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar uchun korxona faoliyatini statistik tahlil qilish, rognozlash, rejalashtirishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan va ta’lim berish amaliyotida joriy qilingan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish