Norqulova Muqaddas  Baxriddinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda AKTdan foydalanish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz  tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3148
Ilmiy rahbar: Babaniyazova Nargiza Polatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: Hamidova Muborak Xafizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi,  Qoraqalpoq davlat universiteti  dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda kommunikativlik, kreativlik, kollobaratsiya va kritik fikrlash qobiliyatlarini  innovatsion va raqamli axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirilgan, grammatik kompetensiyani shakllantiruvchi “Eng-Kar.k gram” mobil ilovasida ishlab chiqilgan A2 darajaga xos grammatik mavzularni mustaqil o‘zlashtirish, motivatsion va interaktiv mashqlar hamda  axborot texnologilari vositasida darsni tashkillashtirishga oid metodik tavsiyalar asosida chet tilini o‘qitish modeli takomillashtirilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 7-9 - sinf o‘quvchilarining chet tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda metodik yondashuvlar (natural approach, situational language teaching, project-based learning, silent way) interaktiv usullarning didaktik imkoniyatlari kompleks o‘qitish g‘oyalari hamda prognostik baholash strategiyalari bilan aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning lingvometodik jihatlari innovatsion o‘qitish metodlari, jumladan sun’iy intellekt va darsni loyihalashtirish asosida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini integratsiyalashtirishning didaktik ta’minoti rivojlantirilgan;
A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mazmuni intellektual qobiliyatlarini shakllantirish, nazariy bilimlarini axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasida rivojlantirish, amaliy bilimlarini raqamli platformalar integratsiyasi yordamida mustahkamlashga qaratilgan ta’lim dasturlarining adaptatsiyasi, guruh va jamoaviy ishlash malakalarini mustaqil o‘rganish tendensiyasi bilan to‘g‘ri proporsional ekanligini dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi A2 daraja o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda kommunikativlik, kreativlik, kollobaratsiya va kritik fikrlash qobiliyatlarini  innovatsion va raqamli axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirilgan, grammatik kompetensiyani shakllantiruvchi “Eng-Kar.k gram” mobil ilovasida ishlab chiqilgan A2 darajaga xos grammatik mavzularni mustaqil o‘zlashtirish, motivatsion va interaktiv mashqlar hamda  axborot texnologilari vositasida darsni tashkillashtirishga oid metodik tavsiyalar asosida chet tilini o‘qitish modeli ishlab takomillashtirishga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan “OT-FI-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Natijada berilgan tavsiyalar asosida loyiha doirasida tayyorlangan kontent materillari mazmunan boyitilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 7-9 - sinf o‘quvchilarining chet tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda metodik yondashuvlar (natural approach, situational language teaching, project-based learning, silent way) interaktiv usullarning didaktik imkoniyatlari kompleks o‘qitish g‘oyalari hamda prognostik baholash strategiyalari bilan aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 01.01.2021-01.12.2021-yillarga mo‘ljallangan 78/14-raqamli «Qaraqalpaqstan Respublikasinin B2 derejeli studentleri ushin offlayn rejiminde mobil qosimsha ham veb-sayt islep shigiw « mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 19-iyundagi 01-20-09/951-sonli ma’lumotnomasi). Natijada A2 daraja o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga erishilgan;
Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida A2 darajadagi o‘quvchilarning ingliz tili grammatik kompetensiyasini shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning lingvometodik jihatlari innovatsion o‘qitish metodlari, jumladan sun’iy intellekt va darsni loyihalashtirish asosida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini integratsiyalashtirishning didaktik ta’minoti rivojlantirilganligiga oid nazariyalardan ta’lim jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2024-yil 26-apreldagi 862/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida chet tili o‘rganuvchilarning grammatik kompetensiyalari haqidagi bilimlari takomillashtirildi, ta’lim tizimi jarayonini  mustahkamlashga va  axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish