Nayimova Bahora Komiljonzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Melissa o‘simligida efir moylarining hosil bo‘lish kinetikasini GC-MS usulida o‘rganish», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K766.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Matchanov Alimjan Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: xromatografik jarayonlarda kross-diffuziyani qo‘llab, modellash hamda Melissa o‘simligida efir moylarining hosil bo‘lishi kinetikasini GC-MS usuli yordamida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromatografik ajralish jarayonlarini tadqiq qilishda ilk marta kross-diffuziya asosida matematik model ishlab chiqilgan va unining adekvatligi tajriba natijalari bilan muvofiq kelishi isbotlangan;
kross-diffuziya modelining murakkab tarkibli aralashmalar komponentlarini ajratish sharoitlarini maqbullashtirishda qo‘llash imkoniyatlari baholangan va tajriba natijalariga nisbatan chetlanishi 2,5-3,0 % dan oshmasligi aniqlangan;
GC-MS usulida Melissa officinalis L., Mediasia macrophyla Pimen va Lavandula angustifolia o‘simliklarining efir moylari tarkibida mos ravishda 20, 25 va 34 ta kimyoviy komponentlar aniqlangan hamda ularning baʼzilari (lyonalol, α-pinen, β-kariofillen, sitral va boshqalar) shartli patogen bakteriyalarga nisbatan yuqori darajadagi antibakterial faollikka ega ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan; 
Melissa o‘simligi tarkibida efir moylari ayrim komponentlarining hosil bo‘lishi kinetikasining modellari ishlab chiqilgan, hamda ularning hosil bo‘lishi fermentativ reaksiyalar kinetikasiga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Melissa o‘simligida efir moylarining hosil bo‘lish kinetikasini GC-MS usulida o‘rganish boʻyicha olingan natijalar asosida: 
Melissa o‘simligidan efir moyini ajratish texnologiyasi O‘zbekiston-Turkiya MChJ ”Ahmad Isroil Tex” qo‘shma korxonaning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (”Ahmad Isroil Tex” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonaning 2024 yil 28 dekabrdagi 28/12-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eksport o‘rnini qoplaydigan va importga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish hamda mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni ma’lum darajada qondirish imkonini beradi; 
Melissa o‘simligidan ajratib olingan efir moyidan antiseptik suv tayyorlash texnologiyasi O‘zbekiston-Turkiya MChJ “Ahmad Isroil Tex” qo‘shma korxonada amaliyotga joriy etilgan (”Ahmad Isroil Tex” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonaning 2024 yil 28 dekabrdagi 28/12-02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Melissa o‘simligidan ajratib olingan efir moyidan antiseptik suv tayyorlashga erishish, eksport o‘rnini qoplaydigan va importga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish hamda mamlakatimizda mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum darajada qondirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish