Fozilov Xamidullo Xikmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida aholi migratsiyasi va uning hududiy xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr198.
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarova Nasiba Ironqulovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida aholi migratsiyasining hududiy xususiyatlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda bu boradagi muammolarning echimi bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi migrasiyasidagi hududiy tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyatlarga ko‘ra baholangan va uning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ArcGIS dasturi asosida “Samarqand viloyati aholisining hududiy harakati” va “mehnat migrantlarining yosh, jinsiy tarkibi va ularning tarmoqlar tarkibidagi faoliyat turlari”ga oid 1:400000 masshtabdagi kartalari yaratilgan;
sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish orqali aholi migrasiyasining hududiy tafovutlari, yosh-jinsiy, ijtimoiy tarkibi va faoliyat turlari bo‘yicha bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari o‘rtasidagi aloqadorlik darajalari aniqlangan;
Samarqand viloyati aholisi soni, mehnat resurslari va aholi migrasiyasiga oid ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi migratsiyasi va uning hududiy xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
aholi migratsiyasidagi hududiy tafovutlari ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyatlarga ko‘ra baholashlar va uning takomillashtirilgan ilmiy-uslubiy asoslariga oid ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12406-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi aholini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hududlarda mehnat migratsiyasi faoliyatini tashkillashtirish va mehnat migratsiyasi hududiy ko‘lamini kengaytirish, hududlarni rivojlantirish va munosib turmush sharoitlarini barpo etishga qaratilgan hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
ArcGIS dasturi asosida “Samarqand viloyati aholisining hududiy harakati” va “mehnat migrantlarining yosh, jinsiy tarkibi va ularning tarmoqlar tarkibidagi faoliyat turlari”ga oid 1:400 000 masshtabdagi ishlab chiqilgan kartalari O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12406-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat shahar va tumanlarining aholi migratsiyasiga oid hududiy tofovutlari va uning ilmiy-uslubiy asoslariga qaratilgan taklif hamda tavsiylari tashqi va ichki mehnat migratsiyasini manitoring qilishning samarali tizimini ishlab chiqishda, so‘ngra barcha migratsiyaga oid xizmatlar ko‘rsatishni sohasini elektron formatga o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish imkonini bergan;
aholi migratsiyasining hududiy tafovutlari, yosh-jinsiy, ijtimoiy tarkibi va faoliyat turlari jihatdan bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12406-son ma’lumotnomasi). Natijada, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘natish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganishda, xorijiy ish beruvchilarni topishda, xorijiy ish beruvchilar va xususiy agentliklar bilan shartnomalar tuzishga oid vazifalarni bajarish imkonini bergan;
Samarqand viloyati aholisi soni, mehnat resurslari va aholi migrasiyasiga oid ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognozlaridan O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12406-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu borada hududlardagi mehnat migrantlari sonini aniqlash, mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsatnomalar, emigrantlar soni va hududlardan migrantlar boruvchi asosiy mamlakatlarga oqimlar, istiqbolda yuzaga keladigan mehnat migratsiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid vazifalarni bajarish imkonini bergan.