Xoliyorov Anvar Tursinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lolabuloq-Boyonqora noyob metalli zonasidagi pegmatitli ma’danlarining (Ta, Nb, Li, Rb, Cs, Be) mineralogiyasi, geokimyosi va noyob metalli potensiali (Qoratepa tog‘lari)”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/GM243.
Ilmiy raxbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Shukurov Nosir Egamovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lolabuloq-Boyonqora noyob metalli zonasining geologik tuzilishi, noyob metalli ma’danlashuvning morfologik turi, mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va noyob metalli potensalini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lolabuloq-Boyonqora zonasidagi pegmatitli maydonlarning majmuaviy bashorat-qidiruv mezonlari ishlab chiqilgan;
kimyoviy tahlil, petrokimyoviy tavsif va petrokimyoviy tizimlashtirish natijalariga ko‘ra, Sulotsoy va Mang‘it konlarining pegmatitlari, al`bititlari va kalishpatitlari ishqoriy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan normal qatorli granit magmatitlar turiga mansubligi aniqlangan;
Mang‘it konidagi pegmatitlarning minerallashuv jarayoni beshta bosqichlariga ajratilgan: 1 - niobatlar, sirkonatlar (Th bilan), ftoridlar; 2 - titanatlar,
Mg-alyuminatlar, silikatlar (F, B, Mn bilan); 3 - fosfat-berill-litiyli; 4 - Sn oksidi, sulfidlar, oltin, U fosfati; 5 - kataklazli minerallar zonalari;
Lolabuloq-Boyonqora zonasidagi noyob metalli pegmatitlarning ikkita geologik-sanoat turlari aniqlangan: kaliyli va natriyli.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoratepa tog‘larining janubiy yon bag‘ridagi Lolabuloq-Boyonqora noyob metalli zonasining geologik tuzilishi, noyob metalli ma’danlashuvning morfoturlari va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va istiqbolini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lolabuloq-Boyonqora noyob metallar zonasining noyob metall ma’danlashuvini joylashish qonuniyatlari hamda qidirish mezonlari «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 08-4667-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududdagi noyob metalli ma’danlarning hosil bo‘lishi hamda ularning joylashish qonuniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Qoratepa tog‘lari janubiy hududidagi Lolabuloq-Boyonqora noyob metallar zonasining Mang‘it koni, Boyonqora, Sulotsoy, Arraband va Uyshun istiqbolli minerallashgan zonalarida aniqlangan ko‘p komponentli (Nb, Ta, Be, Li, Rb, Cs) elementlar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 08-4667 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Nb, Ta, Be, Li, Rb va Cs elementlariga istiqbolli minerallashgan zonalarni aniqlash imkonini bergan;
Mang‘it koni, Boyonqora, Sulotsoy, Arraband va Uyshun istiqbolli uchastkalar bo‘yicha xulosalar «O‘zbekgeologiya qidiruv» AJ faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 08-4667 sonli ma’lumotnomasi). Natijada noyob metallar xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan.