Islomov Inomjon Islomovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sog‘lom semizlikda buyrakdagi funksional o‘zgarishlarni erta aniqlash va surunkali buyrak kasalligining birlamchi profilaktikasi (Janubiy Orolbo‘yi – Quyi Amudaryo tumanlari misolida)» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Tib3295. 
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020. Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalandarova Umida Arslanovna, PhD.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sog‘lom semizlikda surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash maqsadida undagi funksional o‘zgarishlar va ularga ekologik omillar ta’sirini o‘rganish hamda davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizning Orolbo‘yi hududida semizlikka fenotipik yondashilgan holda uning alohida metabolik sog‘lom tipi aniqlangan;
metabolik sog‘lom semizlik guruxida tana vazni va uning indeksidan kelib chiqqan holda, koptokchalar filtratsion tezligi hamda buyraklar funksional zahirasi orasida manfiy o‘rtacha korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi aniqlangan; 
atmosfera havosidagi chang zarrachalari - RM2.5 va filtirlanmagan ichimlik suvining koptokchalar filtrasiyasi tezligi, buyraklar funksional zaxirasiga salbiy ta’siri isbotlangan;
angiotenzin II reseptorlari blokatori bo‘lgan azilsartan (Edarbi®) preparatini gipotenziv bo‘lmagan dozada (10 mg) koptokchalar filtrasiyasi tezligi, buyraklar funksional zaxirasini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metabolik sog‘lom semizlikda buyrakdagi funksional o‘zgarishlarni erta aniqlash va surunkali buyrak kasalligining birlamchi profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Respublikamizning Orolbo‘yi hududida semizlikka fenotipik yondashilgan holda uning alohida metabolik sog‘lom tipi aniqlanganligi asosida  “Buyraklar funksional holatiga metabolik sog‘lom semizlikning ta’siri va  dorilarsiz davolashni muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Toshkent tibboyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil  25 noyabrdagi  9/134-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur uslubiy tavsiyanoma semizlikning metabolik buzilishlari rivojlanmasidan oldin bmorlar guruxini ajratish va metabolik buzilishlar asosida kelib chiqadigan turli asoratlarni oldini olishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorlik: semizlik oqibatida rivojlangan metabolik buzilishlarni erta aniqlash va ularning asoratlari bilan kurashish  maqsadida tashkil etiladigan tibbiy ko‘riklar uchun terapevt shifokordan tashqari endokrinolog, kardiolog, nefrolog, nutrisiolog kabi mutaxassislar maslaxati zarur bo‘ladi, bu esa har bir bemor uchun ayni mutaxassislarga sarflanadigan to‘lovlar 208000 so‘mni tashkil etsa bu rakam bir kunda kamida 3 ta shunday bemorni qabul qilishga 624000 so‘m , bir oy davomida esa 14967000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Semizlikning metabolik fenotipini erta aniqlash va ajratish oqibatida bitta terapevtning bu jarayonda ishtiroki bilan bemorlar maslahat konsul`tatsiyasi uchun sarflanadigan mablag‘lar bir kunda bir bemorga 52000 so‘mni 3 ta bemorga 156000 so‘mni , bir oyda esa 3744000 ni tashkil etadi , bu esa bir oyda 11223000 iqtisod qilinishga olib kelgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik sog‘lom semizlik guruhida tana vazni va uning indeksi hamda bel aylanasidan kelib chiqqan holda koptokchalar filtratsion tezligi va buyraklar funksional zahirasi orasida manfiy o‘rtacha korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar “Buyraklar funksional holatiga metabolik sog‘lom semizlikning ta’siri va  dorilarsiz davolashni muvofiqlashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. (Toshkent tibboyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil  25 noyabrdagi  9/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinik bazalari hisoblangan Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining terapiya bo‘limida, Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi terapiya va poliklinika bo‘limida (Qibray tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 27-noyabrdagi 806-1 sonli buyruq va Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining №8 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi:  metabolik sog‘lom semizlikda tana vazni va uning indeksi hamda bel aylansidan kelib chiqqan holda buyraklar funksional holatiga bog‘liqligining aniqlanishi ushbu gurux bemorlarda kasallik oqibatlarini erta aniqlash va bartaraf etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu guruh bemorlarida korrelyasion bog‘lanishlar aniqlangandan keyingi diagnostika va davolashga yondoshuv  asoratli kechgan surunkali buyrak kasalligini diagnostika va davolash choralari uchun sarflanadigan bitta bemorga bir kunda statsionar davolanish uchun 163000 so‘m mablag‘ni,  bir oyda 3912000 so‘m mablag‘ni tejab qolinishiga erishilgan. 
uchunchi ilmiy yangilik:  atmosfera havosidagi chang zarrachalari-RM2.5  hamda filtirlanmagan ichimlik suvining koptokchalar filtrasiyasi tezligi, buyraklar funksional zaxirasiga salbiy ta’siri o‘rganilganligi bo‘yicha takliflar “Buyraklar funksional holatiga metabolik sog‘lom semizlikning ta’siri va  dorilarsiz davolashni muvofiqlashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil  25 noyabrdagi  9/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinik bazalari hisoblangan Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining terapiya bo‘limida, Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi terapiya va poliklinika bo‘limida (Qibray tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 27-noyabrdagi 806-1 sonli buyruq va Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining №8 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi:  metabolik sog‘lom semizlikda xavodagi chang zarrachalarining va filtirlanmagan ichimlik suvining buyraklar funksional holatiga salbiy ta’sir etishining aniqlanishi ushbu gurux bemorlarda kasallik oqibatlarini erta aniqlash va bartaraf etish maqsadida ichimlik suvining va atmosfera havosining tarkibi muxim axamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu guruh bemorlarida birgina ichimlik suvining filtrlangan turidan foydalanilishi funksional buzilishlarini erta diagnostika va davolash choralari uchun sarflanadigan bitta bemorga bir kunda statsionar davolanish uchun 163000 so‘m mablag‘ni,  bir oyda 3912000 so‘m mablag‘ni tejab qolinishiga erishilgan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: angiotenzin II reseptorlari blokatori bo‘lgan azilsartan (Edarbi®) preparatini gipotenziv bo‘lmagan dozada (10mg) koptokchalar filtrasiyasi tezligi, buyraklar funksional zaxirasini oshirishining ko‘rsatilganligi bo‘yicha takliflar “Buyraklar funksional holatiga metabolik sog‘lom semizlikning ta’siri va  dorilarsiz davolashni muvofiqlashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmunida o‘z aksini topgan. (Toshkent tibboyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil  25 noyabrdagi  9/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinik bazalari hisoblangan Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining terapiya bo‘limida, Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi terapiya va poliklinika bo‘limida (Qibray tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 27-noyabrdagi 806-1 sonli buyruq va Xorazm viloyati “Shifo Quvonch Fayz” MChJga qarashli ELITE CLINIC shifoxonasining №8 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: azilsartan preparatining gipotenziv bo‘lmagan 10 mg dozada metabolik sog‘lom semizlik mavjud shaxslarda qo‘llanilishi buyraklar funksional zaxirasining va filtatsiya tezligining ortishiga sezilarli ta’siri ko‘rsatilgan, bu esa surunkali buyrak kasalligi kelib chiqishining oldi olinishiga va uning birlamchi profilatikasiga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: azilsartan Edarbi preparatining ishlatilishi surunkali buyrak kasalligi bilan bog‘liq murojaatlarning kamayishiga olib kelib, ularning nefrologiya bo‘limlariga bir kunlik ambulator murojaati o‘rta xisobda 50000 so‘mni tashkil etsa, ushbu ilmiy ishning amaliy natijalarini joriy qilinishi tufayli kasalxonaga murojaat qiluvchi bemorlar soni bittaga kamaysa, bu bir kunda o‘rta hisobda 5 ta bemor murojaat kilgan taqdirda 250000 so‘mni tashkil etsa, bu bir haftada 1750000 so‘m bu 1 oyda 42000000 so‘m davlat byudjetidan kamayishiga erishilgan. 
Xulosa: tadqiqot natijasida kasallik kechishi ehtimolligini erta aniqlanishi, bemorlarni ambulator tarzdagi murojaatlarini hamda shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan.
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 –noyabrdagi 9 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish