Sattarova Kamola Abdulnasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immunizatsiyasiz Rh-manfiy qonli ayollarda homiladorlik patogenezi va uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlarning o‘ziga xos xususiyatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4. PhD/Tib3105
Ilmiy rahbar: Babadjanova Guldjaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djabbarov Ulugbek Uzakovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda perinatal asoratlarni rivojlanish mexanizmida rezus fenotiplar rolini aniqlash, homiladorlikning salbiy oqibatlarini prognozlash va profilaktika usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollar barcha tug‘ruqlarning 15,9%ini tashkil etadi, ularning 14,7% ida rezus-D antigeni va ABO tizimi bo‘yicha immunizatsiyaga bog‘liq bo‘lmagan tug‘ruqdan keyingi chaqaloqlar gemolitik kasalligi rivojlanishi isbotlangan;
immunizatsiyasiz rezus-manfiy qonli homilador ayollarda rezus antigenlar bo‘yicha fenotiplash qonda minor “s” (78,4%), “e” (90,2%) antigenlari aniqlanganda homila qonida mayor “C”, “E” antigenlari mavjudligi chaqaloqlarning postnatal gemolitik kasalligi rivojlanish xavfini (OR=2,97; OSh=1,39) 1,9 marotaba oshishi (χ2=12,420, R=≤0,05) aniqlangan va prognostik ahamiyati isbotlangan;
immunizatsiyasiz rezus-manfiy qonli ayollar rezus fenotipining uziga hosligi, homiladorlik pariteti, anamnezida uchragan asoratlar turi, anti rezus D immunoglobulini bilan emlanganligi, doplerometrik ko‘rsatkichlar natijalarining namoyon bo‘lish xolatlarini aks ettiruvchi bashoratlash xaritasi ishlab chiqilgan, statistik ahamiyatga egaligi (p<0,001) isbotlangan;
immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarni kuzatish va olib borish algoritmining joriy etilishi homila va chaqaloqlar gemolitik kasalligini rivojlanish chastotasini 2,3 barobar kamaytirgani (χ2=6,37; R<0,05) isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda tashxisni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollar barcha tug‘ruqlarning 15,9%ini tashkil etadi, ularning 14.7% ida rezus-D antigeni va ABO tizimi bo‘yicha immunizatsiyaga bog‘liq bo‘lmagan tug‘ruqdan keyingi chaqaloqlar gemolitik kasalligi rivojlanishi isbotlanganligi (“Metodi prognozirovaniya i profilaktiki postnatal`noy gemoliticheskoy bolezni novorojdennogo u beremennix jenshhin bez rezus-immunizatsii” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (O‘zbekiston Respublikasi SSV TTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 22.05.2023y.da 05-23/34-t son bilan tasdiqlangan)) Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 150-sonli buyruq, Toshkent viloyati Chinoz tumani tibbiyot markazi bo‘yicha 15.07.2024 yildagi 2220-10-144-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning yuqori darajada uchrashini aniqlash chaqaloqlarda gemolitik kasalliklarni erta bashoratlash va profilaktika usullarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni bashoratlash va maqbul profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishi tufayli chaqaloqlar postnatal gemolitik kasalligining keskin kamayishi, og‘ir holatlarda chaqaloqlarni reanimatsion parvarishlash va boshqa muassasaga ko‘chirishga ehtiyoj qolmaganligi sababli 145 bemor uchun 87250270 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chaqaloqlar gemollitik kasalligini to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 601726 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: postnatal gemolitik kasallik rivojlanishining prediktorlari tug‘ruqdan keyingi birinchi 3 sutka davomida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qonda eritrotsitlar, gemoglobin va gematokrit miqdorining pasayishi hisoblanadi, immunizatsiyasiz rezus-manfiy qonli homilador ayollarda rezus antigenlar bo‘yicha fenotiplash qonda minor “s” (78.4%), “e” (90.2%) antigenlari aniqlanganda homila qonida mayor “C”, “E” antigenlari mavjudligida chaqaloqlarning postnatal gemolitik kasalligi rivojlanish xavfi (OR=2.97; RR=1,39) 1,9 marotaba oshishi (χ2=12,420, R=≤0,05) aniqlangan va buning prognostik ahamiyati isbotlanganligi Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 150-sonli buyruq, Toshkent viloyati Chinoz tumani tibbiyot markazi bo‘yicha 15.07.2024 yildagi 2220-10-144-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotlar natijalariga ko‘ra immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda rezus fenotiplarni aniqlash akusherlik va perinatal asoratlarini rivojlanishini erta bashoratlash va oldini olish olishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni bashoratlash va maqbul profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish orqali og‘ir asoratlarni davolashga ehtiyoj qolmaganligi sababli 114 bemor uchun 38018202 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homilador ayollarda rezus fenotiplarni aniqlash orqali akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishini erta bashoratlash to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 333493 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qonli ayollar rezus fenotipining uziga hosligi, homiladorlik pariteti, anamnezida uchragan asoratlar turi, anti rezus D immunoglobulini bilan emlanganligi, doplerometrik ko‘rsatkichlar natijalarining namoyon bo‘lish xolatlarini aks ettiruvchi bashoratlash xaritasi ishlab chiqilgan, statistik ahamiyatga egaligi (p<0,001) isbotlanganligi Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 150-sonli buyruq, Toshkent viloyati Chinoz tumani tibbiyot markazi bo‘yicha 15.07.2024 yildagi 2220-10-144-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan bashoratlash usuli homila va chaqaloqlar gemolitik kasalliklarini erta aniqlash imkonini berdi, bu esa gemolitik kasallik natijasida yuzaga keladigan chaqaloqlar nogironligi va perinatal o‘limi sonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni bashoratlash va maqbul profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishi tufayli chaqaloqlar postnatal gemolitik kasalligining keskin kamayishi, og‘ir holatlarda chaqaloqlarni reanimatsion parvarishlash va boshqa muassasaga ko‘chirishga ehtiyoj qolmaganligi sababli 114 bemor uchun 68596764 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homilador ayollarda rezus fenotiplarni aniqlash orqali akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishini erta bashoratlash to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 601726 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarni kuzatish va olib borish algoritmining joriy etilishi homila va chaqaloqlar gemolitik kasalligini rivojlanish chastotasini 2,3 barobar kamaytirgani (χ2=6,37; R<0,05) isbotlanganligi Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 150-sonli buyruq, Toshkent viloyati Chinoz tumani tibbiyot markazi bo‘yicha 15.07.2024 yildagi 2220-10-144-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritmning joriy etilishi chaqaloqlar gemolitik kasalligini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiruvchi homilador ayollarda perinatal asoratlar, muddatdan oldingi tug‘ruqlar, chaqaloqlar gemolitik kasalligining og‘ir shakllari uchrashini qisqartirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunizatsiyasiz rezus-manfiy qon guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni bashoratlash va maqbul profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishi, shunga muvofiq o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirilishi va ovqatlanish xarajatlarining kamayishi natijasida 114 bemor uchun 68596764 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homiladorlarni olib borish va chaqaloqlar gemolitik kasalligini erta tashxislash bo‘yicha taklif etilgan algoritmni qo‘llash bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 601726 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.