Tillyashayxova Iroda Mirzagaleb qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 bilan assotsiyalangan o‘pka zaralanishining uglevod almashinuvi buzilishlarining rivojlanishi va avj olishi orasidagi bog‘liqlik» 14.00.42 – Pul`monologiya, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4364.
Ilmiy rahbarlar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Belevskiy Andrey Stanislavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Xolikova Adliya Omonullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishlarining uglevod almashinuvi buzilishlari rivojlanishi va xususiyatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan kechadigan pnevmoniyadan so‘ng 75%dan o‘pka zararlanishi, gipertoniya kasalligi III darajasi va 3 yildan ortiq davom etayotgan 2 turdagi qandli diabet, o‘pka tomirlarda periferik qon oqimini qarshilik kuchayishi hisobiga o‘pka fibroz shakllanishining asosiy prediktorlar ekanligi isbotlangan;
COVID-19ning o‘tkir davridagi o‘lim darajasining oshishi S-reaktiv oqsil >200 mg/ldan ortiq oshishi, uch hil antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llanilishi, erta to‘qmalarni shikastlanishi va immunitetini himoya qilishining paysayishi hisobiga mustaqil omil ekanligi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda uzoq muddatli davrda birlamchi aniqlangan giperglikemiya, uglevod almashuv buzilish hisobiga 2 turdagi qandli diabetga olib kelishi, normoglikemiya - qandli diabet rivojlanmasligi esa, vaqtinchalik uglevod almashuv buzilishi hisobiga asosiy omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor 2 turdagi birlamchi aniqlangan qandli diabet bemorlarda postkovid davrda insulinga, GAD va ZnT8 yuqori darajasi kuzalitilishi, davom etayotgan autoimmun jarayon hisobiga antitanachalar saqlanishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniyaga chalingan bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarini aniqlashga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kechadigan pnevmoniyadan so‘ng 75%dan o‘pka zararlanishi, gipertoniya kasalligi III darajasi va 3 yildan ortiq davom etayotgan 2 turdagi qandli diabet, o‘pka tomirlarda periferik qon oqimini qarshilik kuchayishi hisobiga o‘pka fibroz shakllanishining asosiy prediktorlar ekanligi isbotlanganligi, «COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishli bemorlarda uglevod almashinuvi darajasini aniqlashning diagnostik ahamiyati» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyat shifoxonasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 159-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 5 oktyabrdagi 115-1-u/r-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/26-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarning mehnatga layoqatliligini va ijtimoiy moslashuvini tezroq tiklanishida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: Qayta gospitalizatsiyalar sonining kamayishi, glikemik nazoratning yaxshilanishi va asoratlarni davolashda qimmatbaho terapiya ehtiyojining qisqarishi orqali bir bemor hisobiga statsionar davolash va qayta tekshirish xarajatlarini o‘rtacha 9000000 so‘mdan ortiq tejash imkonini beradi. Xulosa: ilk marotaba COVID-19 bilan kechadigan pnevmoniyadan so‘ng 75%dan o‘pka zararlanishi, gipertoniya kasalligi III darajasi va 3 yildan ortiq davom etayotgan 2 turdagi qandli diabet, o‘pka tomirlarda periferik qon oqimini qarshilik kuchayishi hisobiga o‘pka fibroz shakllanishining asosiy prediktorlar ekanligi isbotlanishi hisobiga bemorlarning mehnatga layoqatliligini va ijtimoiy moslashuvini tezroq tiklanishida, qayta gospitalizatsiyalar sonining kamayishi, glikemik nazoratning yaxshilanishi va asoratlarni davolashda qimmatbaho terapiya ehtiyojining qisqarishi orqali bir bemor hisobiga statsionar davolash va qayta tekshirish xarajatlarini o‘rtacha 9000000 so‘mdan ortiq tejash imkonini beradi va bemorlar hayoti sifati yaxshilanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19ning o‘tkir davridagi o‘lim darajasining oshishi S-reaktiv oqsil >200 mg/ldan ortiq oshishi, uch hil antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llanilishi, erta to‘qmalarni shikastlanishi va immunitetini himoya qilishining paysayishi hisobiga mustaqil omil ekanligi isbotlanganligi, ushbu ma’lumotlar «COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishli bemorlarda uglevod almashinuvi darajasini aniqlashning diagnostik ahamiyati» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyat shifoxonasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 159-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 5 oktyabrdagi 115-1-u/r-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/26-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash orqali prediabetning manifest qandli diabetga aylanishini oldini olish, shu orqali metabolik asoratlar, nogironlik va o‘lim holatlari sonini kamaytirish imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 dan keyin qandli diabetni erta diagnostika qilish davolashni o‘z vaqtida boshlash va asoratlarning rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Bu esa gospitalizatsiyalar soni va tekshiruv hajmining kamayishiga olib kelib, bir bemor hisobiga 2500000 so‘mdan 9200000 so‘mgacha iqtisodiy samara beradi (davolash yuki darajasiga qarab). Xulosa: taklif qilingan COVID-19ning o‘tkir davridagi o‘lim darajasining oshishi S-reaktiv oqsil >200 mg/ldan ortiq oshishi, uch hil antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llanilishi, erta to‘qmalarni shikastlanishi va immunitetini himoya qilishining paysayishi hisobiga mustaqil omil ekanligi isbotlanishi uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash orqali prediabetning manifest qandli diabetga aylanishini oldini olish, shu orqali metabolik asoratlar, nogironlik va o‘lim holatlari sonini kamaytirish, COVID-19 dan keyin qandli diabetni erta diagnostika qilish davolashni o‘z vaqtida boshlash va asoratlarning rivojlanishini oldini olish orqali gospitalizatsiyalar soni va tekshiruv hajmining kamayishi, bir bemor hisobiga 2500000 so‘mdan 9200000 so‘mgacha iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda uzoq muddatli davrda birlamchi aniqlangan giperglikemiya, uglevod almashuv buzilish hisobiga 2 turdagi qandli diabetga olib kelishi, normoglikemiya - qandli diabet rivojlanmasligi esa, vaqtinchalik uglevod almashuv buzilishi hisobiga asosiy omillar ekanligi isbotlanganligi natijalari «COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishli bemorlarda uglevod almashinuvi darajasini aniqlashning diagnostik ahamiyati» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyat shifoxonasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 159-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 5 oktyabrdagi 115-1-u/r-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/26-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: giperglikemiya, gipoksemiya, kuchli yallig‘lanish va noto‘g‘ri mikroblarga qarshi terapiya kabi xatar omillarini aniqlash orqali erta stratifikatsiya o‘tkazish va davolash taktikasi optimallashtirilib, o‘lim holatlari va og‘ir asoratlar soni kamaytiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va terapiyani to‘g‘irlash orqali gospitalizatsiya muddati, dori vositalariga ehtiyoj hamda reanimatsiyaga muhtojlik kamayib, og‘ir COVID-19 kechishi bilan bog‘liq har bir bemor uchun o‘rtacha 9200000 so‘m iqtisodiy samara beriladi. Xulosa: ilk bor COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda uzoq muddatli davrda birlamchi aniqlangan giperglikemiya, uglevod almashuv buzilish hisobiga 2 turdagi qandli diabetga olib kelishi, normoglikemiya - qandli diabet rivojlanmasligi esa, vaqtinchalik uglevod almashuv buzilishi hisobiga asosiy omillar ekanligining isbotlanishi xatar omillarini aniqlash orqali erta stratifikatsiya o‘tkazish va davolash taktikasi optimallashtirilib, o‘lim holatlari va og‘ir asoratlar soni kamaytirish, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va terapiyani to‘g‘irlash orqali gospitalizatsiya muddati, dori vositalari va reanimatsiyaga muhtojlikni kamayib, har bir bemor uchun o‘rtacha 9200000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor 2 turdagi birlamchi aniqlangan qandli diabet bemorlarda postkovid davrda insulinga, GAD va ZnT8 yuqori darajasi kuzalitilishi, davom etayotgan autoimmun jarayon hisobiga antitanachalar saqlanishi isbotlanganligi natijalar «COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishli bemorlarda uglevod almashinuvi darajasini aniqlashning diagnostik ahamiyati» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyat shifoxonasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 159-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2024 yil 5 oktyabrdagi 115-1-u/r-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/26-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniyani boshdan kechirgan bemorlarda sink preparatlarini qo‘llash orqali postkovid o‘pka fibrozining rivojlanish xavfini kamaytirish, o‘pka faoliyatini saqlab qolish, bemorlar hayot sifatini oshirish va uzoq muddatli nogironlik holatlarini qisqartirish imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fibroz o‘zgarishlarini oldini olish orqali nafas etishmovchiligi, gospitalizatsiya va reabilitatsiyaga bog‘liq xarajatlar kamayib, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 4200000 so‘mgacha iqtisodiy samara beriladi. Xulosa: birinchi bor 2 turdagi birlamchi aniqlangan qandli diabet bemorlarda postkovid davrda insulinga, GAD va ZnT8 yuqori darajasi kuzalitilishi, davom etayotgan autoimmun jarayon hisobiga antitanachalar saqlanishining isbotlanishi pnevmoniyani boshdan kechirgan bemorlarda sink preparatlarini qo‘llash orqali postkovid o‘pka fibrozining rivojlanish xavfini kamaytirish, o‘pka faoliyatini saqlab qolish, bemorlar hayot sifatini oshirish, uzoq muddatli nogironlik holatlarini qisqartirish va shu orqali nafas etishmovchiligi, gospitalizatsiya va reabilitatsiyaga bog‘liq xarajatlarni kamaishiga, hamda har bir bemor hisobiga o‘rtacha 4200000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.