Yusuvalieva Adiba Yadgarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvining psixologik xususiyatlari” (zaif eshituvchi o‘quvchilar misolida) mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1095
Ilmiy rahbar:Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sh. X. Abdullaeva, psixologiya fanlari doktori, professor; S. X. Djalilova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvini psixologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaif eshituvchi o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvi o‘z-o‘zini qabul qilish, boshqalarni qabul qilish, emotsional qulaylik, internallik, ustuvorlik, muammodan qochish kabi o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq ekanligi tufayli psixologik perediktorlarning ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlangan;
zaif eshituvchi o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga rivojlanishning ijtimoiy vaziyati, ijtimoiy normalar, xulq-atvor shakllarini qabul qilish va ularga moslashish qadriyatlar tizimining shakllanganlik darajasi, ijtimoiy faollik, kommunikativ kompetentlik, tashqi munosabatga nisbatan xavotirlanishning mavjudligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
zaif eshituvchi o‘quvchilar rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvida o‘z xulq-atvorini boshqarish, atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishish, qiyin hayotiy vazifalar va vaziyatlarni hal qila olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi «emotsional bilimdonlik», «empatiya», «o‘z emotsiyasini boshqarish» kabi emotsional intellekt komponentlari muhim parametrlar ekanligi aniqlangan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlardagi konstruktiv o‘zgarishlarga emotsional intellekt va qadriyatli maqsadli komponentlarni shakllantirish orqali erishish ularda ijtimoiy moslashuvchanlik darajasini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvining psixologik xususiyatlarini (zaif eshituvchi o‘quvchilar misolida) o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
zaif eshituvchi o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvi o‘z-o‘zini qabul qilish, boshqalarni qabul qilish, emotsional qulaylik, internallik, ustuvorlik, muammodan qochish kabi o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq ekanligi tufayli psixologik perediktorlarning ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasiga asosan “Markazga murojaat qilgan ijtimoiy moslashuvda qiyinchilikka uchrayotgan alohida ta’lim ehtiyoji bor o‘quvchilarga ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish” ish rejasiga kiritildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan zaif eshituvchi o‘quvchilar psixologik farovonligini ta’minlash orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati kengayadi;
zaif eshituvchi o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga rivojlanishning ijtimoiy vaziyati, ijtimoiy normalar, xulq-atvor shakllarini qabul qilish va ularga moslashish qadriyatlar tizimining shakllanganlik darajasi, ijtimoiy faollik, kommunikativ kompetentlik, tashqi munosabatga nisbatan xavotirlanishning mavjudligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatishiga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasiga asosan Markaz va uning filiallari faoliyatiga tatbiq etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishi keltirilgan. (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘quvchilar muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga erishishda muxim xislatlarni ochib berishga xizmat qilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilar rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvida o‘z xulq-atvorini boshqarish, atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishish, qiyin hayotiy vazifalar va vaziyatlarni hal qila olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi «emotsional bilimdonlik», «empatiya», «o‘z emotsiyasini boshqarish» kabi emotsional intellekt komponentlari muhim parametrlar ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasiga asosan Markaz va uning filiallari faoliyatiga tatbiq etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishi keltirilgan. (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2024-yil 22 oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markaz psixolog mutaxassislarining alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan zaif eshituvchi o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvini ta’minlovchi parametrlar haqida ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga yordam bergan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlardagi konstruktiv o‘zgarishlarga emotsional intellekt va qadriyatli maqsadli komponentlarni shakllantirish orqali erishish ularda ijtimoiy moslashuvchanlik darajasini oshirishga xizmat qilishi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-son ma’lumotnomasiga asosan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va filiallari faoliyatiga tatbiq etish ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni jamiyatga uyg‘unlashtirishi va samarali ijtimoiy – psixologik reabilitatsiyasini ta’minlashi ko‘rsatilgan. (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2024-yil 22-oktyabrdagi 148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dasturdan foydalanish alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan zaif eshituvchi o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning metodik ta’minlanganlik darajasini yaxshilash imkonini berdi.