Gadaeva Nilufar Abdugaffarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klotho oqsili va 23 fibroblast o‘sish omilini turli etiologiyali buyraklar disfunksiyasini tashxislash va davolashni nazorat qilishdagi ahamiyati” 14.00.25 – “Klinik-laborator va funksional diagnostika” va 14.00.05 - “Ichki kasalliklar” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Tib 1203.
Ilmiy maslahatchilar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turakulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Durdona Djurabaevna - tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sobirov Maqsud Atabaevich - tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Nilufar Sharipovna - tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Klotho oqsili va 23 fibroblast o‘sish omilini turli etiologiyali (surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, gipertoniya kasalligi) buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va davolashdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli etiologiyali buyrak disfunksiyalarida Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omilining buyrak o‘zgarishlaridagi rolini aniqlash orqali kasallikning rivojlanishi va tashxisiy ahamiyati asoslangan;
Klotho oqsili va FGF-23 ning gipertoniya kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetda buyrak disfunksiyasini aniqlashdagi sezuvchanligi hamda maxsusligi asoslangan;
Klotho oqsili va FGF-23 turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida uning disfunksiyasi rivojlanishini bashorat qilish va erta aniqlashda biomarkerlar sifatida foydalanish asoslangan;
Klotho oqsili va FGF-23 o‘zgarishlari bilan surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida metabolik jarayonlar (fosfor, kal`siy va vitamin D) o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
Klotho oqsili va FGF-23 biomarkerlaridan gipertoniya kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi hamda qandli diabetda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va davolash jarayonlarini samarali boshqarish uchun foydalanish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli etiologiyali buyrak disfunksiyasiga chalingan bemorlarda Klotho oqsili va fibroblast-23 o‘sish omili (FGF-23) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini erta tashxislash va davolashni baholashdagi ahamiyatini o‘rganish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali buyrak disfunksiyalarida Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omilining buyrak o‘zgarishlaridagi rolini aniqlash orqali kasallikning rivojlanishi va tashxisiy ahamiyati asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.07.2024 yildagi 258-sonli hamda Yashnobod tumani va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 02.07.2024 yildagi 101-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/67-sonli xulosasi). Ushbu tadqiqotda Klotho oqsili darajasining pasayishi va FGF-23 darajasining oshishi buyrak disfunksiyasi darajasi bilan juda kuchli korrelyasiyada ekanligi aniqlandi (r=0,67 va r=0,72; p<0,01). Klotho oqsili faolligining pasayishi, nefronlardagi to‘qimalarning zararlanishi va fosfor-kal`siy metabolizmidagi o‘zgarishlar fonida, FGF-23 o‘sish omilining yuqori darajada namoyon bo‘lishi bu biomarkerlarning diagnostik va patogenetik ahamiyatini tasdiqlaydi. Olingan natijalar asosida ushbu biomarkerlar buyrak disfunksiyasini tashxislashda aniq, erta va individual yondashuv imkoniyatini beradigan samarali diagnostik vosita sifatida taklif qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilik asosida klinik amaliyotga kiritilgan biomarkerlar orqali buyrak disfunksiyasini erta bosqichda aniqlash imkoniyati yaratildi. Bu, o‘z navbatida, bemorlarda klinik asoratlar rivojlanishini oldini olish, davolashni individuallashtirish va xavf guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini berdi. Ushbu yondashuv orqali kasallikning og‘ir shakllarga o‘tishi va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladigan profilaktik choralar amalga oshirildi. Shifokorlarga biomarkerlar orqali patogenetik mexanizmlarni erta baholash imkoni berildi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, jamiyatda faol mehnatga layoqatli holatini saqlashga yordam berdi. Bundan tashqari, bu biomarkerlar asosida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot oliygohlari va ilmiy markazlarda ta’limiy-amaliy jarayonlarni boyitish, talabalar va rezidentlar uchun innovatsion klinik holatlar bilan ishlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bunday natijalar xalq salomatligida yangicha yondashuvlarning qo‘llanilishiga, tibbiy xizmat sifatining oshib borishiga va davlat sog‘liqni saqlash siyosatining ilmiy jihatdan asoslangan yo‘nalishda rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga asoslangan holda, Klotho va FGF-23 biomarkerlari orqali tashxislash jarayonini erta amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida kasallik og‘irlashmasidan avval davolashni boshlash imkoniyati yaratildi. Bu esa bemorni shifoxonada uzoq muddat saqlash, yuqori qiymatli apparat tekshiruvlari va intensiv terapiya ehtiyojlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 510 000 so‘mgacha moliyaviy tejamkorlikka erishildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida umumiy xarajatlar 18–22% gacha qisqartirildi. Bu resurslarning tejalishi nafaqat bemorlar va ularning oilasi uchun iqtisodiy engillik yaratdi, balki tibbiyot muassasalarining byudjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qo‘shimcha ravishda, biomarkerlar orqali amalga oshiriladigan laborator tashxislar vositasida diagnostik jarayon standartlashtirilib, tibbiy resurslar maqsadli va samarali boshqarila boshlandi. Xulosa: Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omili — buyrak disfunksiyasining turli etiologiyalardagi shakllarini erta aniqlash va patogenezini tushunishda muhim ahamiyatga ega biomarkerlardir. Ular tashxislash, bashoratlash va nazorat funksiyalarini bajaruvchi samarali vosita sifatida klinik amaliyotga joriy etildi. Ushbu ilmiy yangilik fonida tibbiy xizmatning sifatini oshirish, bemorning klinik holatini o‘z vaqtida baholash, individual davolash strategiyasini tuzish hamda kasallik og‘irlashishini oldini olish imkoni beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Klotho oqsili va FGF-23 ning gipertoniya kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetda buyrak disfunksiyasini aniqlashdagi sezuvchanligi hamda maxsusligi solishtirma asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.07.2024 yildagi 258-sonli hamda Yashnobod tumani va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 02.07.2024 yildagi 101-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/67-sonli xulosasi). Ushbu tadqiqotda ROC-egriligi, AUC (Area Under the Curve) kabi zamonaviy biostatistik usullardan foydalangan holda Klotho va FGF-23 ko‘rsatkichlarining har bir etiologiya bo‘yicha diagnostik qiymati baholandi. Aniqlangan natijalarga ko‘ra, Klotho oqsilining past darajasi va FGF-23 o‘sish omilining yuqori darajasi buyrak funksiyasining erta buzilishini yuqori aniqlik bilan ko‘rsatib berdi. Klotho oqsilining sezuvchanligi 84,6%, maxsusligi 81,2%, FGF-23 ko‘rsatkichining esa sezuvchanligi 88,1%, maxsusligi 85,3% ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar ushbu biomarkerlarni klinik amaliyotda ishonchli tashxislash vositasi sifatida qo‘llash imkonini yaratdi. Ijtimoiy samaradorligi: Biomarkerlarning yuqori sezuvchanligi va maxsusligi orqali turli etiologiyali buyrak disfunksiyalarini ilk klinik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlash imkoniyati yaratildi. Bu esa bemorlarga erta bosqichda tashxis qo‘yish, og‘ir asoratlarning oldini olish va profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rishni ta’minladi. Shu bilan birga, tashxislashdagi ishonchlilikning oshishi klinik xato tashxislar sonini kamaytirdi, bemorlarga berilgan tavsiyalarning samaradorligini oshirdi va bemor–shifokor o‘rtasidagi ishonch mustahkamlandi. Ushbu ilmiy yangilik asosida umumiy amaliyotda biomarkerlarga asoslangan “tashxislashdagi algoritmlar” ishlab chiqilishi, sog‘liqni saqlash muassasalarida tashxislashning sifatini yaxshilashga va standartlashtirishga xizmat qildi. Bemorlarni guruhlab baholash va ular uchun individual davolash strategiyalarini belgilash orqali kasallikning og‘ir shakllariga o‘tishi sezilarli darajada kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: Biomarkerlar asosida tashxislash jarayonining aniqligi tufayli ko‘plab qimmatbaho va lekin kam samarali asbobiy yoki invaziv tekshiruvlarni o‘tkazish ehtiyoji kamaydi. Bu o‘z navbatida, har bir bemor uchun o‘rtacha 420 000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Shuningdek, erta tashxis qo‘yish orqali davolash jarayoni tezroq boshlanib, shifoxonada qolish muddati kamaydi va davolash xarajatlari umumiy ravishda 15–20% gacha qisqardi. Yana bir muhim jihati shundaki, biomarkerlarga asoslangan tashxis uslubi respublika miqyosida klinik amaliyotga keng joriy etilsa, sog‘liqni saqlash tizimida umumiy xarajatlar sezilarli darajada qisqaradi. Bu esa tibbiyot muassasalarida resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Xulosa: Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omilining tashxisiy sezuvchanligi va maxsusligini turli etiologiyali buyrak disfunksiyalarida tahlil qilish orqali ushbu biomarkerlarning klinik ahamiyati to‘liq asoslab berildi. Ushbu biomarkerlar diagnostik jarayonni ilmiy asoslangan, aniq va samarali tarzda boshqarish imkonini yaratdi. Olingan natijalar asosida tashxislash tizimida yangi yondashuvlar joriy etildi va bu klinik amaliyotdagi tashxis qo‘yish sifatini oshirishga xizmat qildi. Tadqiqot natijalari nafaqat shifokorlar faoliyatini osonlashtirdi, balki bemorlar uchun tez va maqsadli yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Umumiy holda, ushbu ilmiy yangilik sog‘liqni saqlash tizimida yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Klotho oqsili va FGF-23 turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida uning disfunksiyasi rivojlanishini bashorat qilish va erta aniqlashda biomarkerlar sifatida foydalanish asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.07.2024 yildagi 258-sonli hamda Yashnobod tumani va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 02.07.2024 yildagi 101-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/67-sonli xulosasi). Ushbu biomarkerlarning dinamikasi turli etiologiyali (arterial gipertoniya, surunkali yurak etishmovchiligi va 2-tur qandli diabet) buyraklar disfunksiyasida kasallikning bosqichma-bosqich rivojlanishi bilan bog‘liq holda kuzatildi. Olingan natijalarga ko‘ra, Klotho oqsili darajasining pasayishi va FGF-23 darajasining oshishi, koptokchalar fil`tratsiya tezligi, sistatin S va kreatinin klirensidagi salbiy o‘zgarishlar bilan yuqori ishonchlilikda bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bashoratlash qiymat ROC-analiz va regressiya modellari orqali matematik jihatdan tasdiqlandi. Bu o‘zgarishlar biomarkerlarni nafaqat tashxisiy, balki bashoratlash va nazorat funksiyasiga ega klinik ko‘rsatkichlar sifatida baholash imkonini yaratdi. Ijtimoiy samaradorligi: bashoratlashda biomarkerlarni qo‘llash orqali buyraklar disfunksiyasining og‘irlashish xavfini oldindan aniqlash imkoniyati yaratildi. Bu esa o‘z navbatida, bemorlarni yuqori xavf guruhiga kiritib, ular uchun personallashtirilgan kuzatuv va davolash strategiyalarini shakllantirishga imkon berdi. Shuningdek, asoratlarning erta oldini olish, bemorlarning hayot sifatini saqlab qolish va nogironlikni kamaytirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu prognostik yondashuv shifokorlarga kasallikning dinamikasini kuzatib borish, davolash samaradorligini baholash va strategik qarorlar qabul qilishda aniq hamda tezkor ma’lumotlar berish imkonini berdi. Tadqiqot natijalari amaliyotda qo‘llanilgani orqali axborotli tibbiy nazorat va xavfni stratifikatsiya qilish tizimi shakllandi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik rivojlanishini erta bashoratlash orqali yuqori qiymatli intensiv terapiya yoki nefrologik statsionarda davolash ehtiyojlarini kechiktirish yoki umuman oldini olish imkoni yaratildi. Bu esa har bir bemor uchun o‘rtacha 460 000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejashga sabab bo‘ldi. Shuningdek, kasallik og‘irlashmasidan oldin ko‘rilgan profilaktik choralar davolash muddatini qisqartirdi va resurslardan maqsadli foydalanish imkonini oshirdi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimida “qimmatga tushadigan kech tashxis”ning o‘rni qisqarib, moliyaviy oqimlar profilaktikaga yo‘naltirildi. Xulosa: Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omili buyraklar disfunksiyasining rivojlanish dinamikasini ilgari aniqlash va bashoratlashda ishonchli biomarkerlar sifatida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Ushbu biomarkerlarning prognostik qiymatini hisobga olgan holda, klinik amaliyotda erta diagnostika va xavfni baholashning yangi yondashuvi shakllandi. Tadqiqot natijalari kasallikning og‘ir bosqichlarga o‘tishi oldini olish, individual davolash rejalarini tuzish va davolashni ratsionallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu yondashuv bemorlar sog‘lig‘ini saqlash, sog‘liqni saqlash tizimida xarajatlarni kamaytirish va umumiy ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan muhim ilmiy-amaliy yangilik sifatida e’tirof etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Klotho oqsili va FGF-23 o‘zgarishlari bilan surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida metabolik jarayonlar (fosfor, kal`siy va vitamin D) o‘rtasidagi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.07.2024 yildagi 258-sonli hamda Yashnobod tumani va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 02.07.2024 yildagi 101-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/67-sonli xulosasi) Biomarkerlarning o‘zgarishi bilan mineral moddalar almashinuvi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyasion va regressiya tahlillari orqali baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Klotho oqsili darajasi bilan glomerulyar fil`tratsiya tezligi (GFR) o‘rtasida ishonchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi (r=0,41; p<0,01). Shu bilan birga, FGF-23 darajasi va qon siydiksidagi fosfor miqdori o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya kuzatildi (r=0,68; p<0,001). Bu natijalar metabolik disbalansning rivojlanishida Klotho va FGF-23 biomarkerlarining faol ishtirokini tasdiqlab, ularning patogenetik rolini ilmiy asosda belgilab berdi. Aniqlangan bog‘liqliklar fonida, ushbu biomarkerlar yordamida mineral almashinuv buzilishlarini erta aniqlash va kompleks baholash imkoni yaratildi. Xususan, giperfosfatemiya, gipokal`siemiya, va vitamin D etishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar metabolik osteopatiya, tomir kal`siylanishi va kasallikning og‘irlashuvi bilan uzviy bog‘liq ekanligi tasdiqlandi. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilik asosida metabolik holatni kompleks tahlil qilish va erta boshqarish imkoniyatlari kengaydi. Biomarkerlarga asoslangan baholash vositalari orqali bemorlarda kal`siy-fosfor muvozanatining buzilishi, tomir kal`siylanishi va osteodistrofiya kabi asoratlarning oldini olish mumkin bo‘ldi. Bu esa bemorlarda og‘riq sindromi, harakat cheklanishi, suyak mustahkamligining pasayishi va shikastlanish xavfini kamaytirdi. Bundan tashqari, mineral moddalar almashinuvi ko‘rsatkichlarining dinamikasini baholash imkonini beruvchi biomarkerlar klinik qaror qabul qilishda shifokorlarga real vaqt rejimida samarali ma’lumot taqdim etib, har bir bemor uchun individual nazorat strategiyasini tuzish imkonini yaratdi. Bu, o‘z navbatida, bemorning hayot sifatini saqlash va kasallik davomiyligida funksional faollikni ta’minlashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Klotho va FGF-23 ko‘rsatkichlari asosida metabolik disbalansni baholash va nazorat qilish orqali keraksiz laborator tahlillar, qimmatli instrumental tekshiruvlar va asossiz shifoxonaga yotqizishlar oldini olindi. Natijada har bir bemor uchun o‘rtacha 370 000 so‘mgacha xarajat tejalishiga erishildi. Metabolik o‘zgarishlarning erta aniqlanishi davolashni tartibga solish, kal`siy va vitamin D preparatlarini maqsadli qo‘llash, fosfor-baylashtiruvchi preparatlardan foydalanishni optimallashtirish imkonini berdi. Bu esa resurslarni maqsadli va oqilona ishlatishga xizmat qildi hamda davolash jarayonida iqtisodiy samaradorlikni oshirdi. Xulosa: Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omilining fosfor, kal`siy va vitamin D almashinuvi bilan bog‘liqligini o‘rganish orqali ularning metabolik nazoratdagi klinik ahamiyati ilmiy asosda tasdiqlandi. Ushbu biomarkerlar surunkali buyrak kasalligida metabolik disfunksiyalarni erta aniqlash, asoratlarni oldini olish va individual davolashni boshqarishda samarali vosita sifatida tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliy joriy etilishi shifokorlar uchun yangi diagnostik va terapevtik imkoniyatlar eshigini ochdi, bemorlar uchun esa hayot sifatini saqlab qolish va salomatlikni barqarorlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: amaliy tibbiyotda Klotho oqsili va FGF-23 biomarkerlaridan gipertoniya kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi hamda qandli diabetda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va davolash jarayonlarini samarali boshqarish uchun foydalanish asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.07.2024 yildagi 258-sonli hamda Yashnobod tumani va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 02.07.2024 yildagi 101-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/67-sonli xulosasi). Ushbu tavsiyalar buyraklar disfunksiyasining rivojlanish patogenezida mazkur biomarkerlarning alohida o‘rniga tayanib, tashxislash, bashoratlash va davolashni individuallashtirish imkonini beruvchi tartibda tuzildi. Mazkur amaliy tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan rasman tasdiqlanib, 2024 yil 25 martdagi 03-24/293t-sonli ma’lumotnoma orqali klinik amaliyotga joriy etildi. Tavsiyalarda biomarkerlar asosida bemorni baholash algoritmi, tashxislash mezonlari, xavfni baholash va davolashni optimallashtirish yo‘nalishlari aniq ko‘rsatib berilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiyalar asosida Klotho va FGF-23 biomarkerlaridan foydalanish bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta bosqichda aniqlash imkonini berdi. Bu esa kasallikning og‘irlashishidan oldin davolashni boshlashga, asoratlarni kamaytirishga, shifoxonada yotish muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Individuallashtirilgan yondashuv asosida tavsiya etilgan davolash usullari shifokorga bemorning klinik holatiga mos ravishda farqli terapevtik taktikalarni tanlash imkonini yaratdi. Ushbu yondashuv nafaqat bemorlarning ahvolini yaxshilashga, balki sog‘liqni saqlash tizimida sifatli tashxislash va davolash standartlarini joriy etishga xizmat qildi. Har bir klinik holatga fokuslangan, biomarkerlar asosida asoslangan personal tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa respublikamizda ilmiy tavsiyalar asosida boshqariladigan klinik qarorlar madaniyatini shakllantirishga qo‘shimcha turtki berdi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliy tavsiyalar natijasida tashxislashda yuqori aniqlikka erishildi, bu esa qayta tekshiruvlar, asossiz davolash protokollari va shifoxonada uzoq yotish holatlarini kamaytirishga olib keldi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 680 000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari tejalishi ta’minlandi. Ushbu iqtisodiy samaradorlik shifoxonalarda resurslarni maqsadli va oqilona taqsimlashga, tibbiy jihozlar va laboratoriya xizmatlaridan foydalanishni optimallashtirishga xizmat qildi. Xulosa: Klotho oqsili va FGF-23 o‘sish omiliga asoslangan yangi klinik tavsiyalar buyraklar disfunksiyasini tashxislash va davolashda ilmiy va amaliyot birligini ta’minlovchi muhim yangilik sifatida shakllandi. Tavsiyalar asosida tashxislash, bashoratlash va terapevtik qarorlarni qabul qilish jarayonlari yuqori aniqlikka ega bo‘ldi. Ushbu yondashuv orqali bemorlarga sifatli va individuallashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokor faoliyatini ilmiy tavsiyalar bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoni yaratildi. Bu ilmiy yangilik tibbiy amaliyotda yuqori qiymatga ega bo‘lib, uning joriy etilishi buyraklar disfunksiyasini samarali boshqarishni imkonini beradi.