Rahimova Durdona Juraqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishini gigienik baholash va uni optimallashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3144.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanish holatini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilarining mutlaq ovqatlanishi va antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularning ovqatlanishini takomillashtirish dasturini amalga oshirish jarayonida birinchi marta umumiy kasallanishlar tuzilmasida ovqatlanish bilan bog‘liq alimentar kasalliklar aniqlanib, gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
birinchi marta boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining haqiqiy ovqatlanishi tahlil qilingan, umumiy ovqatlanishni tashkil etishni amalga oshirish uchun narxi va taomlar assortimenti har xil bo‘lgan 10 kunlik nonushta ratsioni tavsiya qilingan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun likopcha ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun tarkibi to‘la sifatli don mahsulotlari, sabzavot va mevalar, muhim aminokislotalarni o‘z ichiga olgan sifatli oqsilli yog‘siz go‘sht, parranda go‘shti, baliq mahsulotlari, A va E vitaminlari manbai hisoblangan sut mahsulotlari, yog‘li mahsulotlar guruhiga kiruvchi yong‘oq, hayvon va o‘simlik moylaridan iborat bo‘lgan ratsional ovqatlanishning zamonaviy modeli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida birinchi marta maktab yoshidagi bolalarning murojaatlar va kompleks tibbiy ko‘riklar ma’lumotlari asosida alimentar kasalliklar, funksional buzilishlar va surunkali kasalliklarni kunlik ovqatlanish ratsionining kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va biologik qiymatiga bog‘liqligini o‘ziga xos gigienik xususiyatlari isbotlanib, tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktab yoshidagi bolalar ovqatlanishini optimallashtirish yo‘llarini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilarining mutlaq ovqatlanishi va antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularning ovqatlanishini takomillashtirish dasturini amalga oshirish jarayonida birinchi marta umumiy kasallanishlar tuzilmasida ovqatlanish bilan bog‘liq alimentar kasalliklar aniqlanib, gigienik tavsiyalar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 11 noyabrda 11-23/205-t-son bilan tasdiqlangan «Organizatsiya pitaniya uchashhixsya nachal`nix klassov obshheobrazovatel`nix uchrejdeniy» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi I-09/164-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi 05-02/30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining uy sharoitida va maktabda haqiqiy ovqatlanishi holati, kunlik ratsionining son va sifat ko‘rsatkichining o‘zgarishi natijasida o‘quvchilar orasida ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar sonini ortishi natijasidagi yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining uy sharoitida va maktabda haqiqiy ovqatlanishi holatining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan 750000 so‘m byudjet mablag‘lar (bolalar kasalliklari shifoxonasining perskurantiga ko‘ra bir nafar bemor o‘quvchining davolanish narxi 60000-90000 so‘mni tashkil qiladi) iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining haqiqiy ovqatlanishi tahlil qilingan, umumiy ovqatlanishni tashkil etishni amalga oshirish uchun narxi va taomlar assortimenti har xil bo‘lgan 10 kunlik nonushta ratsioni tavsiya qilingan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun likopcha ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 11 noyabrda 11-23/205-t-son bilan tasdiqlangan «Organizatsiya pitaniya uchashhixsya nachal`nix klassov obshheobrazovatel`nix uchrejdeniy» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi I-09/164-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi 05-02/30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining haqiqiy ovqatlanishining gigienik tahlilida umumiy ovqatlanishni tashkil etishda amalga oshirish uchun narxi va taomlar assortimenti har xil bo‘lgan 10 kunlik nonushta ratsioni hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan likopchadan foydlanish natijasida o‘quvchilar orasida salomatlik holatini yaxshilash va jismoniy rivojlanishijagi o‘zgarishlarni korreksiyalash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining haqiqiy ovqatlanishining izdan chiqishi natijasida yuzaga kelgan kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan 750000 so‘m byudjet mablag‘lar (bolalar kasalliklari shifoxonasining perskurantiga ko‘ra bir nafar bemor o‘quvchining davolanish narxi 60000-90000 so‘mni tashkil qiladi) iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun tarkibi to‘la sifatli don mahsulotlari, sabzavot va mevalar, muhim aminokislotalarni o‘z ichiga olgan sifatli oqsilli yog‘siz go‘sht, parranda go‘shti, baliq mahsulotlari, A va E vitaminlari manbai hisoblangan sut mahsulotlari, yog‘li mahsulotlar guruhiga kiruvchi yong‘oq, hayvon va o‘simlik moylaridan iborat bo‘lgan ratsional ovqatlanishning zamonaviy modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 11 noyabrda 11-23/205-t-son bilan tasdiqlangan «Organizatsiya pitaniya uchashhixsya nachal`nix klassov obshheobrazovatel`nix uchrejdeniy» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi I-09/164-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi 05-02/30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga asoslangan, tarkibida etarli darajada engil xazm bo‘ladigan amalmashtirib bo‘maydigan amnokislotlar, turli o‘simlik oqsillariga boy bo‘lgan ratsionga esa bo‘lgan nonushtaning zamonaviy modelini ishlab chiqish natijasida maktab o‘quvchilar orasida surunkali kasalliklarning rivojlanishi va asoratlarni oldini olish va nogironlik kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga asoslangan nonushtaning zamonaviy modelidan foydalanish natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilar orasida mavjud somatik kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan 750000 so‘m byudjet mablag‘lar (bolalar kasalliklari shifoxonasining perskurantiga ko‘ra bir nafar bemor o‘quvchining davolanish narxi 60000-90000 so‘mni tashkil qiladi) iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyatida birinchi marta maktab yoshidagi bolalarning murojaatlar va kompleks tibbiy ko‘riklar ma’lumotlari asosida alimentar kasalliklar, funksional buzilishlar va surunkali kasalliklarni kunlik ovqatlanish ratsionining kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va biologik qiymatiga bog‘liqligini o‘ziga xos gigienik xususiyatlari isbotlanib, tavsiyalar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 11 noyabrda 11-23/205-t-son bilan tasdiqlangan «Organizatsiya pitaniya uchashhixsya nachal`nix klassov obshheobrazovatel`nix uchrejdeniy» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi I-09/164-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salmoatligi Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.04.2023 yildagi 05-02/30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab yoshidagi o‘quvchilarda murojaatlar va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ma’lumotlari asosida tashxislangan alimentar bog‘liq, funksional buzilishlar va surunkali kasalliklarni kunlik ovqatlanish ratsioni kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va biologik qiymatiga bog‘liqligi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlari o‘z vaqtida tashxislash va kasalliklarni samarali davolash tizimini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab yoshidagi o‘quvchilarda murojaatlar va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ma’lumotlari asosida tashxislangan alimentar bog‘liq kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan 750000 so‘m byudjet mablag‘lar (bolalar kasalliklari shifoxonasining perskurantiga ko‘ra bir nafar bemor o‘quvchining davolanish narxi 60000-90000 so‘mni tashkil qiladi) iqtisod qilinadi.