Yuldasheva Nodira Zokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 mavjud ayollarda menstrual ovarial funksiyasi buzilishlarining klinik-patogenetik jihatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2620
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat stomatologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli reproduktiv yoshdagi ayollarda COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlarining klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganish, samarali tashxislash, prognozlash va davolash usullarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal va immunologik tahlillar asosida) FSG va LG darajalari kasallik og‘irligiga mutanosib ravishda 1,9–2,1 baravarga oshgani, estradiol (2,3–3,0 baravar) va progesteron (3,4–5,2 baravar) darajalari pasayishi hamda, sitokinlardan IL-1β (5–10 baravar), IL-6 (10–20 baravar) va IFN-γ (6–8 baravar) o‘sishi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (exografik va biokimyoviy tahlillar asosida) tuxumdon zaxirasi baholanib, AMG darajasi va AFS ko‘rsatkichlari bemorlar yoshiga mutanosib ravishda erta reproduktiv yoshli ayollarda 10%, o‘rta reproduktiv yoshdagi ayollarda 25% va kech reproduktiv yoshdagi ayollarda 40% ga kamayishi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (morfologik va immunogistokimyoviy tahlillar asosida) endometriy to‘qimalarida bemorlar yoshiga mutanosib ravishda limfotsitar infil`tratsiya (17,7%), bezlar giperplaziyasi (30%) va qon quyilish o‘choqlari (20%) hamda endometriyda ER va PR reseptorlari ekspressiyasining 1,5–2 baravar pasayishi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari asosida) mikronizirlangan 0,060 mg gestoden va 0,015 mg etinilestradiol tarkibli monofazali peroral preparat yordamida o‘tkazilgan gormonal korreksiya va reabilitatsion terapiya menstrual-ovarial siklini mos ravishda 82,5%, 76,1% va 70,1% ga, ovulyasiyani 78,2%, 72,4% va 62,4% ga, fertillikni 72,3%, 65,6% va 60,3%ga tiklanishiga olib kelganligi, xayz-ovarial funksiya buzilishlari residivini 2,2 baravarga, reproduktiv buzilishlarni 2,1 baravarga kamayishi, davolash xarajatlarini 2,0 baravarga qisqartirishga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda klinik, immunologik, morfologik va immunogistokimyoviy tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda patogenetik asoslangan davolash usullarini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal va immunologik tahlillar asosida) FSG va LG darajalari kasallik og‘irligiga mutanosib ravishda 1,9–2,1 baravarga oshgani, estradiol (2,3–3,0 baravar) va progesteron (3,4–5,2 baravar) darajalari pasayishi, sitokinlardan IL-1β (5–10 baravar), IL-6 (10–20 baravar) va IFN-γ (6–8 baravar) o‘sishi isbotlangan hamda ular natijalari asosida "COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz va ovarial funksiya buzilishlarini tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/34-t sonli ma’lumotnomasi) Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 08.06.2024 yildagi №67-son buyruq va RIO va BSIATM Xorazm filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/111-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasiga chalingan erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda menstrual-ovarial funksiyasi bilan bog‘liq gormonal va immunologik o‘zgarishlarni aniqlash reproduktiv salomatlikni erta baholash, maqsadli davolash choralarini tanlash va fertillikni saqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan gormonal va immunologik ko‘rsatkichlarni baholash orqali menstrual-ovarial funksiya buzilishlarini tashxislashda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlar (biopsiya va morfologik tahlillar)dan voz kechish 120 ayol uchun 42000000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlarini erta aniqlash va baholash uchun FSG, LG, estradiol, progesteron hamda sitokinlar (IL-1β, IL-6, IFN-γ) ko‘rsatkichlariga asoslangan samarali diagnostik mezonlar ishlab chiqilishi,  har bir ayol uchun o‘rtacha 350000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (exografik va biokimyoviy tahlillar asosida) tuxumdon zaxirasi baholanib, AMG darajasi va AFS ko‘rsatkichlari bemorlar yoshiga mutanosib ravishda erta reproduktiv yoshli ayollarda 10%, o‘rta reproduktiv yoshdagi ayollarda 25% va kech reproduktiv yoshdagi ayollarda 40% ga kamaygani isbotlangan va shu olingan  natijalari asosida "COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz va ovarial funksiya buzilishlarini tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/34-t sonli ma’lumotnomasi) Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 08.06.2024 yildagi №67-son buyruq va RIO va BSIATM Xorazm filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/111-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda COVID-19 bilan bog‘liq tuxumdon zaxirasining yoshga mutanosib pasayishini aniqlanishi fertillik tiklanishini baholash hamda individual terapiya rejalarini belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tuxumdonlar zaxirasini baholash yordamida fertillik tiklanishini prognozlash usulining joriy etilishi bemorlarni tashxislash jarayonida qimmatbaho va invaziv tekshiruvlardan voz kechish hisobiga 120 bemor uchun o‘rtacha 48000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdon zaxirasini baholash orqali reproduktiv funksiya tiklanishini prognozlashning samarali modeli ishlab chiqilib, uning yordamida tuxumdon zaxirasining pasayish darajasiga ko‘ra fertillik tiklanish ehtimoli aniqlanib, individual davolash rejalari ishlab chiqilishi, tashxislash va davolash jarayonlarining samaradorligi oshishi,  har bir bemor uchun 400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (morfologik va immunogistokimyoviy tahlillar asosida) endometriy to‘qimalarida bemorlar yoshiga mutanosib ravishda limfotsitar infil`tratsiya (17,7%), bezlar giperplaziyasi (30%) va qon quyilish o‘choqlari (20%) hamda endometriyda ER va PR reseptorlari ekspressiyasining 1,5–2 baravar pasayishi shu olingan  natijalari asosida "COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz va ovarial funksiya buzilishlarini tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/34-t sonli ma’lumotnomasi) Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 08.06.2024 yildagi №67-son buyruq va RIO va BSIATM Xorazm filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/111-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: erta, o‘rta va kech reproduktiv yoshdagi ayollarda COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq endometriy tuzilishi va reseptor apparatidagi mutanosib morfologik o‘zgarishlarni aniqlash ayollarda implantatsiya jarayonini baholash, endometrial patologiyani erta aniqlash va individual terapevtik yondashuvni tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu prognozlash modeli joriy etilishi orqali qimmatbaho va invaziv tashxislash protseduralarni kamaytirish imkoniyatni,  endometriydagi ER va PR reseptorlari ekspressiyasini baholash orqali menstrual-ovarial funksiya buzilishlarining residivlanish xavfini aniqlash har 120 bemor uchun o‘rtacha 54000000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriyning morfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini tahlil qilish orqali menstrual-ovarial funksiya buzilishlari residivini prognozlashning samarali modeli ishlab chiqilganligi bir nafar bemor uchun 450000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari asosida) mikronizirlangan 0,060 mg gestoden va 0,015 mg etinilestradiol tarkibli monofazali peroral preparat yordamida gormonal korreksiya va reabilitatsion terapiya menstrual-ovarial, ovulyasiya va fertillikni tiklanishiga olib kelishi isbotlangan va ular natijalari asosida "COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz va ovarial funksiya buzilishlarini tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/34-t sonli ma’lumotnomasi) Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 08.06.2024 yildagi №67-son buyruq va RIO va BSIATM Xorazm filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/111-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kech reproduktiv yoshdagi ayollarda yuqori samarali gormonal korreksiya usulini qo‘llash COVID-19dan keyingi menstrual-ovarial funksiyani tiklash, reproduktiv buzilishlarni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gormonal terapiya va reabilitatsiya usullarining joriy etilishi davolash xarajatlarini 2.0 baravarga qisqartirish, reproduktiv funksiya tiklanish salmog‘ini 2 baravarga oshirib, 120 bemor uchun o‘rtacha 60000000 so‘mgacha xarajatni tejash imkoni bergan. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq menstrual-ovarial funksiya buzilishlari mavjud erta, o‘rta va kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda mikronizirlangan gestoden va etinilestradiol tarkibli peroral preparat yordamida o‘tkazilgan gormonal terapiya va reabilitatsiya usuli samarali ekanligi klinik jihatdan isbotlab, byudjet mablag‘larini bir nafar bemor uchun 500000 so‘m xarajatni tejash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish