Ismoilov Iskandar Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasidan keyingi rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda gemostaz tizimi va qonning reologik xususiyatlari klinik ahamiyati» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2218.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01. 
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
koronavirus infeksiyasidan keyingi rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda gemostaz tizimi va qonning reologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlari baholangan hamda umumiy klinik belgilarning va intoksikatsiyaning oshishi (tana harorati oshishi, holsizlikning kuchayishi), burun shilliq qavati funksiyalarining pasayishi (transport va so‘rish funksiyasning pasayishi, ajratish funksiyasining oshishi) aniqlangan; 
koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda periferik qonda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni, jumladan qonning qovushqoqligining oshishi (8,37±0,09 mPa-s),  eritrotsitlar va trombotsitlarning funksional va aggregatsion ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, gemostaz tizimida fibrinogen (6,05±0,06 g/l) va D-dimer miqdorining oshishi (489,79±9,72 mkg/l), burun bo‘shlig‘ida shilliq qavatida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi va ularning asoratlarini erta tashxislash belgilari aniqlangan; 
koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda kompleks davolashda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini samaradorligining diagnostik axamiyati isbotlangan;
koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik va konservativ davolash usulini maqbullashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 25-sentyabrdagi №6-son yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi №01-1871-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlari baholangan hamda umumiy klinik belgilarning va intoksikatsiyaning oshishi (tana harorati oshishi, holsizlikning kuchayishi), burun shilliq qavati funksiyalarining pasayishi (transport va so‘rish funksiyasning pasayishi, ajratish funksiyasining oshishi) aniqlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 15 maydagi №40-sonli buyrug‘i va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 30 avgustdagi №40-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini baholash tashxislashni takomillashtirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini baholash davolanish muddatini qisqartirdi. Yangi yondashuvning joriy etilishi natijasida diagnostika xarajatlari 1150000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, otorinolaringolog mutaxassislarga murojaat qilib, ko‘p miqdorda diagnostik tekshiruvlar va asossiz davolanishni buyurganda, 1 million 550 ming so‘mni tashkil etadi. Natijada har bir bemor uchun 400 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini baholash har bir bemorga 400 ming so‘m mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda periferik qonda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni, jumladan qonning qovushqoqligining oshishi (8,37±0,09 mPa-s), eritrotsitlar va trombotsitlarning funksional va aggregatsion ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, gemostaz tizimida fibrinogen (6,05±0,06 g/l) va D-dimer miqdorining oshishi (489,79±9,72 mkg/l), burun bo‘shlig‘ida shilliq qavatida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi va ularning asoratlarini erta tashxislash belgilari aniqlangan. Natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 15 maydagi №40-sonli buyrug‘i va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 30 avgustdagi №40-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda qondagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va kasallik belgilarini erta aniqlash samarali kompleks davoni aniqlashga imkon beradi va qaytalanishlarni oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini baholash orqali ikkilamchi asoratlar kelib chiqishining oldi olindi. Xulosa: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda tashxislash taktikasini amaliyotga joriy qilinishi 400000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda kompleks davolashda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini samaradorligining diagnostik axamiyati isbotlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 15 maydagi №40-sonli buyrug‘i va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 30 avgustdagi №40-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda kompleks davolashda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini tahlil qilish asosida bemorni davolashga tayyorlash va to‘g‘ri davolash usulini tanlashga yordam beradi, bu esa shifoxonada yotish kunlari sonini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusitli bemorlarda kompleks davolashda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini tahlil qilishga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 520000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bemorlarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi bemorlar mablag‘lari sarflanishini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimini va qonning reologik xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik va konservativ davolash usulini maqbullashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan. Natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 15 maydagi №40-sonli buyrug‘i va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 30 avgustdagi №40-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyin rinosinusit bilan kasallangan bemorlar jarrohlik va konservativ davolash usulining samaradorligi asosida yuzaga keluvchi asoratlar oldi olinadi hamda davolash kunlari qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 4 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2450000 so‘mdan 1400000 so‘mga kamaytirdi (Klinikaning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 350000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1350000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: kasallikni davolash amalga oshirilishi 1 nafar bemor hisobiga 1500000 so‘mga statsionar davolanish sarflanish, bir yilda 1 nafar bemorga 4050000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish