G‘aybullaev Soxibjon G‘aybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Majburiyatlar bajarilishini ta’minlashni nazarda tutadigan bitimlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1432
Ilmiy rahbar: Imomov Nurillo Fayzulloevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratullaevich, yuridik fanlar doktori; Raximov Doniyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashni nazarda tutadigan bitimlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” bilan kafillik shartnomasi majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida tuzilganida undirishni boshqa usullarini qo‘llash mumkin bo‘lmagandagina, kreditor Jamg‘armaga talab bildirish huquqiga egaligi asoslantirilgan;
lizing subektlari tomonidan majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganligi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar lizing shartnomasi shartlarini chuqur o‘rganishlari lozimligi asoslangan;
ko‘chmas mol-mulkka nisbatan huquq begonalashtirilganda u joylashgan er uchastkasining ijarasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar ham ijara beruvchining roziligisiz o‘tkazilishi asoslab berilgan;
elektron onlayn-auksion asosida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan er uchastkalarini ijara huquqi boshqa shaxslarga asosiy shartnomaning muddati davomida qayta ijaraga berilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
“Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” bilan kafillik shartnomasi kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida tuzilganida undirishni boshqa usullarini qo‘llash mumkin bo‘lmagandagina, kreditor Jamg‘armaga talab bildirish huquqiga egaligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2024-yil 24-maydagi 08/453-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi qarzdorlar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganida tadbirkorlik subektlari maanfaatlarini ishonchli ta’minlash tizimini yaratishga xizmat qilgan;
lizing subektlari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar lizing shartnomasi shartlarini chuqur o‘rganishlari lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori 11-bandi asosida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2024-yil 24-maydagi 08/453-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ta’minlovchi bitim sifatida lizing shartnomasiga oid nizolarni hal etishda sudlar tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlarini qo‘llash samaradorligini oshishiga zamin yaratgan;
ko‘chmas mol-mulk va unga bo‘lgan huquq begonalashtirilganida u joylashgan er uchastkasiga nisbatan ijara huquqi ham boshqa shaxsga ijaraga beruvchining roziligisiz o‘tishi haqidagi taklif “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga 81-modda sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi “Er to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–871-son Qonunining 2-moddasi asosida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 5-noyabrdagi 37-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ko‘chmas mulkka nisbatan ijara huquqi ikkilamchi tusga ega ekanligi borasida aniq qoida shakllantirgan;
elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini qayta ijaraga berish asosiy ijara shartnomasi muddatiga qadar amal qilishi bo‘yicha taklif “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga 81-modda sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi “Er to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–871-son Qonunining 2-moddasi asosida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 5-noyabrdagi 37-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi asosiy ijara va qayta ijaraning amal qilishi muddatlari borasida yagona to‘xtamga kelish imkonini bergan.