Djumaev Normurat Davlatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dermatofitlar diagnostikasini takomillashtirishda yangi mahalliy oziq muhitining ahamiyati», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1847.
Ilmiy rahbar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Abduxalilova Gulnora Qudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nuraliev Nekadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dermatofitlar diagnostikasini takomillashtirishda yangi maxalliy oziq muhitining axamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun oziq muhiti tayyorlashda keratin gidrolizati, o‘rik ekstrakti, seklogeksimid, tiamin xlorid va siprofloksatsindan foydalanish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun mahalliy mahsulotlar asosida yaratilgan yangi oziq muhiti ishlab chiqilgan («Dermatofitlarni o‘stirish uchun oziqali muhit» ixtiro patenti №IAP 07071.22-08-2022).
ilk bor Epidermophyton floccosum, Trichophyton rubrum, Microsporum canis va Trichophyton verrucosum kabi dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun yangi oziq muhitidan foydalanish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor mikrosporiya, trixofitiya, oyoq panja mikozi, chov sohasi mikozi, onixomikoz kabi dermatomikoz kasalliklariga erta tashxis qo‘yish uchun yangi oziq muxitidan foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 6 - sonli bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun oziq muhiti tayyorlashda keratin gidrolizati, o‘rik ekstrakti, tiamin xlorid, siklogeksimid va siprofloksatsindan foydalanish mumkinligi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 15 dekabrda 8 n/r-1513-son bilan tasdiqlangan «Dermatofitlarni undirish uchun yangi oziq muhit» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 26.01.2023 yildagi 15-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.01.2023 yildagi 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 sentyabrdagi 06/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: dermatofitlarni undirish uchun ishlab chiqilgan yangi oziq muhit Respublikamiz hududida joylashgan teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, xususiy laboratoriyalar, bakteriologik laboratoriyalar kundalik amaliyotida keng tartibda foydalanish orqali terining zamburug‘lar bilan chaqiriladigan xastaliklarini erta tashxislash va samaradorligini baholash orqali yuzaga keladigan kasalliklarni kamaytirish, asoratlarni oldini olish natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: dermatofitlarni undirish uchun ishlab chiqilgan yangi oziq muhit terining zamburug‘lar bilan chaqiriladigan xastaliklarini erta tashxislash va samaradorligini baholash maqsadida keng miqyosda o‘tkazilgan klinik-laborator, mikologik tadqiqotlar asosida amaldagi zamonaviy mikrobiologik usullarga qiyosiy solishtirish natijasida yangi tayyorlangan oziq muhiti iqtisodiy jihatdan Saburo va boshqa oziq muhitlaridan bir necha marta arzonligi, oziq muhitini amaliyotda qo‘llash har 100 nafar bemorlarda tahlillarni olib borish uchun 3219698 so‘m iqtisod qilishga imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun mahalliy mahsulotlar asosida yaratilgan yangi oziq muhiti ishlab chiqilganligi («Dermatofitlarni o‘stirish uchun oziqali muhit» ixtiro patenti №IAP 07071.22-08-2022) Sog‘liqni saqlash vazirligining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 15 dekabrda 8 n/r-1513-son bilan tasdiqlangan «Dermatofitlarni undirish uchun yangi oziq muhit» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 26.01.2023 yildagi 15-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.01.2023 yildagi 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 sentyabrdagi 06/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash-profilaktika muassasalari (teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, xususiy laboratoriyalar) qoshidagi bakteriologik laboratoriyalar kundalik amaliyotida ishlatish uchun arzon va unumdor sifatli oziq muhit yaratilib, mamlakatimiz xududidagi insonlardan, tuproqdan, hayvonlardan yuqadigan zamburug‘lar natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, zamburug‘lar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublikamiz hududida joylashgan davolash-profilaktika muassasalari (teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, xususiy laboratoriyalar) qoshidagi bakteriologik laboratoriyalar kundalik amaliyotida ishlatish uchun arzon va sifatli oziq muhiti iqtisodiy jihatdan Saburo va boshqa oziq muhitlaridan bir necha marta arzonligi, oziq muhitini amaliyotda qo‘llash har 100 nafar bemorlarda tahlillarni olib borish uchun 3219698 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Epidermophyton floccosum, Trichophyton rubrum, Microsporum canis va Trichophyton verrucosum kabi dermatomikoz qo‘zg‘atuvchilarini undirish uchun “Dermatofitlarni undirish uchun yangi oziq muhit”idan foydalanish mumkinligi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 15 dekabrda 8 n/r-1513-son bilan tasdiqlangan «Dermatofitlarni undirish uchun yangi oziq muhit» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 26.01.2023 yildagi 15-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.01.2023 yildagi 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 sentyabrdagi 06/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dermatofitlarni undirish uchun ishlab chiqilgan yangi oziq muhit Respublikamiz hududida joylashgan teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, xususiy laboratoriyalar, bakteriologik laboratoriyalar kundalik amaliyotida keng tartibda foydalanish orqali terining zamburug‘lar bilan chaqiriladigan xastaliklarini erta tashxsilash va samaradorligini baholash orqali yuzaga keladigan kasalliklarni kamaytirish, asoratlarni oldini olish natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: dermatofitlarni undirish uchun ishlab chiqilgan yangi oziq muhit terining zamburug‘lar bilan chaqiriladigan xastaliklarini erta tashxislash va samaradorligini baholash maqsadida keng miqyosda o‘tkazilgan klinik-laborator, mikologik tadqiqotlar asosida amaldagi zamonaviy mikrobiologik usullarga qiyosiy solishtirish natijasida yangi tayyorlangan oziq muhiti iqtisodiy jihatdan Saburo va boshqa oziq muhitlaridan bir necha marta arzonligi, oziq muhitini amaliyotda qo‘llash har 100 nafar bemorlarda tahlillarni olib borish uchun 3219698 so‘m iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor mikrosporiya, trixofitiya, oyoq panja mikozi, chov sohasi mikozi, onixomikoz kabi dermatomikoz kasalliklariga erta tashxis qo‘yish uchun yangi oziq muxitidan foydalanish mumkinligi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 15 dekabrda 8 n/r-1513-son bilan tasdiqlangan «Dermatofitlarni undirish uchun yangi oziq muhit» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 26.01.2023 yildagi 15-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.01.2023 yildagi 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 sentyabrdagi 06/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tayyorlangan oziq muhiti iqtisodiy jihatdan Saburo va boshqa oziq muhitlaridan bir necha marta arzon ekanligi, zamburug‘li kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari Epidermophyton floccosum, Trichophyton rubrum, Microsporum canis, Trichophyton verrucosum turlarini identifikatsiyalash kunlarini Epidermophyton floccosum 9-11 kunlari, Trichophyton rubrum 10-11 kunlari, Microsporum canis 11-12 kunlari, Trichophyton verrucosum 14-15 kunlarida sof ekmalarni ajratish natijasida ushbu oziq muhitini samardorligi va patogen zamburug‘larning o‘stirib ajratib olish tashxisoti yanada takomillashtirilganligi bilan bir qatorda antimikotik dori vositalariga sezuvchanligini qisqa muddatda aniqlash imkoni yaratilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: tayyorlangan oziq muhiti iqtisodiy jihatdan Saburo va boshqa oziq muhitlaridan bir necha marta arzon ekanligi, oziq muhitni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan texnik talab va ko‘rsatma ishlab chiqish taklif qilingan oziq muhitini amaliyotda qo‘llash har 100 nafar bemorlarda tahlillarni olib borish uchun bir litr hisobidagi tannarxi amaliyotda qo‘llanilayotgan Saburo oziq muhiti tannarxidan 110665 so‘mga, ya’ni 1,7 barobarga arzon ekanligini inobatga olib, umumiy tahlilarda 3219698 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.