Adinaev Sherzod Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamaradjabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tayloqova Guli Bekmuradovna pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mustaqil faoliyatning shaxs shakllanishidagi maqsadlari va reproduktiv, ijodiy turlarini aniqlashtirish, mustaqil faoliyatning integratsiyalashgan axborot muhitidagi auditoriya va auditoriyadan tashqari turlarida moslashtirish hamda integrativ axborot ta’minotining integrativlik hamkorlik, modullilik yondashuvlariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish modeli ilmiy metodik, tizimli-informatsion, kompetensiyaviy yondoshuvlarni vertikal va gorizontal integratsiyasiga uyg‘unlashtirish, mobillik, mediakognitivlik, integrativlik tamoyillarini pedagogik shart-sharoitlarning dasturiy ta’minot, texnik, didaktik, qulay muhit, xavfsizlik komponentlarini mazmunli protsessual blokdagi integrativ axborot ta’minotdan pedagog g‘ildiragiga modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning integrativ axborot ta’minoti vositasida mustaqil faoliyatga tayyorgarligini     rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini joriy etish metodikasi talabalarning individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda axborot ta’minotiga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish, dasturiy ta’minotlardan foydalanishning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan integrativ texnologiyalari va loyihaga asoslangan, integrallashgan ta’lim metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning integrativ axborot ta’minoti vositasida mustaqil faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi individuallashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minoti vositasida mustaqil faoliyatini rivojlantirishning motivatsion-kognitiv, amaliy faoliyatli, kreativ, axborot tahlil, kasbiy faoliyatli va ilmiy ijodkorlik mezonlarini reproduktiv, produktiv, ijodiy baholash darajalariga moslashtirish va mustaqil faoliyatni bosqichma-bosqich tadbiq etishga ustuvorlik berish hamda ta’lim sifati dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy-metodik, tizimli-informatsion yondashuvlarning vertikal moslashtirishga qaratilgan mobillik, mediakognitivlik hamda integrativlikni ta’minlash tamoyillarini uyg‘unlashtirish asosida t takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kompyuter ta’minoti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7588/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini egallash darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish modeli mutaqil foliyatini tashkillashtirish shakllari, turlari, ko‘rinishlarini hisobga olgan xolda, faoliyatni rivojlantiruvchi didaktik loyihalashtirish, "mustaqillik", "mustaqil faoliyat" tushinchalarini aniqlashtirish asosida   takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7588/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axborot-metodik ta’minotidan foydalanish darajasini oshirilishiga sharoit yaratilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligini integrativ axborot ta’minoti vositasida takomillashtirish modeli mutaqil foliyatini tashkillashtirish shakllari, turlari, ko‘rinishlarini hisobga olgan xolda, faoliyatni rivojlantiruvchi didaktik loyihalashtirish, "mustaqillik", "mustaqil faoliyat" tushinchalarini aniqlashtirish asosida   takomillashtirishga oid va tavsiyalar “Kompyuter ta’minoti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7588/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
Raqamli ta’lim muhitida talabalarning integrativ axborot ta’minoti vositasida mustaqil faoliyatga tayyorgarligini     rivojlantirish metodikasi va samaradorligi  individuallashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minotini qo‘llash, mustaqil faoliyatini baholashning motivatsion, kognitiv, refleksiv mezonlarini reproduktiv, produktiv, kreativ baholash darajalariga moslashtirish va interaktiv darajalarni bosqichma-bosqich tadbiq etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7588/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning raqamli kompetensiyalarini egallash tayyorgarligini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish