Bo‘riev Kamol Suyunovich
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kurashchilarni musobaqa faoliyatini modellashtirish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1445.
Ilmiy rahbar: Bobomurodov Feruz Ismoiljonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Aliev Iskandar Baxramovich redagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh kurashchilarni musobaqa faoliyatini modellashtirish asosida o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkillashtirish orqali, texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlarini takomillashtirish imkoniyatlarini oshirishda, individual xususiyatlarini va vazn ko‘rsatkichlariga nisbatan musobaqa jarayonlarida texnik harakatlarni modellashtirish hisobiga murakkab texnik-taktik harakatlarni bellashuvlarda qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh kurashchilarning musobaqa tayyorgarligini oshirish uchun, intensiv ish faolligi davomiyligini (murakkab holatda raqibni o‘ng va chap tomondan ushlash kabi) yaqinlashtiruvchi va maxsus mashqlarni aerob shiddatda qo‘llash hisobiga hujum harakatlarini bajarish imkoniyatlari oshirilgan;
yosh kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish maqsadida hujum va himoyalanish harakatlarida koordinatsion barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan, oyoqlar va gavda yordamidagi aldamchi harakatlar kabi statik va dinamik holatdagi chalg‘ituvchi usullarni kiritish hisobiga tik turgan holda oshirib tashlash usullarini bajarish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
yosh kurashchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun texnik usullar va elekton (Force Platform Smart) o‘lchov uskunasidan foydalangan holda, harakatlanish kengligi va aniqlik radiusi ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan dinamik harakatlarni kombinatsiyalashtirish hisobiga maxsus tayyorgarlikni oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yosh kurashchilarning musobaqa faoliyatini modellashtirish asosida texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida:
yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlarini takomillashtirish imkoniyatlarini oshirishda, individual xususiyatlarini va vazn ko‘rsatkichlariga nisbatan musobaqa jarayonlarida texnik harakatlarni modellashtirishga qaratilgan nazariy va amaliy tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (Kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2024-yil 28-maydagi 03-16/5340-sonli guvohnomasi). Natijada, yosh kurashchilarning bellashuvlar vaqtidagi faollik ko‘rsatkichlari 10,8% ga natijaviylik 18,5% ga oshgan;
yosh kurashchilarning musobaqa tayyorgarligini oshirish uchun, intensiv ish faolligi davomiyligini (murakkab holatda raqibni o‘ng va chap tomondan ushlash kabi) yaqinlashtiruvchi va maxsus mashqlarni aerob shiddatda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar G‘uzor tumani Sport maktabining kurash mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2024-yil 28-maydagi 03-16/5340-sonli guvohnomasi). Natijada, kurashchilarning bellashuvlar vaqtidagi “Kombinatsiyaviylik” ko‘rsatkichlari 5,0 % ga yaxshilangan;
yosh kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish maqsadida hujum va himoyalanish harakatlarida koordinatsion barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan, oyoqlar va gavda yordamidagi aldamchi harakatlar kabi statik va dinamik holatdagi chalg‘ituvchi usullarni kiritish qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar va takliflar Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kurash mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2024-yil 28-maydagi 03-16/5340-sonli guvohnomasi). Natijada, yosh kurashchilarning bellashuvlarda qo‘llagan texnik harakatlar samaradorligi 14,9% ga yaxshilangan;
yosh kurashchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun texnik usullar va elekton (Force Platform Smart) o‘lchov uskunasidan foydalangan holda, harakatlanish kengligi va aniqlik radiusi ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan dinamik harakatlarni kombinatsiyalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Termiz shahar Sport maktabining kurash mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2024-yil 28-maydagi
03-16/5340-sonli guvohnomasi). Natijada, yosh kurashchilarning bellashuvlardagi texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 6,0 % ga oshgan.